1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi



tải về 0.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang7/36
Chuyển đổi dữ liệu15.03.2024
Kích0.9 Mb.
#56846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
O‘RQ-407 16.09.2016
kapalak
13
1
-modda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari 
rahbarlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari 
Kengashlari oldida hisobdorligi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati 
ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari 
huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, ularning 
o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har chorakda 
tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari Toshkent shahar 
va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
(13
1
-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-797-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son) 


Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari 
huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida har chorakda, ularning 
o‘rinbosarlari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshliqlari jamoat xavfsizligi haqida har oyda xalq 
deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi. 
(13
1
-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-797-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mahalla huquq-tartibot maskanlarining profilaktika katta inspektorlari jamoat xavfsizligini 
ta’minlash holati to‘g‘risida har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot 
taqdim etadi. 
(13
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-797-sonli 
Qonuniga
 
asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 
03/22/797/0967-son) 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining 
hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o‘zini 
o‘zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan 
nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari 
va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning 
natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining 
hisobotlarini eshitish chog‘ida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati 
samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki 
muvofiq emasligi to‘g‘risida tavsiyalar qabul qilinadi. 
(13
1
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli 
Qonuniga 
asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 

tải về 0.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương