O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang3/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar. 
 
1. O‘zbekiston mustaqilligi tufayli harakatli o‘yinlarni o‘rganishdan maqsad nima? 
2. Harakatli o‘yinlar qachon va qanday qilib paydo bo‘lgan? 
3. Turli qit’alardagi xalqlarning milliy harakatli o‘yinlari haqida nimalarni bilasiz? 
4. Markaziy Osiyo va boshqa xududlarda bir-biriga o‘xshash qanday harakatli 
o‘yinlarni tilga olish mumkin.? 
5. “Harakatli o‘yinlar”ni aks ettiruvchi qanday manba’larini bilasiz? 
6. Harakatli o‘yinlarning hozirgi davrdagi foydali jihatlari nimada? 
Milliy harakatli o‘yinlar tarixidan lavhalar. 


 
O‘zbek xalq milliy o‘yinlarini ikki toifaga ajratish mumkin, ya’ni: 
1. Murakkab harakatli o‘yinlar (kurash, ot o‘yinlari, dorboz, arqon tortishish, bilak 
kuchini sinash, tosh (gir) ko‘tarish va h.k). 
2. Oddiy harakatli o‘yinlar (xo‘rozlar jangi, oq terakmi-ko‘k terak, chillik, orqang 
kuydi, to‘qqiz tosh, bo‘ron, shuvoq va h.k). 
Takidlash joizki, kurash, ot o‘yinlari (poyga, sakratish, raqs), tosh (gir) ko‘tarish 
kabilar mustaqil sport turi bo‘lib hisoblansada, ularning qismlari (element) o‘yin 
sifatida foydalanib, xalq istemolida chuqur o‘rin egallamoqda.
Milliy harakatli o‘yinlar tushunchasi haqida gap ketsa, aytish mumkinki faqat 
mamlakatimiz xududlarida eng qadimgi davrlardan buyon qo‘llanilib kelinayotgan 
o‘yinlardir. Lekin ular orasida Markaziy Osiyo, Yevropa mamlakatlaridan u yoki 
bu sabab bilan kirib kelgan va chuqur o‘rinlashib, milliylashib ketgan harakatli 
o‘yinlar ham oz emas. M: “Mushuk bilan sichqon”, “Qarmoq”, “Qopqon”, 
“Bayroq uchun kurashish”, “Yelka urishtirish” (xo‘rozlar jangi) va h.k. 
Yuqorida takidlanganidek O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib 
chiqish va rivojlanish tarixi qadimgi ajdodlar va avlodlar tarixiga borib otadi.
Sobiq Sovetlar hokimiyati yillarida zahmatli mehnatlari bilan jahonda nom 
qozongan arxeologik olim, akademik Yahyo G‘ulomov, yaqin davrlar ichida 
jiddiy qidiruv ishlari bilan shug‘illangan arxeolog, tarixchi yosh olim Toshnazar 
Omonjo‘lov va boshqa bir qator mutaxasislarning ilmiy izlanishlari natijalaridan 
harakatli 
o‘yinlar haqida qiziqarli malumotlar olish mumkin.Ularning 
ko‘rsatishicha Samarqand (Afrosiyob, Omonqo‘ton, Registon atrofi),Surxandaryo 
(Termiz, Dalvarzin tepa, Teshik tosh), Toshkent (Sirdaryo yoqalari va uning 
atroflari, qurama tizma tog‘lari, Chotqol tog‘ etaklari) va boshqa viloyatlarda 
o‘tkazilgan qazilma topilmalarida harakatli o‘yinlarni tasvirlovchi shakllar, rasmlar 
ko‘p uchraydi. Shuningdek toshlarga o‘yib chizilgan shakllar va rasmlarda ov 
qilish, ov qurollari, hayvonlar bilan olishish, parrandalar va hayvonlarni o‘rgatib 
o‘ynatish kabi holatlar qadimgi ajdodlarning harakatli o‘yinlaridan dalolat 
ekanligini tasdiqlashgan. 


Hozirgi davrda xalq ommasi orasida juda mashhur bo‘lgan milliy 
o‘yinlardan kurash, ko‘pkari-uloq, poyga, dorboz, qilichbozlik, nayza uloqtirish, 
yuklarni ko‘tarish kabilar eng qadimgi davrlardan buyon davom etib kelayotgan 
harakatli (murakkab) o‘yinlardir. Ularning kelib chiqish va taraqqiy qilish 
jarayonlari haqida rasmiy manba’lar juda ko‘p desa bo‘ladi. 
Bundan uch ming yil avval yaratilgan “Avesto” kitobida yoshlar va keksalarning 
salomatligini yaxshilash, uzoq umr ko‘rish maqsadida turli vositalar hamda 
usullardan foydalanish yo‘llari ifoda etilgan. Bunda tozalikka e’tibor berish, 
ovqatlanish, dam olish, uyqu kabi hayotiy ehtiyojlarni me’yorida saqlashga alohida 
e’tibor berilgan. Shuningdek sof havoda sayr qilish, terlab mehnat qilish, tana 
(gavda) a’zolarini harakatlantiruvchi va chiniqtiruvchi amallarni (mashqlar, 
o‘yinlar) muntazam ravishda bajarib borishni ko‘rsatilgan. 
“Hadislar”da (ishonchli kitob) dangasalik, turli kasalliklar va nojo‘ya 
harakatlarning oldini olishda har bir mo‘min-musulmon jismoniy mehnat qilishi
turli o‘yinlar bilan mashq qilishi, a’zolarni toza tutish zarurligi uqtiriladi. Bularni 
eslatishdan maqsad shundaki, turli xil harakatli o‘yinlar mazkur faoliyatlarni 
bajarishni taqazo etadi. Ya’ni kiyinish, tozalikka e’tibor berish, o‘yinlarda halol 
qatnashish, keyin esa yuvinib taranishni talab etadi. Demak, milliy harakatli 
o‘yinlarning mazmun va maqsadida jismoniy sifatlarni o‘stirish, insoniy 
fazilatlarga rioya qilish kabi ijobiy xususiyatlar mujassamlashgan. 
“Alpomish” dostonidagi pahlavonlik, jasurlik, merganlik, chavondozlik kabi 
hislatlar “Alpomish” va “Barchinoy” timsolida yuqori ko‘tarinkilik ruhida 
tasvirlangan. 
Alpomishning yoshlik davrlarida bobosidan qolgan yoyni (to‘qson botmon) 
ko‘tarib turishi faqat alplar avlodi ekanligidan dalolatgina bo‘lib qolmasdan, balki 
qir-adirlarda mol boqib, ot choptirib, kurashib yurganligining ham mahsulidir. 
Ayniqsa Barchinoy qo‘ygan shartlarni (kurash, otda poyga, yoydan o‘q 
otish, merganlik-ming qadamdan tangani urish) bajarishda to‘qson alpning sardori 
ko‘kaldoshni yengani afsona bo‘lsada, uning negizida qandaydir haqiqatlar yotadi. 
Ya’ni qadim zamonlarda Surxon o‘lkasida Boboxon tog‘lari orasida yashab, 


pahlavonlikni mashq qilgan yigit qizlar ko‘p o‘tgan. Ularning avlodlari hozirgi 
kunda ham kurashda jahon chempionlari unvoniga sazovor bo‘lmoqda. 
Ana shu xususiyatlarni e’tiborga olib O‘zbekiston prezidenti va hukumati 
xalq milliy o‘yinlarini zamonaviy ruh bilan o‘tkazishga keng yo‘l ochib berdi. 
Jizzax (1995-1996) va Termizda (1998) xalq milliy o‘yinlariga bag‘ishlab 
ilk bor “Alpomish o‘yinlari” respublika festivallarining o‘tkazilishi, ularda kurash, 
ko‘pkari-uloq, poyga kabi murakkab harakatli o‘yinlar hamda “Bo‘ron”, “Shuvoq”, 
“To‘qqiz tosh”, “Orqang kuydi”, bilak kuchini sinash, arqon tortishish kabi milliy 
harakatli o‘yinlarning qo‘llanilishi e’tiborga loyiq bo‘ldi. 
Ma’lumki barcha jabhalarda xotin-qizlar faoliyati diqqat-markazida turadi. 
Xalq milliy o‘yini sifatida “To‘maris o‘yinlari” Respublika festivali 1999 yil 
Jizzaxda katta tantana bilan o‘tkazildi. Keyingi festivallar Shahrisabz, Guliston
Namangan shaharlarida ham yaxshi tashkil etildi. 
Eng muhim tomoni shundaki, mazkur festivallarda O‘zbek xalqining milliy 
madaniyati, iftixori, mehnatsevarligi, o‘zaro hamdo‘stlik kabi fazilatlar mazmun 
topdi. 
Har yili o‘tkaziladigan “Navro‘z”, “Mustaqillik” kuni bayramlari va boshqa 
ommaviy-madaniy sport tadbirlarida sport turlari qatorida milliy harakatli 
o‘yinlardan namunalar tomoshaga chiqarilmoqda. 
Mamlakatda uzluksiz ta’limning tarkibiy qismi sifatida ko‘p bosqichli sport 
musobaqalarini “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” o‘tkazish 
an’anaga aylanib qoldi. Ularning dasturlarida, ayniqsa Universiadaning ochilish va 
yopilish marosimlarida milliy harakatli o‘yinlar ham haqli ravishda o‘rin olmoqda. 
O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining mohiyati, ularning turlari va 
qo‘llanish usullari haqida ilmiy maqolalar, to‘plamlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar 
anchagina to‘planib qoldi. 
1991-2006 yillar davomida o‘tkazilgan Respublika va xalqaro ilmiy 
anjumanlarining to‘plamlarida yangi o‘yinlar yoritildi. Shu bilan bir qatorda milliy 
harakatli o‘yinlarni o‘quv jarayonlariga ko‘proq kiritish masalalariga e’tibor 
kuchaydi. 


Jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim olayotgan talabalar va o‘quvchi-
yoshlarga milliy harakatli o‘yinlarni chuqurroq singdirish yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Mazkur muammolar bo‘yicha yo‘lboshchilik qilayotgan mutaxassis olimlar 
joylarda ancha ko‘paydi. J.T.Toshpo‘latov, O‘.N.Ibrohimov, Q.Alimov (Termiz 
DU), A.Q.Atoev, X.A.Botirov (Buxoro DU), H.T.Rafiev, R.A.Qosimova, 
J.E.Eshnazarov (Sam. DU), H.A.Meliev, B.Bo‘riboev, O.Muqimov (Jiz. DPI) 
kabilarning ilmiy-ijodiy va tashkilotchilik faoliyatlari e’tiborga sazovardir. 
Shuningdek 
R.Abdumalikov, 
R.Salomov, 
O.O.Po‘latov 
(O‘zDJTI), 
K.M.Mahkamjonov (Toshkent DPU), A.Sh.Qosimov, F.Xo‘jaev (Toshkent viloyat 
malaka oshirish instituti) kabilarning ilmiy ommabop risolalari, maqolalari ham 
maqsadga qaratilganligi bilan e’tiborga molikdir. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmaning so‘nggi bobi (amaliy mashg‘ulotlar) istedodli 
mutaxassis olim T.S.Usmonxo‘jaevning nashr ishlari asosida tayyorlandi. 
T.S.Usmonxo‘jaev dastlabki ilmiy-izlanish faoliyatlarini harakatli o‘yinlariga 
bag‘ishlaganligi barchaga ma’lum. Shu sababdan H.Tojiboev hamkorligida 1963 
yilda “Harakatli o‘yinlar” to‘plamini nashrdan chiqarishga muyassar bo‘lgan. 
Keyingi davrlarda ilmiy-pedagogik faoliyati boshqa muammolarga qaratilgan 
bo‘lsada, harakatli o‘yinlarni to‘plashdan chetlamadi. Natijada “1001 o‘yin” 
(1991), “Milliy harakatli o‘yinlar” qo‘llanmalarini tayyorlab, respublikadagi ko‘p 
mingli mutaxassislarning mushkulini osonlashtirdi. 
E’tiborli jihati shundaki “Milliy harakatli o‘yinlar” to‘planib 500 ga yaqin 
o‘yinlarning mazmuni tasvirlangan. Ularning tarkibida 100 dan ortiq, O‘zbek xalq 
milliy harakatli o‘yinlarning borligi quvonchli hodisadir. Lekin aytish zarurki
o‘yinlarning aksariyat barchasi faqat maktab o‘quvchilariga qaratilgan. 
Shuningdek xalq iste’molida bo‘lgan “Poda to‘p”, “Eshak mindi”, “Quloq 
cho‘zma”, “Piyoda poyga”, “Oqsuyak”, “Bo‘ta soldi” kabi sof milliy harakatli
o‘yinlar e’tibordan chetda qolib ketgan. Shu sababdan “Milliy harakatli o‘yinlar” 
fanini o‘qitish jarayonida talabalarga yangi o‘yinlarni izlab topish, ularni yozib 
olish kabi vazifalar topshirilishi zarur. Shuningdek dasturga kiritilmagan milliy 
harakatlarni ham izchil o‘rganish va bo‘lajak mutaxassislarga tanishtirish 
maqsadga muvofiqdir.


Xulosa sifatida aytish mumkinki, O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari 
ijtimoiy-tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Ularni o‘quv yurtlarida 
kengroq o‘rgatish, aholi turar joylarida maxsus o‘yinlar tashkil etish lozim bo‘ladi. 
“Chillik”, “Podato‘p”, “Oq suyak” kabi o‘yinlarning mazmun va mohiyat jihatdan 
o‘ta zarurligi, hamda ba’zi sport turlaridan ustun turishini chuqurroq o‘rganish, 
ularni sport darajasiga chiqarish yo‘llarini izlash kerak. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương