Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang17/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
укув кулланма

3.3.INVOLYUTSION PARANOID 
Bu shakli boshqachasiga involyutsion paranoid, involyutsion parafreniya yoki 
presenil Ziyen vasvasasi deyiladi. 
Klinik manzarasi. 
Kasallik tiniq ong va tashqi tomondan o‘zgarmagan hulq-atvor 
fonida asta-sekin rivojlanadigan vasvasa bilan tavsiflanadi. Vasvasa tuzilmasi va uning 
fabulasi juda o‘ziga xosdir. Vasvasa konsepsiyasiga kishilarning tor doirasi kiradi: 
qo‘shnilar, tanishlar ularga ataylab noxushliklar keltirib chiqarishda ayblanadilar. 
Vasvasalar odatd
a tor doiradagi xo‘jalik munosabatlaridan, arzimas ginaxonliqdan 
chetga chiqmaydi. Avval bemorlarning da’volari atrofdagilar tomopidan haqqoniydek 
qabul qilinadi, biroq vaqt o‘tishi bilan ularning patologik asosi ko‘zga tashlanib qoladi. 
Bemorlarning nazar
ida kushnilari ularning narsalarini bo‘zayotgani, kalitlar va maxsus 
vositalardan foydalanib yashirincha uyga kirayotgani, ovqatlariga axlat solib 
ketayotgani, devorlarda tirqish ochib u yerdan gaz yuborayotganiga va boshqa xavfli 
ishlar qilishiga ishonchl
ari komil. Kechalari qo‘shnilarinikida yig‘inlar uyushtiriladi, u 
yerga shubhali shaxslar keladi. Bularning hammasi moddiy ziyon yetkazish, sog‘ligiga 
zarar qilish yoki xonasidan siqib chiqarish uchun ataylab qilinadi. Ba’zan hidlov 
gallyutsinatsiyalari, eshituv verbal illyuziyalari sifatidagi idrok qilish buzilishlari 
uchraydi. Shuningdek somatik bo‘zilishlar bilan bog‘langan holda tana sezgilarini 
vasvasali qabul qilish kuzatiladi, yurak urishi, gazdan zaharlanish oqibati va hokazolar. 
Vasvasalar rashk g‘oyalari asosida rivojlanishi ham mumkin. Muhitni, yashash joyini 
o‘zgartirilganda bemorlar bir oz tinchlanishadi, biroq keyinchalik oldingi vasvasa 
fikrlar yana qayta boshlanadi. Bemorlar o‘z og‘riqli kechinma va g‘oyalarini ximoya 
qilishda o‘ta faolliklari bilan ajralib turadilar. Ular eshiklariga ko‘plab qulflar 
o‘rnatadilar, doimo kuzatishlar uyushtiradilar, sud organlariga shikoyatlar bilan 
murojaat qiladilar, militsiyaga boradilar. Bunda depressiya kuzatilmaydi. Aksincha, 
affektiv sozlanganlik astenik 
belgilar bilan, vasvasa g‘oyalarining o‘ta tashvishliligi 
yuzaga chiqadi 
Kasallik surunkali kechadi. Somatik hollarida o‘zgarishlar kuzatilmaydi. 

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương