Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang14/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
укув кулланма

5. Intellekt, xotira 
Bemor xozirgi sanani ayta olmaydi, kasalxonadan qachondan buyon etganligini, xozir 
qaerdaligini, nonushtaga nima iste’mol qilganligini so‘zlay ola(may)di, shifokor ismini 
eslay ola(may)di. 
Arifmetik misollarni (uzoq vaqt mobaynida) xal qila ola(maydi), makol va 
topishmoklar
ning ko‘chma ma’nosini tushuna(may)di, boshqa mamlakatlar nomini 
bil(may)adi. 
III. INVOLYUSION DAVRDAGI RUHIY BUZILISHLAR 
Yoshlik davrdagi va yosh o‘tib qolgandagi ruhiy kasalliklardan tashqari, 
psixozlarning 
faqat yoshi ulug‘lashgan davrda uchraydigan ayrim turdari mavjud. Bu 
yosh shartli ikkita davrga ajratiladi: qarilik oldi yoki presenil 
— 45—60 yosh va qarilik 


25 
yoki senil
—65 va undan yuqori yosh. Yoshi ulug‘ davr ruhiy kasalliklarini sxematik 
ravishda qo‘yidagicha ajratish mumkin: 
1. Klimakterik davr bilan bog‘liq ruhiy buzilishlar. 
2. Involyutsion yoki presenil psixozlar, involyutsion melanxoliya, presenil paranoid. 
3. Qariliq senil psixozlari, senil dementsiya, Al’-sigeymer kasalligi va bosh miya 
tizimining atrofik kasalliklari, Pik kasalligi va boshqalar. 
Oxirgi guruhga etiologik va nozologik jihatdan bir xil bo‘lmagan, lekin umumiy 
o‘xshashlik belgisi bo‘yicha birlashtirilgan kasalliklar kiradi: bu kasalliklarning 
barchasiga astasekinlik bilan, doimiy progrediyent 
kechish xos bo‘lib, bunda kasallik 
jarayopi chuqur aqli pastlik bilan yakunlanadi. 
Yoshi ulug‘ davr psixozlari psixiatriyaning eag murakkab muammolaridan biri 
hisoblanadi. Hozirga qadar bu kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi va tasnifiga oid 
m
asalalar yetarlicha ko‘rib chiqilmagan va yechilmagan.
3. 1. 
Klimaks bilan bog‘liq ruhiy buzilishlar 
Klimaks 
— bu ichki sekretsiya bezlari faoliyatining yoshga xos o‘zgarishlari bilan 
bog‘liq fiziologii jarayon bo‘lib, jinsiy bezlar faoliyatining o‘zgarishi uning asosida 
yotadi. Bu o‘tish davri erkaklarda ham, ayollarda ham kuzatiladi, biroq ayollarda 
klimaks belgilari juda aniq yuzaga chiqadi, chunki bu jarayon o‘rtacha 45—50 
yoshlarda yuz beradigan ovarial faoliyatning to‘xtashi bilan bevosita bog‘liqdir. 
Klimaterik alomat majmui xilma-xilligi bilan ajralib turadi, bunda har xil somatik 
belgilar bilan bir qatorda asab-ruhiy buzilishlar ham uchraydi. 
Asab-ruhiy buzilish belgilari menopauzadan 1
—2 oy oldin, ba’zan oradan 2—3 va 
undan ko‘p yillar o‘tgach yuzaga chiqishi mumkin. Bu buzilishlar psixozlar emas, balki 
vaqtinchalik 
nevrotik 
reaksiyalardir 
va 
ular 
affektiv 
beqarorlik, 
yuqori 
qo‘zg‘aluvchanlik va xavfsirash alomatlari bilan yuzaga chiqadi. Bu davrda reaktiv-
depressiv va ipoxondrik reaksiyala
r paydo bo‘lishiga moyillik kuzatiladi, ayniqsa 
klimaks vegetativ-
somatik o‘zgarishlar miyaga ko‘p qon kelishi, bosh aylanishi, yurak 
tez urib ketishi, xushdan ketish hollari va boshqalar bilan kechganda shunday bo‘ladi. 
O‘ta yuqori affektiv labillik va rsaktivlik har xil isterik hollarni keltirib chiqaradi, bu 
T. A. Geyer, O. Bumke kabi ba’zi mualliflarga kasallikning alohida shakli — 
involyutsion isteriyani ajratishga asos bo‘ldi. Psixikaning qo‘pol buzilishlari uzoq 


26 
davom qiluvchi depressiyalar odatda ruhiy dunyoqarashida oldindan qandaydir 
buzilishlar, psixopatiyalar, tabiati jihatidan shaxsning muvozanatlashmaganligi 
mavjud bo‘lgan ayollarda uchraydi. 
Klimaks davridagi depressiyada tushkunlikdan tashqari bezovtalik, asabiylashish 
holatlari xam uchraydi. Klimakterik sindromni davolashda antidepressantlar 
– ayniqsa 
xavotirga qarshi ta’sirga xam ega bo‘lgan antidepressant vositalar (venlaksor) 
ishlatiladi. 
Nevrotik buzilishlarni davolashda sedativ va neyroleptik moddalar, uyqu buzilishga 
qarshi dori vositalar (somnol(zopiclonum), ) buyuriladi. Barcha xollarda 
psixoterapiyaning turli xil usullari tavsiya qilinadi. 
Klimaks davri tugashi bilan asab-
ruhiy o‘zgarishlar ham susayib, keyinchalik asta-
sekin yo‘q bo‘lib ketadi. Birok klimaks davrining asorati bo‘lib turli 
kasalliklar(Gipertoniya kasalligi, depressiya, osteoxondroz…) yuzaga chikmasligi 
uchun bu davrda insonning ruhiy salomatligiga e’tibor karatish va nevrotik 
buzilishlarning oldini olish maqsadida ruhiy maslaxatlar berish maqsadga muvofik. 

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương