1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish



tải về 0.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang3/36
Chuyển đổi dữ liệu15.03.2024
Kích0.9 Mb.
#56846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O‘RQ-407 16.09.2016
kapalak
8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish 
hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsipi
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish 
asosida amalga oshiradi. 
Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ularning 
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i 
nazar, himoya qilinishini ta’minlaydi. 
Ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini 
cheklovchi faoliyati, agar qonuniy maqsadga erishilgan bo‘lsa yoki ushbu maqsadga fuqarolarning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash orqali erishib bo‘lmasligi yoki 
erishilmasligi kerakligi aniqlansa, darhol to‘xtatiladi.
Qiynoqlarga solish, zo‘ravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini 
kamsitadigan tarzda muomalada bo‘lish ichki ishlar organi xodimiga taqiqlanadi. Ichki ishlar 
organining xodimi fuqaroga qasddan og‘riq, jismoniy yoki ma’naviy azob yetkaziladigan xatti-
harakatlarga chek qo‘yishi shart. 
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlari 
fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan, uning shaxsiy 
hayotiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. 
Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, ichki ishlar organlari har bir 
fuqaroga o‘zlarida mavjud bo‘lgan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga bevosita 
daxldor bo‘lgan hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart. 
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida: 
o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga 
ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng murojaat qilishining sababi va maqsadini 
ma’lum qilishi; 
fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, 
bunday choralar qo‘llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat 
bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart. 
Ichki ishlar organi xodimi o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o‘z lavozimini, unvonini, 
familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o‘z vakolatlari doirasida 
tegishli choralar ko‘rishi yoxud qo‘yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini 
tushuntirishi shart. 

tải về 0.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương