1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



tải về 0.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang1/36
Chuyển đổi dữ liệu15.03.2024
Kích0.9 Mb.
#56846
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O‘RQ-407 16.09.2016
kapalak


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
ICHKI ISHLAR ORGANLARI TO‘G‘RISIDA 
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan 
Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining (bundan 
buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat. 
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari 
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, 
qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan, shuningdek 
huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
3-modda. Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilik 
Ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik 
hujjatlaridan iboratdir. 
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli “Ichki 
ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda 
ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
qarori
.  
4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
Ichki ishlar organlari faoliyatni o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar 
bo‘yicha amalga oshiradi: 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari 
bo‘yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o‘tkazish; 
(4-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
38

39
1

344-moddalari

jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek 
qo‘yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo‘li bilan kurashish, shuningdek 
odam savdosiga qarshi kurashish
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan 
shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni 
aniqlash; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini 
ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish; 


(4-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish, ma’muriy jazolarni qo‘llash 
to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etish; 
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash; 
pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasidan chiqish 
va unga kirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni 
berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O‘zbekiston Respublikasi 
hududida bo‘lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
fuqaroviy va xizmat qurolining hamda uning o‘q-dorilarining, sanoat uchun mo‘ljallangan 
portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ular 
analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasini nazorat qilish; 
(4-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-
772-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 
2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(4-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-
597-sonli 
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 
03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi) 
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish; 
davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan obyektlarni va boshqa obyektlarni, jismoniy 
va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash; 
litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va 
ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish; 
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni 
yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.

tải về 0.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương