1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi



tải về 0.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang4/36
Chuyển đổi dữ liệu15.03.2024
Kích0.9 Mb.
#56846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O‘RQ-407 16.09.2016
kapalak
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi 
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot 
vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining 
faoliyati haqida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan haqqoniy axborotni olish huquqiga ega, foydalanilishi 
qonun bilan cheklangan axborot bundan mustasno. 
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ichki ishlar organlari “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunida
belgilangan tartibda o‘z faoliyati to‘g‘risidagi 
axborotdan foydalanilishini ta’minlaydi. 


10-modda. Ichki ishlar organi xodimi qonuniy talablari bajarilishining majburiyligi 
Ichki ishlar organi xodimining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yilgan qonuniy talablarini, shu 
jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruvlar materiallarini va boshqa ma’lumotlarni 
taqdim etish, mutaxassis ajratish, ichki ishlar organiga kelish hamda aniqlangan qonunbuzarliklar 
xususida tushuntirishlar berish to‘g‘risidagi, qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va 
sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablarini barcha 
davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi 
majburiydir. 
Ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan 
axborot, hujjatlar va boshqa materiallar ularning qonuniy talabi bo‘yicha bepul taqdim etiladi. 
Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning 
bajarilishini to‘xtatib turmaydi. 

tải về 0.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương