O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang12/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar. 
1. Pedogoglik sharoitlarda milliy harakatli o‘yinlarga qanday baho berilgan?  
2. O‘quvchi-yoshlarning ma’naviy qiyofalari va jismoniy rivojlanishda milliy 
harakatli o‘yinlardan qanday foydalaniladi? 
3. Aqliy va jismoniy, mehnat hamda estetik tarbiyada qanday o‘yinlar xizmat qilish 
mumkin? 
4. Yosh bolalarni nutqini o‘stirishda qaysi o‘yinlar mavjud? 
5. O‘yin ishtirokchilar va tomoshabinlarda qanday o‘yinlar hayajon (emotsiya) 
bera oladi. 
6. Salbiy ruhiy xolatlarni yumshatshda qanday o‘yinlarni qo‘llasa bo‘ladi? 
7. O‘yinlarni tashkil qilishda ko‘rgazmalilik bo‘ladimi? 
8. O‘yinlarni tashkil qilishda o‘qituvchi va faol o‘quvchilarga nimalar kerak 
bo‘ladi? 
MILLIY HARAKATLI O‘YINLARNI TAVSIFI VA O‘LARNI
O‘TKAZISh USULLARI. 
Respublika Prezidenti I.A.Karimov: «Sihat salomat bo‘lishning an’anaviy 
qadrini qayta tiklash va oila qadri bilan sharafli bir o‘ringa ko‘yish kerak. Bizning 
zamonamiz bahodirlar va himoyachilarimiz bo‘lgan polvonlar va bolalarga azaldan 
bosh va ularni mehri bilan parvarish qilib kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda 


sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda. O‘zbekiston xalqlari sport jamiyatida 
dadillik bilan o‘zini ko‘rsatmoqda» degan edi. Dono halqimiz orasidan ko‘plab 
baxodirlar, botirlar, paxlavonlar yetishib chiqishadi, farzandlarining jismoniy 
baquvvat va yetuk kishilar bo‘lishlarida xalq an’anaviy bolalar folklor bilan 
tengdosh bo‘lgan bolalar folklor o‘yinlarining buguni ham, kelgusi ham porloq va 
xayot baxshdir. 
O‘zbek bolalar folklor o‘yinlarining ildizlari juda qadimdan, ya’ni 
eramizdan oldingi ming yillardan izlash ma’qul. Maxmud Qashg‘oriyning 
«Devonu Lug‘otit – turk» kitobi hamda IX asrda yaratilgan didaktik asar «Irq 
bitigi» (faol kitobi) va manbaalardagi qaydlar qatlamlarida ham bolalar folklori, 
jumladan bolalar folklor o‘yinlarining izlari bor, albatta. An’anaviy halq bolalar 
o‘yinlarining faol yashovchanligi, tarbiya bobida asosiy o‘rinlaridan birida 
turishligining boisi nimada? Nima uchun bolalar, hatto katalar ham o‘yinlarga o‘ch 
bo‘ladilar, o‘z xayotlarini o‘yinlarsiz tasavvur qila olmaydilar. Buning sababi, 
birinchidan, o‘yinlarning juda qiziqarli va benazir maroqli bo‘lishi, ikkinchidan, 
ularning bag‘oyat emotsional- ta’sirchanganligi, uchinchidan, did-farosatini, 
tafakkurini, 
shuningdek, 
jismoniy 
kuch-quvvatni 
oshirishga 
qaratilgan 
bo‘lishligidandir, to‘rtinchidan, yon atrofdagi voqea-hodisalarni anglash, dunyoni 
tanish ma’naviy- ma’rifiy va ahloqiy tarbiyaga alohida ta’sir etishligidandir. 
Bolalar o‘yinlari, qolaversa umuman o‘yinlarning chuqur milliy, ayni chog‘da, 
baynal-minal xususiyatlarga ega bo‘lishlari, ruhiyatni ko‘tarish, qalbni zabt etishi, 
o‘ta ta’sirchan va hayajonli bo‘lishliklaridir.
Darhaqiqat, o‘yinlar, xususan, folklor o‘yinlari har bir kishiga, jumladan 
bolaga olam-olam quvonch, shodlik bag‘ishlaydi, harakat va aql-idrokning 
favqulodda qiziqarli olamiga olib kiradi, uning o‘zligini unitib, o‘yinga berilishini 
ta’minlaydi, taffakur, did-farosat va ao‘l-idrokni o‘stiradi. Tevarak-atrof, kishilar 
bilan tanishuvida yordamlashadi, aqliy va jismoniy kamolat sari yetaklaydi. 
«Bolalar folklor o‘yinlari ruhi tabiati, harakteri, poetikasi ishtirokchilarning hatti-
harakati, shu harakatning mehnat va milliy an’analari bilan turmush kechirish 
sharoitlari, jo‘g‘rofik yashash o‘rni, iqtisodiy va siyosiy talablaridan shakllanadi». 
Bolalalr o‘yinlari ham, umuman o‘yin san’ati kabi, sipretik tarzda mehnat 


jarayonida yuzaga kelgan. Demak, o‘yinlarning asosi mehnatdir. Ijodkori esa 
kattalar va bolalarning o‘zlaridir. Xalqimizning o‘zbekona zukqoligi-yu, topqirligi-
yu, ijodkorligi-yu, jangarligi, oqilu- donoligi ana shu san’at turi, yaoni o‘yinlarida 
ham namoyon bo‘ladi. Ayni choo‘da o‘yinlar-xalq hayoti, intilishi, kurashi, orzu 
umidi, maqsad, niyati, uning falsafasi, dunyoqarashi, etik-estetik did qarashlarining 
o‘ziga xos darajadagi ramziy ifodasi hamdir. O‘zbek bolalar folklor o‘yinlari ko‘p 
asrlik tarixga ega. Ular asrlar davomida xalqimizning ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy va ma’naviy-ma’rifiy, hayotiy kuzatuvlari, tajribalari, o‘zaro alohalari, 
ma’naviy-ruhiy munosabatlari, muloqat- munozaralari asosida yuzaga kelgan va 
amaliy harakatda, ya’ni jonli an’analarda bizgacha yetib kelgan va amaliy 
harakatda, yaoni jonli anoanlarda bizgacha yetib kelgan. Ha bolalar o‘yinlari 
xalqimizning betakror oltin meroslaridandir. Ularni dono ota-bobolarimiz, zukko 
momolarimiz, ularning farzandlari-yu, nabira-evaralari bir-birlariga o‘tkazib, ko‘z 
qorachig‘idek asrab-avaylab, bizgacha yetkazib kelganlar. 
O‘zbekistonda «Bolalarning o‘yiniga qara, o‘sgan bo‘yiga qara, bolaning 
kimligini, nimaga qiziqishini o‘ynagan o‘ynidan bilsa bo‘ladi», degan xikmatli 
iboralar bor. Anglamoq kerakki, bolalarning o‘yinlaridan kelibchiqib, ularning 
harakteri, qiziqishi, intilishi, maqsadi, odatlari, xulq-atvorini bilishi mumkin. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương