Maktabgacha pedagogika


Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish



tải về 59.66 Kb.
trang6/10
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích59.66 Kb.
#56643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqulova Shaxrizoda
Karimova Shaxlo
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.
Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.
Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi.
Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirish
Guruh maktabgacha ta’lim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini to‘ldirish va bir guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda — kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola;
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola;
turli yoshdagi guruhlarda — kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola;
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlarni to‘ldirish tartibi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.

tải về 59.66 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương