Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»


Paraklinik tekshiruvlarni qo‘llash



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang9/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
укув кулланма

Paraklinik tekshiruvlarni qo‘llash
Ruhiy jarayonlar holati xaqidagi kimmatli ma’lumotlarni paraklinik 
tekshiruvlarni qo‘llash beradi. Bemorning aqliy ish qobiliyati diqqatning holati bilan 
chambarchas bog‘liq. Diqqat barcha psixologik tekshiruv uslublarida namoyon bo‘ladi, 
lekin uni korrektur sinama orkali mukammalrok tekshirish mumkin. Bu usulda 
tekshiriluvchiga imkoni boricha tezroq diqqat bilan turli xarflardan tuzilgan yaxlit 
matnni ko‘rib chiqish buyuriladi. SHulte jadvalidan 1 dan 25 gacha bo‘lgan raqamlarni 
qidirish usuli xam ancha samaralidir. Ko‘pincha diqqatning kuchuvchanligi, 
toliquvchanligi, taqsimlanuvchanligini tekshirish uchun ikki xil rangli jadvaldan 
foydalaniladi.
Xotirani tekshirish uchun 
10 ta so‘zni yodlash usuli qo‘llaniladi: 
tekshiriluvchiga 10 ta o‘zaro bog‘lanmagan oddiy so‘zlarni yodlash tavsiya qilinadi. 
Meyorda inson 10 ta so‘zni Leontev usuli qo‘llaniladi. Tekshiriluvchiga xar bir so‘zni 
eslab qolish uchun, kartochkalarning stand
art to‘plamidan ma’nosiga mos rasmni 
tanlash tavsiya etiladi. So‘ngra u yoki bu rasm ko‘rsatilganda tekshiriluvchi shunga 
mos so‘zni eslashi kerak. Bu usul A.R.Luria tomonidan «piktogramma usuli» nomi 


18 
bilan o‘zgartirilgan; bu usul faqat xotirani emas, balki assotsiativ jarayonlarni 
tekshirish uchun xam qo‘llaniladi. Bu usulda tekshiriluvchiga yodlash uchun berilgan 
so‘zga qisqacha tasvir chizish taqlif etiladi, bunda 40-60 daqiqadan so‘ng, u rasmga 
qarab yodlash uchun berilgan so‘zni eslashi zarur. Assotsiativ jarayondagi kichik 
o‘zgarishlar so‘zlarga mos obrazlar tanlashga va eslab qolishning samaradorligiga 
ta’sir etishi mumkin. 
Tafakkurni tekshirishda oddiy assotsiativ eksperiment (eksperimentator 
tomonidan o‘qilayotgan xar bir so‘zga, iloji boricha tezrok boshqa istalgan suzni 
aytish) yoki 60 ta turli so‘zlarni tezroq aytish usuli, qarama-qarshiliklar usuli va x.
Tafakkurni 
umumiylashtirish, 
ajratish, 
takkoslash, 
mavhumlashtirish 
xususiyatlarini o‘rganish usullari orqali xam tekshirish mumkin. Bu usullarga 
tushunchalarni tasniflash, 4-ortiqcha narsani chiqarish, maqol va metaforalar 
ma’nosini tushuntirish, oddiy va murakkab analogiyalar, xodisalar ketma-ketligi 
usullari va x.lar kiradi.
Konstruktiv tafakkurni tekshirish uchun, «Link kublari», «Koss kubchalari», 
usullari ishlatiladi (4, 9, 16 ta kubiklardan o‘sib boruvchi qiyinlikda shaqllar yasash 
talab etiladi).
Intellektni o‘zida ruhiy faoliyatning barcha tomonlarini qamrab olgani uchun 
uni tekshirishda tafakkurni tekshirish uchun muljallangan usullardan tashqari, 
Vekslerning kompleks testi qo‘llaniladi. Bu usulda bemorning faxm-farosati, hisoblash 
qobiliyati, xotira xususiyatlari, diqqat darajasi, Suz boyligi, konstruktiv tafakkuri, 
shuningdek, qismlardan sintezlash qobiliyati, xodisalar ketma-ketligini logik tuzish 
xususiyatlari o‘rganiladi. Bu test yuqorida aytib o‘tilgan ruhiy faoliyatni tekshirishda 
qo‘llaniladigan barcha usullarni o‘z ichiga oladi, lekin alohida kurinishlar bo‘yicha 
mikdoriy ballar emas, balki IQ kompleksi «intellekt koeffitsienti»ni olishga imkon 
beradi. 
SHahsni o‘rganishda turli usullardan-oddiy standartlashgan so‘rovnomalardan 
tortib murakkab proeksion testlargacha foydalaniladi. So‘rovnomalar savollar yoki 
tasdiklar yigimidan iborat bo‘lib, 2 yoki 3 xil javob variantidan bittasini tanlash 
imkoniyatini beradi («to‘g‘ri», «noto‘g‘ri», «o‘rtacha» ). Ayzenk so‘rovnomasi keng 
tarqalgan bo‘lib, tekshiriluvchining neyrotizm darajasi, emotsional turg‘un- 


19 
noturg‘unlik, samimiylik (yolg‘onchilik) darajasi, qo‘zg‘alish va tormozlanish 
jarayonlari individual balansi asosida (introvert-ekstrovert) shaqllangan shahs tipini 
aniqlash imkoniyatini beradi.
Minnesota ko‘p profilli shahs testi (MMRI) shahsning asosiy psixopatologik 
xususiyatlari 
– ipoxondriya, depressiya, isteriya, psixoasteniya, qat’iylik – mayinlik, 
psixopatiya, paranoyya, shizofreniya, gipomaniya, ijtimoiy introversiya 
– ustunligini 
va mutanosibligini ko‘rsatuvchi 10 ta asosiy shkalalardan iborat bo‘lib, shahsning 
klinik profilini tuzishga imkon beradi. So‘rovnomadagi 10 ta asosiy shkalalardan 
tashqari, qo‘shimchalari xam bor, xammasi bo‘lib 200 dan ortiq (alkogolizm, 
epilepsiya, shahsning kuchliligi darajasi, o‘zini nazorat qilish, shizofreniyani prognozi 
va x.). 
Shahs aksentuatsiyasi yoki psixopatiyasi tipini va yaqqolligi darajasini aniqlash 
uchun Lichko patoxarakterologik so‘rovnomasi, yoki Ketelning 16 faktorli 
so‘rovnomasi qo‘llaniladi, u shahsning tug‘ma yoki orttirilgan xususiyatlarini 
aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, proeksion testlar xam ishlatiladi, bunda 
kam strukturali rangli shaqllar tekshiriluvchining shahs xususiyatlarini o‘zida go‘yoki 
aks ettiradi. Mavzuli appersepsiya testi (MAT) syujetli bir qancha rasmlardan iborat 
bo‘lib, ularni turlicha talqin qilish mumkin. Tekshiriluvchining bu rasmlar bo‘yicha 
tuzayotgan xikoyalari 
– kimni qahramon etib tanlaydi, konfliktlarni qanday tasvirlaydi 
– bo‘yicha eksperimentator uning emotsioanl holati, muammolari, xissiy ta’sirlanish 
xususiyatlarini baholaydi. Rorshax testida (10 ta siyoh dog‘i), Rozensveyg frustratsiya 
testi (konflikt holati tasvirlangan 32 ta rasmlar). Barcha psixologik testlarni qo‘llash 
eksperimentatordan mahsus tayyorgarlik va yuqori professional malaka talab qiladi. 
Oliy ma’lumotli hamshira psixiatriyada qo‘llanuvchi barcha laborator-

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương