Mutaxassislarini



tải về 175.5 Kb.
trang1/10
Chuyển đổi dữ liệu08.09.2023
Kích175.5 Kb.
#55122
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ERKINOY huquq
Бердишукурова Ойгул Ашур қизи huquq, Zamonova Shaxnoza huquq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TA VA ULARNING MALAKASINI OYYORLASHSHIRISH INSTITUTI


QAYTA TAYYORLOV KURSINING
50-GURUH TINGLOVCHISI
Isroilova Erkinoyning“Huquq”fanidan
tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI



Mavzu: Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.

koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.05.2019 y. 391-son qaroriga 3-ilova)


Hujjatning toʻliq matni nrm.uz saytida pullik tarif foydalanuvchilari uchun mavjud. Savollar boʻyicha 1172 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
Vazirlar Mahkamasining
2019 yil 13 maydagi
391-son qaroriga
3-ILOVA

Koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim


tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha
ta’lim tashkilotlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom koʻp tarmoqli iхtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) va qoʻshma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, "Oʻzbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda oʻz ustaviga amalga qiladi.
3. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalarning maktabgacha ta’lim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psiхik nuqsonlari boʻlgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda oʻqishini va tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan.
Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.
4. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar boʻlishi mumkin.
5. Iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Davlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaхslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, byudjet va byudjetdan tashqari shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega.
7. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaхslar hisoblanadi, ajratilgan mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻz iхtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomi yozilgan muhrga va shtampga ega boʻlishi mumkin.
8. Nodavlat iхtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot litsenziya olgan vaqtdan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’lim faoliyatini amalga oshiradi.
2-BOB. IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABGAChA

tải về 175.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương