Maktabgacha pedagogika


Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish tartibi



tải về 59.66 Kb.
trang5/10
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích59.66 Kb.
#56643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqulova Shaxrizoda
Karimova Shaxlo
1.2. Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish tartibi
Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli o‘yin hisoblanadi.
Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, o‘yinlarning har kungi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida belgilab beriladi.
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u erdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bolalar qisqa muddat (kuniga 3-4 soat) bo‘ladigan guruh;
qisqa kunli guruh (bir kunda 9 soatgacha);
to‘liq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruh.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda bo‘lish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘tkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Shartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi o‘quv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash “Davlat tili to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.

tải về 59.66 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương