Maktabgacha pedagogika



tải về 69.8 Kb.
trang1/7
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích69.8 Kb.
#56652
  1   2   3   4   5   6   7
Karimova Shaxlo
Baliqulova Shaxrizoda

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT AMALIY


FANLAR UNIVERSITETI


MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA” fanidan
KURS ISHI


MAVZU: ABU RAYHON BERUNIY, IBN SINONING TA’LIM TARBIYAHAQIDAGI G’OYALARI
Kurs ishi rahbari: Xudayberdiyeva Janona Rustamovna
Bajardi: MT22-S-12 (A) guruh talabasi
Karimova Shaxlo
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Maktabgacha ta’lim metodikasi”
kafedrasi mudiri
___________ PhD, dotsent X.I.Yusupova
Toshkent - 2024
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………….……….….…..… 5
I.BOB. OILANING TARBIYAVIY IMKONIYATLARINI TASHXIS ETISHNING NAZARIY ASOSLARI…………………………….……. 8
1.1. Sharq mutafakkirlari merosida oilaviy tarbiya haqida……………… 8
1.2. Oilaviy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati…………….. 14
II. BOB. OILADAGI PEDAGOGIK MUHITNI TASHXIS ETISH………………………………………………………..…………. 22
2.1. Shaxs ma’naviy yuksalishida oilaning o‘rni.…………………..…... 22
2.2. Bo‘lajak ota-onalarni oilaviy hayotga tayyorlash.……………..…... 28
2.3. Qizlar tarbiyasida milliy an’analar va qadriyatlar.....……………..… 33
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik tufayli o‘z taraqqiyot yo‘lidan borayotgan O‘zbekistonda yangicha fikrlaydigan, bo‘layotgan voqea hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy yangilanishlar, birinchi navbatda yosh avlod ongiga ma’naviy-axloqiy an’analar, insonparvarlik va demokratiya qadriyatlarini singdirishga xizmat qilmoqda.
Hozigi kunda ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib ijtimoiy hayotga keng ko‘lamda tadbiq etilib kelinmoqda. Shunday qilib, mazkur ishning nazariy jihatdan dolzarbligi oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarni tashxis etish bo‘lib, bu esa bir qator pedagogik muammolarni hal etishning muhim omili hisoblanadi. Mazkur ish oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarni tashxis etishga bag‘ishlanadi. Shular jumlasiga E.G‘oziyev, O.Musurmonova, V.Karimova, O.Xasanboyeva va boshqalarning «Oila psxologiyasi», «Odobnoma», «Oila pedagogikasi» darsliklarida hamda M.Qarshiboyev, S.Nishonova asarlarida oila va maktab hamkorligida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash masalalari o‘rganilgan bo‘lsa, M.L.Abdujabborova va N.O‘.O‘rinboyevlarning dissertatsiya ishlarida o‘smirlar orasida olib boriladigan mafkuraviy profillaktika masalalari barqaror taraqqiyotni ta’minlashda sog‘lom turmush tarzining o‘rni masalalari o‘rganilgan.
A.Q.Munavvarov oila pedagogikasiga doir monografiyalarida o‘zbek oilalarida tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-ruhiy holati hamda tarbiya imkoniyatlari, ota-onalarga pedagogik bilim berish masalalariga to‘xtalib, otaonalar farzand tarbiyasida ana shu jihatlarga e’tibor berish masalalariga to‘xtalib, ota-onalar farzand tarbiyasida ana shu jihatlariga etibor berib o‘tishlari kerakligini milliy qadriyatlar hamda milliy o‘ziga xos xususiyatlardan kelib chiqqan holda tahlil etadi.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda, oila mustahkamligini ta’minlashda ularning ota-onalari saviyasi, turmush tarzi, xarakter xususiyatlari va nihoyat, kasb faoliyatlariga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir, deydi olim va barcha oilaviy ishlarni bajarishda teng huquqlilik yo‘nalishi ko‘proq namoyon bo‘layotganini ta’kidlaydi. Olim kam yoki ko‘p bolali oilalarda bola tarbiyasi maktab, oila hamkorligi, ota-onalarga pedagogik bilim berish, tarbiyada milliy urf-odatlarimiz hamda an’analarimizga tayanish muammolariga, oila va maktabda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta’minlashga bog‘liq ekaniga diqqatni qaratadiki, bularning barchasi yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muaamosiga ham taalluqlidir.
Zero, Markaziy Osiyoda qadimdan oila boshliqlari farzandlarini uylantirishlari, uyli-joyli qilishlari kabi an’analar avloddan avlodga o‘tib, har bir yoshning ruhiyatiga singib ketgan. Olim monografiyalari asosida insonni oilaviy hayotga tayyorlashning tarbiyaviy uslublari, ko‘rinishlari haqida ma’lum xulosaga kelar ekan, uy xo‘jaligini boshqarishni o‘rganish, jinsiy tarbiya, ota-onalarga pedagogik bilim berish, umuman, ularni axloqiy jihatdan mukammal inson qilib tarbiyalashni asosiy yo‘nalishlarning mazmunida insonning o‘z oilasiga bo‘lgan mas’uliyati, faolligi, oilaviy burchini chuqur his etishini ta’kidlaydi. M.R.Bo‘riyeva esa oila va uning turlari, demografik taraqqiyot masalalarini tadqiq etar ekan, ayniqsa oila shakllanishining ijtimoiy-demografik omillari borasida muhim ma’lumotlar beradi. Bunday ma’lumotlar hozirgi davrda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda qimmatlidir.
M.Inomova monografiyasida «Oila va jamiyatning o‘zaro munosabati yoshlarga samimiy, mustahkam oilaviy munosabatlar haqida oldindan tushuncha berib borish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu narsa turli oilaviy ziddiyatlarning oldini oladi, o‘zaro bir-birlarini tushunish va hamkorlik qilish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi, deydi va buning uchun oilada bolalarni shaxs sifatida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning yo‘llari, shakl va metodlariga milliy va umuminsoniy tajribalar asosida yondashadi.
Oilashunos olim Y. P. Azarov oilada bolalar tarbiyasida fuqarolik va insoniylikni tarbiyalashni avvalgi o‘ringa qo‘yadi Amerikalik olim Benjamin Spok ham «Ona 7 bilan suhbat» , «Bola va uni parvarish qilish» kitoblarida bolalarni erkin, insoniylik ruhida tarbiyalash bilan birga qat’iylik va intizomlilikni tarkib toptirish, ijodkor, kuchli fuqaro sifatida shakllantirish, ularning hissiyotlarini anglab olish, baxtli va do‘stona muhitda tarbiyalash, bu tarbiyada ota-onalar, ayniqsa onalarning oilaviy munosabatlarini yaxshilik, bolalarda eng yaxshi insoniy xislatlarini shakllantirish orqali jamiyatga foydali va oilaparvar inson bo‘lib yetishishiga erishish masalalarini ilgari suradi.

tải về 69.8 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương