Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang7/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
укув кулланма

Miya suyuqligini tekshirish 
Miyada organik xastalik bor deb gumon qilinganda orqa miya suyuqligi tekshiriladi. 
Orqa miya suyuqligi lyumbal punksiya orqali olinadi. Lyumbal punksiya III va IV 
yoki IV va V bel umurtqa suyaklari orqasida qilinadi. Shu joyda miya pardasi orqa 
miya suyuqligi bilam to‘lgan xaltacha hosil qiladi. Punksiya paytida bemorda ko‘ngil 
aynish, qusish yuz berishi mumkin, shuning uchun punksiyani ovqatdan oldin qilish 
kerak. Punksiya vaqgida bemor o‘tirgan holatda bo‘lishi kerak. 
Me’yorda orqa miya suyuqligi rangsiz, tiniq va tomchilar bilan oqib chiqadi. Bosh 
miya bosimi ko‘tarilganda orqa miya suyuqligi tirqirab oqadi, bosim kamayganda esa 
siyrak tomchilar bilan oqadi. Orqa miya bosimi o‘tirgan xoldagi bemorda 240—300 
mm suv ustuniga, yotgan holdagi bemorda 120
—200 mm suv ustuniga teng bo‘ladi. 
Agar orqa miya suyuqligiga qon aralash
gan bo‘lsa, likvorning rangi qizg‘ish tus oladi 
va tindirilganda o‘zgarmaydi. Qon aralashmasi punksiya qilinganda teri tomirlarining 
jarohatlanishi natijasida ham hosil bo‘lishi mumkin. Bunday holda orqa miya 
suyuqligining qizg‘ish rangi keyingi porsiyalarda kamayadi, likvor tindirilganda yoki 
cho‘ktirilganda eritrotsitlar idish tubiga cho‘kadi va likvorning tiniqligi tiklanadi. 
Lekin miyaga qon qo‘yilganda bunday holni ko‘rib bo‘lmaydi. Meningitda miya 
o‘smasida shish yorilgan hollarda likvor xira bo‘ladi, unda fibrin tolalarini uchratish 
mumkin. 
Endi me’yorda lyumbal punksiya yordamida olingan likvorning holati qanday 
bo‘lishi haqida ma’lumot beramiz: nisbiy zichligi 1,005—1,008, ishqoriy reaktsiyasi 
— kuchsiz bo‘ladi, rN 7,4—7,8, sitoz 1 mkl da 0—5 ta hujayra (asosan limfotsitlar), 
qand moddasi miqdori 2,22
—3,33 mmol’/l, oqsil 0,16—0,3 g/l, al’buminlarning 
globo‘linlarga nisbati I : 1. Nonne-Appel’tning cho‘kma globo‘lin reaktsiyasi 
uchramaydi. 
Gidrotsefaliya bilan og‘rigan bemorlarda likvorning nisbiy zichligi kamayadi. Bosh 
miya va uning pardalari yallig‘langanda sitoz ko‘payadi. 1 mkl da 10—100 ta 
hujayragacha bo‘lgan sitoz limfotsitlar bilan birga surunkali xastaliklar uchun xos 
bo‘ladi. Masalan, araxnoidit yoki neyrozaxm uchun. O‘tkir yiringli meningit uchun 
polinuklearlarning to‘planishi kuzatiladi. 1 mkl da 150 tadan bir necha minggacha 
bo‘ladi. 


13 
Ko‘pincha orqa miya suyuqligida kasallik chaqiruvchilarini ko‘rish mumkin. M-n; 
stafilokokklarini, asl streptokokklarni, meningokokklarni, pnevmokokklarni, oqish 
spiroxetalarni, sistotserkoz pufaqlarini. Xavfli o‘smasi bor bemorlarda likvorda o‘sma 
xujayralarini topish mumkin. 
Orqa miya suyuqligida qand modda miqdori kamaysa, bu miya pardalari 
yallig‘lanish jarayonining qanchalik o‘tkirligini ko‘rsatadi. Oqsil modda miqdorining 
kamayishi yoki globo‘linlarning ustunligi ko‘rsatiladi. Oqsil ustunligi sababi turlicha 
bo‘lgan serebral patologiyada kuzatiladi: o‘smalarda, ensefalitlarda, meningitda, 
araxnoiditlarda, zaxm kasalligida. 
Vasserman reaktsiyasi progressiv falajda (4+) kuchli ravishda ijobiy kuzatiladi. 
Shu jumladan boshqa serologik reaksiyalar ham: Zaks-Vitebskiy, Kan reaksiyalari. 
Zaxm kasalligiga uchragan bemorlarda qon va orqa miya suyuqligida serologik 
reaksiyalar kam natija beradi, ba’zida adashish mumkin. Bunday tortishuvli vaqtlarda 
yangi, murakkab zamonaviy reaksiyalarni qilib ko‘rish kerak: immunoflyuoressensiya 
trenonemalarning 
immobilizatsiyasi 
reaktsiyasi. 
Bosh 
miya 
zaxmida 
immunoflyuoressensiya reaktsiyasi 95
—100% gacha to‘g‘ri matija beradi, 
treponemalarning immobilizatsiya reaktsiyasi esa 99
—100% gacha to‘g‘ri natija 
beradi. 
Lekin oxirgi reaksiya antibiotiklar va zaxmga qarshi boshqa dori-darmonlar bekor 
qilingandan keyin (2 xaftadan so‘ng) qo‘yiladi. 
Ruhiy tekshirish usuli asosan ikk
iga bo‘linadi. 
Ruhiy jarayonlarni (qabul qilish, hissiyot, diqqat, xotira, fikrlash va boshqalar) 
tekshirish usuli. 

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương