Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»


II. RUHIY KASALLIKLARDA BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang4/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
укув кулланма

II. RUHIY KASALLIKLARDA BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI 
2. 1. KLINIK TEKSHIRISH USULI 
Klinik tekshirish usuli ruhiy kasallik tashxisini 
qo‘yishda asosiy usullardan biri 
bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirish tarkibiga bemor to‘g‘risidagi pasport ma’lumotlari, 
bemorning shikoyatlari, mazkur kasallik anamnezi, somatik va nevrologik tekshiruv, 
ruhiy holat tekshiruvi va yor-
birodarlarini ham mazkur kasallik haqida so‘rab 
surishtirish lozimdir. 



Bemorning eslab qolish qobiliyati, fikrlash qobiliyati sustlashganda, alahlaganda, 
dissimulyatsiya holatida bemor kasallik to‘g‘risida aniq va tamomila yetarli 
ma’lumotlar (sub’ektiv anamnez) bera olmaydi. 
Ba’zi hollarda bemor qarindosh-urug‘lardagi (shajarasidagi) ruhiy kasalliklar haqida, 
bolalik davridagi biror bir ahamiyatga ega bo‘lgan hollarni, bosh miya jarohatlari, 
tutqanoq tutish, es-
hushini yo‘qotib qo‘yish hollari haqida ma’lumotlarga ega 
bo‘lmasligi mumkin. 
Yuqorida keltirilgan barcha sharoitlarda bemorning qarindosh-
urug‘i, yor-
birodarlari, qo‘ni-qo‘shnilarini so‘rab surishtirish, ya’ni ob’ektiv anamnez yig‘ish 
tavsiya etil
adi. Ob’ektiv anamnez bemor ishtirokisiz yig‘ilishi lozim. 
Bemorning xayoti to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ib olish jarayonida birinchi navbatda 
irsiyatning nobopligiga 
— ota-ona, qarindosh-urug‘ning ruhiy sog‘ligini aniqlab 
olishga ahamiyat berish kerak. N
aslda qayd etilgan ruhiy kasallikning barchasi ta’riflab 
berilmog‘i lozim. Bundan tashqari, o‘z hayotiga suiqasdlik qilgan, o‘zini g‘alati 
tutadigan, aqli zaif, tutqanog‘i bor shaxslar, kashandalar, ichkilikbozlik turli xil 
somatik kasalliklarga aloqador shaxslar bor-
yo‘qligini aniqlash lozim. 
Mazkur kasallikning qanday boshlanganligini so‘zlab berayotganda kasallik 
qanday (to‘satdan, asta-sekin) boshlanganligi, kasallikning boshlangan vaqti va joyi, 
shuningdek uning sabablari (bemorning o‘z fikriga ko‘ra), birinchi alomatlari, 
zo‘rayishi, kechishini belgilash, turmush tarzi o‘zgarishlarining ta’sirini, qilingan 
davoga (o‘z-o‘zini davolash, vrach maslahati bilan, davolashga) ahamiyat berish kerak. 
Bemorning qaysi vaqtdan boshlab psixiatr nazoratida bo‘lganligini va davolashning 
yakunini oydinlashtirish zarur. Agar bemor 
kasalxona qoshida davolangan bo‘lsa, unda 
u qachon, qayer
da bo‘lsa, qanday dorilar, qanday miqdorda, qancha vaqt davomida 
olinganligini aniqlash lozim. Ko‘shimcha so‘rab-surishtirish orqali bemor ruhiy 
kasallikka yo‘liqishi munosabati bilan uning holati mehnat va turmush sharoitiga 
qanday ta’sir etganligi, oldin nogironlikda bo‘lish-bo‘lmasligi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar aniqlanadi. 
Ruhiy kasalliklar kasalxonasiga qayta tushgan bemorlar uchun har bir bemorning 
kasalxonada yotishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar olinadi. 

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương