Maktabgacha pedagogika



tải về 59.66 Kb.
trang1/10
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích59.66 Kb.
#56643
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqulova Shaxrizoda
Karimova Shaxlo

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT AMALIY


FANLAR UNIVERSITETI

MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI TASHKIL ETISH
Kurs ishi rahbari: Husanova Dilrabo Botiraliyevna
Bajardi: MT22-S-12 (B) guruh talabasi
Boliqulova Shaxrizoda

“Himoyaga tavsiya etilsin”


“Maktabgacha ta’lim metodikasi”
kafedrasi mudiri
___________ PhD, dotsent X.I.Yusupova
Toshkent - 2024
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………..3
I BOB DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI VA ULARDA TA'LIM-TARBIYA JARAYONLARINI TASHKIL ETISH……………………………………………..7

1.1.Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etishga qo'yiladigan talablar………………………………………………………7
1.2. Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish tartibi….11
II BOB DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI MAQSAD VAZIFALARI……………………..14
2.1.Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatlarini tashkil etish……………………………………………………………………….14
2.2.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida direktorning faoliyati va ahamiyati…...29 XULOSA……………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganishni ta’minlasin.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra:
2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda — Toshkent shahri davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha;
2019-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
2019-yil 1-iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;
2019-yil 1-sentabrdan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi uch oy muddatda umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Kecha: Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga(MTT) davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini to‘ldiruvchi e’tibor hamda amaliy yordam kuzatilmagan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash masalasi davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surildi. Sababi bog‘chalar ta’lim muassasasi vazifasini bajarish o‘rniga ota-ona ishda bo‘lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning pastligi, binolarning ta’mirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik jihatdan to‘liq ta’minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmas masala edi. Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog‘chalarga qamrab olingani bu fikrlar isboti bo‘la oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari(MTM) infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermasdi. Ayrim mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmagani, nodavlat bolalar bog‘chasini ochish borasidagi harakatlar paysalga solingani, joylardagi bog‘chalarda qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar o‘z ortidan uzluksiz xatoliklarni ergashtirib kelardi. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi. 2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish maktabgacha ta’lim tizimi tarixida qoladigan yig‘ilish bo‘ldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy genofondini mustahkamlash borasida gapirib, ta’limning ilk bosqichini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. — Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev. Bugun Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri ko‘rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi(MTV) tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi. “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. — Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim: nimasi afzal? Ochig‘i, avvallari xususiy bog‘cha degan nomning o‘zi odamlarni biroz o‘zidan itarardi. Chunki davlat bog‘chasi bilan xususiy bog‘cha narxi o‘rtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday ta’lim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. Sababi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (NMTT) soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim talablariga, sanitariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.
Nega NMTT narxida o‘zgarish ro‘y berdi? Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bo‘sh turgan binolar nol qiymatda tadbirkorlarga berildi, davlatxususiy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazarda tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko‘rsatishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kelinadigan asbob-uskunalar, inventar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratilishi belgilandi. Bular narx siyosatiga ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlar asosida hududda 12 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 115 ta davlatxususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha ishga tushirildi, — deydi Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Robiya Kattayeva. — Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 200 dan oshiq xonadon bog‘chalar ham bolalarni maktabga tayyorlash borasidagi maqsadlarimizni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘lyapti. Ayniqsa, viloyatning chekka hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolasi tarbiyalanishni istagan ota-onalar orzusi amalga oshyapti. Qayerga bormang: yig‘ilishgami, to‘ygami, ma’rakagami barcha bog‘chalar haqida gapiradi, bolalari yozish-chizishni o‘rganayotganini aytadi. Ertaga Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, maktabgacha ta’lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratiladi, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 5- 6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi. Ta’limning poydevor qatlamida bunday ta’lim muhitining yaratilishi pirovardida erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat markazda turibdi. Zero, bugungi kunda MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olinadi.
Dunyo mamlakatlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha ta’lim tizimi yaratiladi. Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o‘qish va yozishni turli o‘yinlar orqali o‘rgatish, ularning zerikmasligi, aksincha, bog‘chaga xursand bo‘lib borishiga xizmat qiladi. 2030-yilga qadar. Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilik undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirildi. Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirishni ko‘zlovchi “Yo‘l xaritasi”da 2019—2024 va 2025— 2030-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Konsepsiya o‘rta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Hujjat malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, davlat MTTlarining to‘lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi hamda davlat o‘quv metodik materiallari bilan past darajada ta’minlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.

tải về 59.66 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương