O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang4/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar. 
 
1. Milliy harakatli o‘yinlarning xususiyatlari nimalardan iborat? 
2. Kurash, ot o‘yinlari, darboz kabi o‘ta murakkab o‘yinlarni harakatli o‘yinlar 
toifasiga qo‘shilishiga qanday qaraysiz? 
3. O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari qaysi manba’larda mazmun topgan? 
4. “Harakatli o‘yinlar” to‘plamlariga qanday baho berasiz? 
5. Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarning to‘plamlaridagi qaysi yangi 
o‘yinlarni o‘qigansiz? 
6. “Chillik”, “Oq suyak”, “Pod” to‘p kabi o‘yinlarni sport darajasiga ko‘tarish 
uchun nimalar talab etiladi? 
7. “Alpomish o‘yinlari”, “To‘maris o‘yinlari” festivallarining dasturiga yana 
qanday o‘yinlarni kiritish lozim? 
8. “Avesto”ni o‘qiganmisiz? 
9. “Hadislar” dagi jismoniy tarbiyaning ifodalarini bilasizmi? 
Zamonaviy milliy harakatli o‘yinlarning turkumlari. 
 
Boshda izohlanganidek juda ko‘p harakatli o‘yinlar chetdan kirib kelib, ular 
milliylashib ketgan. Chunki, ularning mazmun, maqsad va mohiyatlari 
yurtimizning iqlim sharoitlari, aholining ijtimoiy mehnat va turmush madaniyatiga 
mos keladi. Shu sababdan milliy harakatli o‘yinlar tarkibida uchraydigan boshqa 
millatlarning harakatli o‘yinlari haqida fikr-mulohazalar yuritilsa ajablanmaslik 
zarur. 


Atoqli olimlar M.Murodov, U.Qoraboev, M.Jabborov, J.Toshpo‘latov, 
A.Atoev, 
R.Abdumalikov, 
T.Usmonxo‘jaev 
kabilarning 
ilmiy-nazariy 
mulohazalari hamda o‘yinlarning mazmunlari asosida milliy harakatli o‘yinlarini 
quyidagi turkumlariga ajratish mumkin: 
1. Tabiat manzaralari, fanlar bilan bog‘liq o‘yinlar. Bunga “Ko‘chat o‘rnat”, 
“Kartoshka ekish”, “Yomg‘ir”, “Ayoz bobo” kabilarni namuna qilib ko‘rsatish 
mumkin. Ularning mazmuni va o‘yin holatlari (joylar, bajarilish tartiblari, 
qoidalar). Tabiatning go‘zalligi, ob-havoning o‘zgarishi, sovuq va yomg‘irlardan 
saqlana bilish kabi harakatlar asosida shug‘ullanuvchilarning hushyorlik, epchillik, 
chidamlilik kabi jismoniy sifatlari va insonning aqliy fazilatlarini tarbiyalashda 
xizmat qiladi. 
2. Hayvonot olami bilan bog‘liq o‘yinlar, “Qushlar pr...r etib uchdi”, “Kalhat keldi, 
qoch bolam”, “Bo‘rilar va ovchilar”, “Zovurdagi bo‘rilar”, “G‘ozlar”, “Tulki bilan 
xo‘roz”, “It va qarg‘a” va shu kabi juda ko‘p o‘yinlarda o‘zaro munosabatlar
yaxshilik va yomonlik, o‘zini ehtiyot tutish kabi fazilatlar bilan birgalikda barcha 
jismoniy sifatlarni tarbiyalash amalga oshiriladi. Shu asosda bolalarda hayvonot 
olamiga bo‘lgan qiziqish, parrandalarni asrash kabi his-tuyg‘ular uyg‘onishi 
mumkin. 
3. Mehnat bilan bog‘liq o‘yinlar. Inson faoliyati aqliy va jismoniy mehnat bilan 
belgilanadi.ularni harakatli o‘yinlar mazmunida ham uchratish mumkin.
Aqliy mehnatga doir o‘yinlar turkumiga “Sanash o‘yinlari”, “Sonlarni yozish va 
o‘ylab top”, “Ism yoki buyumlarni ketma ket va aralash turib aytish”, “Sakrab 
qo‘shiq aytish”, “Rasmlarni tez chizish”, “Shakllarni (kubok) joylashtirib o‘z 
holiga keltirish” (shakl yasash) va shunga o‘xshash faoliyatlarni aks ettiruvchi 
o‘yinlar kiradi. 
Jismoniy mehnatni aks ettiruvchi harakatli o‘yinlar ham juda ko‘p. Ularga 
“O‘tin yorish”, “Poda to‘p” (cho‘pon), “Qo‘sh haydash” (yerni haydash, chopish), 
“Osilib chiqish”, “Tortilish”, “Yuk ko‘tarish”, “Eshak mindi”, “Piyoda poyga”, 
“Poezd” va b.q. kiradi. Ularning mazmunida mehnat qilish yo‘llari, bajarish 
usullari hamda chidamlilikni ifoda etuvchi hislatlar mujassamlanadi. 


Umuman olganda milliy harakatli o‘yinlarning barchasida aqliy va jismoniy 
mehnatlar uyg‘unlashib, asosan jismoniy barkamollikni tarbiyalashda xizmat 
qiladi. 
4. Ommaviy madaniy tadbirlarda (bayramlar, to‘ylar, turli xil marosimlar, sport 
musobaqalari va h.k) qo‘llaniladigan, ya’ni namoyish va musobaqalashish 
maqsadida murakkab va oddiy harakatli o‘yinlar qo‘llaniladi. Ular tarkibiga kurash 
qismlari (elementlari, ot o‘yinlari, ko‘pkari-uloq, poyga), dorboz, tosh ko‘tarish, 
arqon tortishish, yelka urishtirish, xo‘rozlar jangi va h.k. kiritiladi. 
5. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiluvchi o‘yinlar ham harxil 
turkumlarga bo‘linadi. Ularga quyidagilarni namuna qilib ko‘rsatsa bo‘ladi, ya’ni: 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương