1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan



tải về 0.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang5/36
Chuyển đổi dữ liệu15.03.2024
Kích0.9 Mb.
#56846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O‘RQ-407 16.09.2016
kapalak
11-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan 
hamkorligi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, 
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa 
huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni almashishni, shu jumladan 
elektron shaklda almashishni, shuningdek boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi. 
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar 
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, jamoat tartibini 
saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini 
olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularni fosh etishda, jinoyat ishlarini tergov qilishda, 
jinoyatchilarni qidirishda, bedarak yo‘qolganlarning turgan joyini aniqlashda, shuningdek 
huquqbuzarliklar profilaktikasida ichki ishlar organlariga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashishi 
shart. 
12-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan 
foydalanish 
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va 
axborot tizimlaridan foydalanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu organlarning vakolatlariga 
taalluqli elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul qilish va ro‘yxatga 
olishning, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘g‘risidagi xabarnomalarning elektron shakllari 
qo‘llanilishini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi. 
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar, 
ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qo‘yishda, ularni fosh 
etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini, 
hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda, shu jumladan jamoat joylarida, shuningdek o‘z zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarini qayd etish 
uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi 
mumkin. 
Ichki ishlar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni 
tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni qo‘llagan 
holda texnik jihatdan muhofaza qilish ta’minlanadi. 



tải về 0.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương