Toshkent tibbiyot akademiyasi shadmanova L. Sh. «Involyusion psixozlar»



tải về 3.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang8/66
Chuyển đổi dữ liệu21.01.2024
Kích3.9 Mb.
#56398
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
укув кулланма

Shaxsni tekshirish usuli 
Yuqoridagi bo‘linish shartli ravishda bo‘lsa-da, bu usullarni qo‘llash bir necha 
faoliyatlar holatini yoki shaxsni tekshirishga imkoniyat beradi. Ruhiy shifoxonada 
qabul qilish va hissiyotni tajribada tekshirish uchun, bosh miya organik jarohatlaridagi 
ruhiy buzilishlarni endogen psixozlar, qarilikdagi aqliy zaiflikdan farqlash tashhisini 
o‘tkazish uchun neyropsixologik sinamalar o‘tkaziladi. Ko‘ruv gnozisi va sezgi-hislarni 
tekshirish uchun turli xil testlardan foydalaniladi. 


14 
Ruhiy jarayon holatini aniqlashda diqqatni tekshi
rish juda muhim ma’lumotlar 
beradi. Uning fao
lligi, hajmi, miqdori, o‘tish qobiliyati (pereklyuchayemost’) asosiy 
belgilar hisoblanadi va ruhiy faoliyatning u yoki bu buzilishlarida yagona 
ko‘rsatkichlar bo‘lib qoladi. Ruhiy buzilishlarning barchasida diqqatni tekshirish o‘z 
aksini topgan va buni eng qulay hisoblangan korrektor sinamasi orqali tekshiriladi. 
Bunda bemorga tasodifan ravishda alfavit harflaridan tuzilgan bir tekis harflar 
ko‘rsatiladi. Undan bu harflarni iloji boricha tez va diqqat bilan ko‘rib chiqish talab 
etiladi. Bemor o‘ziga berilgan harflarni o‘chirishi kerak bo‘ladi. Shuningdek Shul’te 
jadvalidan 1 dan 25 gacha ko‘payib boruvchi sonlar orasidan keraqli sonni tez topib 
ko‘rsatishi diqqatni tekshirish usullarining effektiv usuli hisoblanadi. 
Diqqatning o‘zgaruvchanligini tekshirish uchun ko‘pincha Gorbovning 2 rangli 
jadvalidan foydalanila
di. Jadvalda 1 dan 25 gacha bo‘lgan sonlar qora rangda, 1 dan 
24 gacha esa qizil rangda tartibsiz, aralashtirib berilgan bo‘ladi. Bemordan 1 ta qora 
rangdagi sonni ko‘payib borish tomoniga, bitta qizil rangdagini kamayib borish tartibi 
bo‘yicha navbatma-navbat izlash talab etiladi. 
Hozirgi vaqtda diqqatni tekshirish uchun qolgan testdagi 4 turli rangdagi geometrik 
shakldagi kartochkalarni rang bo‘yicha, keyin shakli bo‘yicha tez saralashdan iborat. 
Xotirani tekshirish uchun ko‘p xollarda 10 ta so‘zni yodlash usuli ko‘p qo‘llaniladi. 
Bemorga 5 marta 10 ta bir-
biri bilan aloqasi bo‘lmagan so‘zlar ko‘rsatiladi. Har bir 
ko‘rsatilgandan so‘ng bemor eslab qolgan so‘zlarini qaytarishi kerak. Me’yorda odam 
1
0 ta so‘zni 2—3 marta takror ko‘rsatganda eslab qoladi. Shuningdek raqamlarni 
to‘g‘ri va teskarisiga yozdirish usuli ham qo‘llaniladi. 
Vositali eslab qolish qobiliyatini tekshirish uchun Leont’ev usuli qo‘llaniladi. 
Bemorga har bir yodlanayotgan so‘zning ma’nosiga qarab standart to‘plamdan rasm 
tanlash taqlif etiladi. So‘ngra u yoki bu rasmni ko‘rsatganda bemor shu rasm bilan 
bog‘liq bo‘lgan so‘zni eslashi lozim. Ushbu usul A. R. Luriya ta’rificha, piktografiya 
nomini olgan. Bu usul bilan nafaqat eslab qol
ish va ko‘rish xotirasi, balki assotsiativ 
jarayonlarni tekshirish ham mumkin. Bunda bemor eslab qolish uchun taqlif etilgan 
so‘zni o‘zicha «chizib olishi» kerak bo‘ladi. 40—60 daqiqadan so‘ng o‘sha rasm yoki 
so‘z haqida tushuncha berishi kerak. Assotsiativ jarayonlardagi kichik o‘zgarishlar 
tanlanayotgan siymolar orqali so‘zlab berish qobiliyati buzilganligidan dalolat beradi. 


15 
Assotsiativ jarayonii tekshirishda shuningdek oddiy assotsiativ tajriba (tajriba 
o‘tkazuvchining aytgan har bir so‘zidan keyin iloji boricha har qanday so‘zni aytishi): 
68 ta so‘zni aytish (atrofdagi predmetlardan tashqari 60 ta har xil so‘zni tez aytib 
berish), qarama-
qarshi ma’nosini aytish (qarama-qarshi usuli) qo‘llaniladi. 
Assotsiatsiyalarni tekshirish usuli fikrlashni tekshiris
hda ham qo‘llaniladi. 
Fikrlashni, shuningdek muloqot qobiliyati, chalg‘itish, xayol qilishni tekshirish usuli 
bilan ham aniqlash mumkin. Bu usullar buyumlar tasnifiga asoslangan. Masalan: 
bemorga 70 ta turli buyum va hayvonlarning rasmi aks ettirilgan suratlar beriladi. U bu 
suratlarni o‘zining chiqargan xulosasi bo‘yicha saralashi kerak. Shuningdek 4 ta 
buyumdan 1 ta ortiqchasini chiqarib tashlash yoki 4 ta so‘zdan 1 ta to‘g‘ri kelmaydigan 
so‘zni olib tashlash usuli qo‘llaniladi. Asosiy xususiyatlarni tanlay bilish usuli ham 
qo‘llaniladi. Bunda bemor berilgan so‘zining asosiy xususiyatini aks ettiruvchi qavs 
ichidagi 5 ta xususiyati orasidan 2 tasini aytib berishi kerak. Bundan tashqari, 
maqollarni anglash, oddiy va murakkab o‘xshashliklar, butun shakl yasash va 
qismlarga ajratish, Raven sinamasi va boshqa usullar qo‘llaniladi. 
Konstruktiv fikr yuritishni tekshirish uchun «Link kubi» usuli (har biri 3 xil rangga 
bo‘yalgan 27 ta kubikdan yashil rangli kubik yig‘ish) va «Koss kubi» (4, 9 va 16 
alohida naqsh be
rilgan kubikdan nakshlari to‘g‘ri kelishi bo‘yicha shakl yasash) 
usullari ham ishlatiladi. 
Aqlni (intellekt) tekshirish uchun nisbatan ko‘p qo‘llaniladigan tuzilma sifatida 
ruhiy faoliyatning ko‘p tomonlarini qamrab yotuvchi fikr yuritishni tekshirishga 
qaratilgan sinamalardan tashqari Vekslerning kompleks sinamasi ishlatiladn. Uning 
maqsadi fikrlash qobiliyati, sanash oriyentatsiyalari, eslab qolish qobiliyati, diqqat 
darajasi, so‘z jamg‘armasi, konstruktiv fikrlash, shuningdek qismlardan xodisalarning 
ketma-
ketligini taqlid qila olish qobiliyatini tekshirishdan iborat. Yuqorida ko‘rsatilgan 
ruhiy jarayonlar tekshirilgandan so‘ng bemorning aqliy faoliyatini ballarda miqdoriy 
baholash imkoniyatini mana shu majmuaga asoslanib qo‘yiladi. 
Shaxsni tekshirishda turli usullardan foydalaniladi 
— oddiy standart so‘rovlardan 
tortib to murakkab projektiv sinamalargacha. So‘rovlar savol yoki tasdiq ko‘rinishida 
bo‘lib, bir xil ma’noli javoblardan, 2—3 ko‘rinishli javoblardan 1 ta to‘g‘ri javobni 


16 
topishga asoslangan («ha-
yo‘q», «to‘g‘ri-to‘g‘rimas-to‘g‘riroq»). So‘rovlar shaxsning 
u yoki bu tomonini ochish uchun va 
unga miqdoriy baho berish uchun qo‘llaniladi. 
Ayzenk so‘rovi ko‘proq tarqalgan bo‘lib, u shaxsning individual qo‘zg‘olish va 
tormozlanish balansini (intravert-ekstravert), neyrotizm darajasi 
— emotsional 
turg‘unlik yoki noturg‘unlik va nosamimiylik darajasini aniqlash imkonini beradi. 
Miniyesot kun fazali shaxs so‘rovi (MMR1) shaxsning klinik profili, uning asosiy 
ruhiy xastalik xususiyatlarining nisbati va ustunligini: ipoxondriya, depressiya, 
isteriya, psixopatiya, erkaklik-ayollik paranoid, psixoasteniya, shizofreniya, 
gipomaniya, ijtimoiy intraversiyasini aniqlashga imkon beradi. Bu asosiy 10 ta 
shkaladan tashqari, so‘rovda qo‘shimcha savollar mavjud. Hammasi bo‘lib 200 tadan 
ko‘pdir. (epilepsiya, alkogolizm, shaxs, o‘z-o‘zini tekshirish, shizofreniya kelajagi va 
boshqalar). Ulardan ba’zilari, masalan, Teylor — xayajon shkalasi mustaqil so‘rov 
sifatida qo‘llaniladi. 
Psixopatiyaning yoki shaxs aksentuatsiyasining ustunlik darajasi va tipini aniqlash 
uchun Lichkovning xastalikni 
tavsiflash tashxisining so‘rovi o‘tkaziladi (XTT). 
Katellning 16 faktorli so‘rovi chegara holat klinikasining, shaxsning bir qator 
tug‘ma (konstitutsional) va orttirilgan o‘ziga xosligini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Shuningdek projektiv va yarim projektiv sinamalar ham ishlatiladi. Bunda kam 
tizimlangan rangli kvadratlar (ma’nosi muayyan bo‘lmagan tasvirlar) sinaluvchi 
shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini ochishda yordam beradi. Mavzu (appersepsiya) 
sinamasi shular jumlasidandir, MAC ko‘p mazmunli rasmlar, ko‘p fikrlashni talab 
etadi. Shunga qarab bemor qanday hikoya qilishi, kimni qahramon qilishi, qanaqa 
mulohaza yuritishi, zamon kelishiklarini qanaqa ishlatish tartibi (o‘tgan, hozir, kelasi 
zamon)ga qarab malakali mutaxassislar uning holati, maqsadi, kechinmalariga baxo 
berishadi. 
Rorshax sinamasi Yuta standart siyoh dog‘idan iborat. Bemor u yoki bu dog‘ning 
nimaga o‘xshashligini aytishi keraq Javoblar dog‘ning detali, rangi, shakli haqiqatdan 
ham biror narsaga o‘xshaganligiga qarab murakkab tizim bo‘yicha baholanadi. 
Natijada sinaluvchnning in
tellektual (aqliy), ruhiy xatolik xususiyatlari to‘g‘risida 
biror xulosaga kelinadi. 


17 
Rozensveygning frustratsiya sinamasi 24 ta aniq jadval holat aks ettirilgan rasmdan 
iborat. Unda qatnashuvchi shaxs gapiradi (matn yozib qo‘yilgan), boshqasi javob 
beradi (sinaluvchi matnni iloji boricha tezroq o‘ylab topishi kerak). Bu sinama 
sinaluvchining reaktsiyasi ko‘rinishi va uning murakkab holatlarda yo‘nalishini, u yoki 
bu talabini qondirishga ko‘ra aniqlashga yordam beradi (frustratsiya). Olingan 
natijalarga asoslanib shaxsning ijtimoiy moslashganligining darajasi aniqlanadi. 
«Tugallanmagan jumlalar» sinamasi 60 ta boshlangan iboradan iborat bo‘lib, ularni 
tez oxiriga yetkazish kerak. Bu sinama yordamida shaxsning xayotiy munosabatlarga 
dunyoqarashi to‘g‘risida, uning kelishuvchanligi, kelishmovchiliklarning yonini olishi 
to‘g‘risida ma’lumot olinadi va natijada uning aqliy (intellektual) rivojlanganlik 
darajasi to‘g‘risida biror xulosaga kelinadi. 
Barcha ruhiy sinamalarni qo‘llash va asosan shaxs sinamalarini o‘tkazish uchun 
maxsus tayyorgarlik va yuqori malakali, professional, mohir tajriba o‘tkazuvchini talab 
qiladi. 
2. 2.

tải về 3.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương