Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»


I . PSIXIATRIYA YORDAMINI TASHKILLASHTIRISH



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang3/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
укув кулланма

I . PSIXIATRIYA YORDAMINI TASHKILLASHTIRISH
Barcha psixonevrologik yordam statsionardan tashqari va psixiatrik kasalxonadagi 
statsionar yordamga bo‘linadi. Kasalxonadan tashqari yordam psixonevrologik 
dispanserlar, psixiatrik kasalxonalarning dispanser bo‘limlari, umumsomatik 
poliklinikalarda va shifoxonalardagi kabinetlarda amalga oshiriladi. Yirik shaxar va 
xar bir tumanlarda psixonevrologik dispanser mavjud. Tuman xududlariga shu 
dispanserning xududiy psixiatrlari hizmat ko‘rsatadi. Psixonevrologik dispanserlarga 



bemorlar poliklinika va boshqa muassasa shifokorlari tomonidan yuboriladi. 
Psixonevrologik dispanser faoliyatining asosiy bo‘limlari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
1. Davolash-profilaktika ishi, 
2. Bemorlarga ijtimoiy-
xuquqiy yordam ko‘rsatish, 
3.Axoli urtasida psixogigienik va sanitar-okartuv ishlarini tashkillashtirish.
Dispanserda bemorlar keraqli davolash-profilaktika yordamini uy va ambulator 
sharoitda olishlari mumkin. Dispanser ishining oddiy poliklinikalar ishidan asosiy 
farqi, dispanserga murojaat qilgan insonda u yoki bu ruhiy kasallik belgilari aniqlansa, 
uning faol ro‘yhatga olinishidir. Xozirgi vaqtda quyidagi dinamik kuzatuv guruxlari 
ajratiladi:
gurux 
– tez-tez gospitalizatsiya qilinuvchi bemorlar guruxi. 
II gurux 
– kasallik qo‘zg‘alishlari va dekompensatsiyalari ambulator bartaraf 
etiladigan bemorlar guruxi. 
III gurux 
– profilaktik davolanishdagi bemorlar guruxi. 
IV gurux 
– kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy-reabilitatsion tadbirlarga muhtoj 
bemorlar guruxi. 
V gurux 
– epizodik nazoratga va kuzatuvga muhtoj bemorlar guruxi. 
Bemorlarni to‘laqonli davolanishi va reabilitatsiyasi uchun shaxar 
psixonevrologik dispanserlarida davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari va kunduzgi 
statsionarlar tashkil qilinayapti. 
Davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari vazifalariga kiradi: bemorga davolovchi 
ta’sir maqsadida turli xil mehnat turlarini qo‘llash, uning ruhiy va jismoniy tonusini 
oshirish; turg‘un remissiyalarga erishish uchun kulay sharoitlar yaratish va keyingi 
ruhiy, ijtimoiy degradatsiyaning oldini olish; mehnatga layoqatlilik darajasi bo‘yicha 
bemorlarni yang
i kasb egallash maqsadida xunarga o‘qitish, ijtimoiy ta’minlash 
muassasalari yoki korxonalarda yangi kasb egallashlariga va mehnat davosi kursi 
yakunlangandan so‘ng, bemorlarning ishga joylashishlariga ko‘mak berish.
Kunduzgi statsionarga kasallikning boshlangich davridagi va surunkali 
kasalliklarning xuruji vaqtidagi, ijtimoiy xavfsiz bemorlar, shuningdek u, yanada 
chuqurroq buzilishlarni oldini olish maqsadida yotkiziladi. 



Statsionar psixiatriya yordami, kasalxonadan tashqaridagi kabi, qat’iy xududiy 
tartibda amalga oshiriladi. Bemorlar ruhiy kasalxonaga xududiy psixiatrlar. Tez 
yordam hizmatining navbatchi psixiatrlari,agar ular bulmasa poliklinika shifokorlari 
yullanmasi bo‘yicha qabul qilinadi. Yullanmada bemorning holati, anamnestik 
ma’lumotlar va tahminiy tashhis ko‘rsatilishi kerak. Ruhiy bemorning atrofdagilar yoki 
o‘ziga nisbatan xavfliligi aniq bo‘lganda, sog‘liqni saqlash xodimlari qarindoshlar 
roziligisiz kechiktirib bulmaydigan psixiatrik yordam tartibida bemorni psixiatrik 
statsionarga joylas
htirish xuquqiga ega. Gospitalizatsiyaga ko‘rsatma bo‘lib, 
bemorning jamiyat uchun xavfliligi hisoblanadi. U bemor kasalligining quyidagi o‘zigi 
xos xususiyatlari bilan namoyon bo‘ladi: o‘tkir psixotik holat natijasidagi noto‘g‘ri 
xulq (agressiv harakatlar
ga moyil bo‘lgan tajovuzkor harakatlar, gallyusinatsiyalar, 
vasvasa g‘oyalar, ruhiy avtomatizm sindromi, ong buzilishi sindromi, patologik 
impulsivlik, disforiya, sistemalashgan vasvasa sindromlari, agar ular bemorning 
jamiyat uchun xavfli xulqini belgilas
a, alohida shahs, muassasa, idoralarga bo‘lgan 
noto‘g‘ri tajovuzkor xulqni belgilovchi ipoxondrik vasvasa holatlari, suitsidal 
harakatlar bilan kechuvchi depressiv holatlar,umumiy tartibni buzilishiga yoki 
tajovuzkor harakatlarga sabab bo‘luvchi maniakal yoki gipomaniakal holatlar, 
psixopatik shahslardagi o‘tkir psixotik holatlar, bosh miya organiq 
shikastlanishlaridagi koldik asoratli bemorlar va oligofrenlarda kuzatiladigan 
qo‘zg‘aluvchanlik, agressiya va uz shahsi va atrofdagilar uchun xavfli harakatlar. 
Ruhiy bemorlar ekspertizasi. Ruhiy buzilishlar bemorning jamiyatdagi urnini 
o‘zgartiradi. Kator xollarda u uz holatini tushunolmay koladi,o‘zining ijtimoiy 
majburiyatlarini bajara olmay koladi,fukarolik xuquqlaridan foydalanish imkoniyati va 
sodir etgan 
harakatlari uchun javobgarlik xissini yo‘qotadi. Ruhiy kasallikning yuzaga 
kelishi ish qobiliyatining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin, og‘irroq holatlarda 
bemorlar yordamga muhtoj bo‘lib, o‘zlarining eng oddiy maishiy extiyojlarini xam 
qondira olmaydilar. 
Kasallik jarayonida bo‘layotgan o‘zgarishlar natijasida bir qator ijtimoiy, 
xuquqiy, ishlab chiqarish va boshqa muammolar kelib chiqadi. 



Mehnat ekspertizasi: mehnat ekspertizasi masalalarini xal qilish shifokorlar 
maslaxat komissiyasi (VKK) shifokorlik mehnat ekspertizasi komissiyasi (VTEK) 
tomonidan amalga oshiriladi.
Ruhiy buzilishlar faol davolanishga qaramasdan, uzoq chuziluvchan yoki 
qaytmas xarakterga ega bo‘lsa va kasbiy mehnatni bajarishga to‘sqinlik qilsa, buning 
natijasida mehnat qobiliyati turg
‘un yo‘qotilsa, bemorni nogironlikga o‘tkazish 
to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi.
III gurux nogironlariga qisman mehnat qobiliyatini yo‘qotgan, ish kunini 
qisqartirish bilan mehnat faoliyati xajmini kamaytirishga yoki kam malakali ishga 
o‘tkazishga muhtoj shahslar kiritiladi. To‘liq, turg‘un bo‘lgan mehnat qobiliyatini 
yo‘qotish II gurux nogironligi kabi baholanadi, agar bemor doimiy parvarish yoki 
kuzatuvga muhtoj bo‘lsa, u I gurux nogironi deb hisoblanadi.
Sud-psixiatriya ekspertizasi: qonunbuzarliklar sodir qilgan ruhiy kasallardagi 
shuurlilik yoki shuursizlik masalalarini xal qiladi. Agar tekshiriluvchi shuursiz deb 
topilsa, unga nisbatan tibbiy xarakterdagi choralar (majburiy davolash) qo‘llaniladi. Bu 
choralar uning ruhiy holatini yaxshilashga va uning xavfli harakatlarining 
takrorlanishidan jamiyatni himoyalashga yo‘naltiriladi. SHunday qilib, tibbiy chora-
tadbirlar ijtimoiy himoya choralari maqomiga ega bo‘ladi. 
Fuqarolik jarayonida sud-psixiatriya ekspertizasi aqlirasoligini aniqlash uchun 
tayinla
nadi. Ruhiy kasallik yoki aqli pastlik natijasida o‘z ishlarini yuritishga qodir 
emas va mulkini boshqara olmaydigan shahslar noaqliraso deb hisoblanadi. Noaqliraso 
bemorlarga vasiylar tayinlanadi. 

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương