Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang5/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
укув кулланма

 



Ruhiy holat 
Kasallik varaqasidagi bu holat ma’lum bir tartibda bayon etiladi. Ta’rif chizma 
bo‘yicha belgilangan savollarga javob sifatida emas, balki kengaytirilgan rejali 
ra
vishda bemorni va undagi ruhiy kasallikni ta’riflash lozim. 
Shu bilan bir qatorda vrachning shaxsiy fikrini aks ettiruvchi atama va 
mulohazalarni kiritish ksrak. Masalan: bemorda shilqim g‘oyalar borligi aniqlanadi, 
«bemor alahsiraydi» va hokazo. Yuqorida
gi holatlar to‘liq yozma ravishda beriladi. 
So‘ngra bemorning o‘z shaxsini qayerda va qay vaqtdaligini aniqlay olish qobiliyati 
tekshiriladi. Eslab qolish qobiliyatini va aqlning susayishi bemorning yuqorida 
keltirilgan qobiliyatlarini susaytiradi: kasalxonadaligini biladiyu, lekin qaysi 
biridaligini aytolmaydi. Bemor alaxsirashi mumkin, masalan, u o‘zini kasalxonada 
emas, balki qamoqhonada, shifokorni 
— tergovchi, kasallik varaqasini to‘ldirishni esa 
tergov ishi olib borilayapti deb tushunadi. Ba’zi xollarda esa bemor ikki xil 
tushunchaga boradi. Bemor ongining susayishida u o‘zini qayerda va qaysi vaqtdaligini 
anglab olish qobiliyatining yo‘qolishi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib xizmat 
qiladi. 
So‘ng qabul qilish qobiliyatining susayishi bayon etiladi. Vrach o‘ziga kerak 
bo‘lgan ma’lumotlarni bemorni so‘rab-surishtirish orqali oladi: quloqqa eshitilayotgan 
ovozlar, ular nima haqida gapirishadi, ularning buyruq berishi, kimga tegishligigi, 
nechtaligi va hokazo. 
Bemorning fikr yuritish qobiliyati ham 
yuqoridagi kabi batafsil ravishda ta’riflanadi: 
fikr yuritish sur’ati, jarayonining buzilishi — qimmatli g‘oyalar, alahsirash. 
Keyin bemorning eslab qolish qobiliyatini tekshirish xulosalari keltiriladi. Vrach 
tomonidan anamnez yozib borilganda, savollarga bemor tomonidan berilgan 
javoblarga qarab uning eslab qolish qobiliyati qay darajadaligini aniqlash mumkin. 
Eslab qolish qobiliyati buzilgan holda bemor savollarga ma’lum bir ketma-ketlikda va 
aniqlikda javob berish qobiliyatidan mahrum bo‘ladi. Shuning bilan birga bemorga 
ma’lum bir axborotni eslab qolish uchun, yoxud kinofil’m, o‘qilgan kitobning 
ma’nosini so‘zlab berish iltimos qilinadi. Shu bila n bir qatorda bemorning bilim 
s a v i ya s i,
uning jamiyatdagi o‘rni —ma’lumotiga mos kelish-kelmasligi aniqlanadi. 
Bundan tashqari, bemorga r a s mga q a r a b
so‘zlash, arifmetik masala lar kabi 


10 
topshiriklar beriladi va buning asosida o n g i n i n g s a vi yas i, u n i n g tavsifining 
darajasi aniqlanadi. 
Bemor tuyg‘usi batafsil ravishda bayon etiladi: kayfiyati, ta’sirlanishi va boshqa 
tuyg‘ular paydo bo‘lishi va hokazolar. Tuyg‘ularning soni, barqarorligi, ustun 
keladigan fe’l-atvori, sharoitga bemorning jismoniy va umumiy ruhiy holatiga mosligi 
belgilanadi. Bemor tu
yg‘ulari ko‘tarinki holatda bo‘lsa kayfiyati ham ko‘tariladi. Bu 
narsa kaxeksiya (silosip) bilan og‘rigan kasallar, yurak o‘pka kasalliklarida, og‘ir 
miokard infarqti holatida, rivojlaigan paralich kasallarining aqli zaifligi holatida, 
ichkilikbozlikning uchinchi darajasida kuzatiladi. 
Ongli ravishdagi harakatlar o‘zgarishi bemorning faol va loqayd e’tibori, istaqlari, 
harakati, xulqiga tegishli va ular bilan bog‘liq imo-ishora, so‘zsiz harakat bemorning 
tashqi ko‘rinishini tekshirish paytida bemorning o‘zini tutishi, bo‘limdagi xulqi, 
odamlar bilan munosabatga kirish darajasi, jamoaga xavfli harakatlarning ehtimoli 
ko‘rsatilishi kerak. Ko‘rsatkichlarning oxirida bemorning o‘z holatini tanqidiy 
baholashi va kelajak bilan bog‘liq bo‘lgan orzulari ko‘rsatiladi. 

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương