Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang15/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
укув кулланма

 
3.2. INVOLYUTSION MELANXOLIYA 
Kasallik ko‘proq ayollarda 50—60 yoshlarda boshlanadi. Hozirgi vaqtgacha 
kasallik etiologiyasi va patogenezi to‘liq aniqlanmagan. Lekin organizmdagi 
involyutsion o‘zgarishlar asosida kelib chiqadigan endogen-toksik jarayonning 
ahamiyati shubhasizdir va u psixoz rivojla-nishida asosiy hal qiluvchi omil 
hisoblanadi. Moyillik yaratuvchi omillar 
— bu har xil psixogeniya va 
somatogeniyalardir. 
Involyutsion melanholiyaning asosiy sindromi tashvishli 
— qayg‘uli depressiya 
bo‘lib, u ko‘pincha o‘z-o‘zini ayblash, o‘z-o‘zini o‘ldirish va ipoxondrik vasvasa 
g‘oyalarining qo‘shilishi bilan uchraydi. 
Klinik ko‘rinishi. Kasallikning boshlang‘ich belgilari noo‘rin bezovtaliq o‘zini 
yo‘qotib qo‘yish, juda sust kayfiyat fonidagi noaniq qo‘rquv sifatida namoyon bo‘ladi. 
Klimaksning rivojlaiishi har xil. Ba’zi hollarda tashvishli notinchlikning asta-sekin 
kuchayishi kuzatiladi, keyinchalik u o‘zgarmasdan uzoq vaqt bir xil darajada turadi; 
boshqa hollarda tashvishli qo‘zg‘olish alomatlari o‘ta tez rivojlanadi va odatda idrok 


27 
qilish buzilishlari va vasvasa g‘oyalar qo‘shilishi tufayli murakkablashib ketadi. 
Vasvasa g‘oyalar xissiyotlarni fantastik shaklda aks ettiradi. Kotar vasvasasi: «...Orga-
nizm t ir ik l ig ic ha
parchalanib ketmoqda... Oilam o‘ldi... Mening aybim tufayli 
ommaviy fojealar yuz bermoqda... Quto‘lishning hech qanday yo‘li yo‘k. Yagona yo‘l 
— haqqoniy qasos» va hokazo. 
Bemorlar doimo bezovta harakat
da bo‘ladilar, bu vaqgi-vaqti bilan ajiatatsiyaga 
o‘tuvchi o‘ralashib qolishda iamoyon bo‘ladi. Ular palatada u yoqdan bu yoqqa 
yurishadi, o‘zlarini timdalashadi, o‘z sochlarini yulishadi. Bemorlar nutqi 
shikoyatlarini hadeb bir xil jumlalar orqali kaytara
verish bilan tavsiflanadi. Vaqt o‘tishi 
bilan notinch harakatlar tormozlanish bilan almashinishi mumkin, biroq bunda 
tashvishli 
— qayg‘uli zo‘riqish kamaymaydi. Betinchlik tashqi sharoitlar 
o‘zgartirilganda, boshqa palata yoki bo‘limga o‘tkazilganda yanada kuchayadi. Idrok 
qilishning buzilishlari ko‘pincha verbal illyuziyalari bilan namoyon bo‘ladi: 
atrofdagilarning suhbatida o‘ziga karatilgan ayblashlar eshitiladi, nazarida uni 
kamsitishadi, urishishadi. Il-lyuziyalarning vasvasalar bilan ifodalanadigan boshqa 
shakllari ham uchraydi: ko‘rishga kelgan qarindoshlari o‘zgarib ketgan; ular boshqacha 
ko‘rinishadi, yuzlarida kasallik alomatlari: balki, bular qarindoshlari qiyofasidagi 
umuman boshqa odamlar. Ko‘pincha ipoxondrik vasvasa uchraydi: bemorlar o‘zlarini 
zaxm bilan kasallangan, rak bilan kasallangan deb hisoblaydilar. Ovqat hazm qilish 
yo‘qlarining og‘ir zararlanishidan shikoyat qiladilar. Ovqat hazm bo‘lmayapti, 
ichaqlarim atrofiyaga uchrab ketayapti va boshqalar. 
Kasallikning somatik belgilari kam tavsifli. Faqat ozib ketish va bevaqt qarib ketish 
kuzatiladi. Ba’zi hollarda kasallik o‘ta shiddatli kechadi, u shiddatli darajaga yetuvchi 
ajiotaj qo‘zg‘olish bilan yuzaga chiqadi. Bunda ajiatatsiya davrlari oneyroid tipidagi 
ong xiralashish elementlari mav
jud bo‘lgach, o‘zini yo‘qotib qo‘yish davrlari bilan 
almashinib turadi. Bemorlar fojeaviy darajada tez quvvatsizlanadilar va ozadilar. 
Keyinchalik harakat qo‘zg‘olishlari negativizm simptomlari bo‘lgan, katatonik 
stuporni eslatuvchi stuporoz holatga o‘tib ketishi mumkin. Bemorlar befoyda bo‘lgan 
qarshilik kursatadilar, ovqatni tuflab yuboradilar, uzuq-yuluq jumlalarni stereotipik 
ravishda qaytaraveradilar. Ba’zi mualliflar bunday holatlarni presenil psixozning 
alohida shakliga ajratadilar va uni «xavfli presenil psixoz», Krepelin kasalligi, «kech 


28 
katatoniya» deb ataydilar. Lekin bir tomondan bunday holatlarga involyutsion 
melanxoliyaning og‘ir kechuvchi variantlari sifatida ham qarasa bo‘ladi. 

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương