Maktabgacha pedagogika


II. BOB. OILADAGI PEDAGOGIK MUHITNI TASHXIS ETISH



tải về 69.8 Kb.
trang4/7
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích69.8 Kb.
#56652
1   2   3   4   5   6   7
Karimova Shaxlo
Baliqulova Shaxrizoda
II. BOB. OILADAGI PEDAGOGIK MUHITNI TASHXIS ETISH
2.1. Shaxs ma’naviy yuksalishida oilaning o‘rni
Shaxs ma’naviyati dastlab oila sharoitida shakllanadi va jamiyat ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Shu boisdan, madaniy merosdan, bugungi kun qadriyatlaridan to‘g‘ri foydalana olish, tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqara bilish, o‘z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va ma’naviy qadriyatlariga, diniga va axloqiga va huquqiy amaliyotiga, turmush tarziga tanqidiy ko‘z bilan qaray olish mustaqillikni mustahkamlashning muhim ma’naviy asosidir. Mana shu ma’naviy asos har bir ota-ona, oilaga kirib borsagina oila ma’naviyati qaror topishi tabiiydir. Aksincha, bo‘lsa esa oiladagi har bir yoshni jamiyatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlami noto‘g‘ri talqin etishga olib keladi.
Ma’naviyat - bu ruhiy holat, favqulodda vaziyatlarda har birimizning xattiharakatlarimiz, bu bizning fikrimiz, nutqimiz, xatti-harakatlarimiz va insonning ichki omillari. Agar ma’naviy ehtiyojlar bo‘lmasa, insonning ma’naviy rivojlanishi va uning salomatligi haqida hech narsa aytilmaydi. Ma’naviyat juda serqirra va murakkab hodisadir. Lug‘at talqiniga ko‘ra, ma’naviyat insonning ma’naviy, aqliy tabiati, ichki axloqiy mohiyatidir. Hozirgi zamon gumanitar fani ma’naviyatni shaxsning o‘ziga xos xususiyati sifatida, shaxsni shaxs qiladigan ma’naviyat ekanligini aytadi. Agar shaxs o‘zining insoniy mohiyatidan, insoniyligidan voz kechsa, bu holda u g‘ayriinsoniy, ruhsiz bo‘lib qoladi.
Ukraina oilaviy pedagogikasida ma’naviyat insonning ichki subyektiv dunyosini, shaxsning madaniy yo‘nalishining asosiy xususiyatlarini uning hayotiy manfaatlarini, e’tiqodlarini, qarashlarini, ideallarini, dunyoqarashini, hayotga munosabatini tavsiflovchi ruhiy hodisalarning yig‘indisi sifatida tushuniladi. Oilada insoniylik, ma’naviyat ildizlari, shaxsiyat, saxovat, yaqinlar va yaqinlarga g‘amxo‘rlik poydevori qo‘yiladi. Yan Komenskiy o‘zining mashhur «Onalar maktabi» asarida insonning asosiy bo‘lagi sifatida ruhni asrashga chaqirib, birinchi navbatda bolalarni taqvodorlikka, keyin mehr-oqibat, axloq yoki ezgulikka o‘rgatish kerakligi aytilgan. Atoqli o‘qituvchi K.D.Ushinskiy ta’kidlagan edi: «Tarbiya shaxsga o‘zgacha tabiat yaratishi uchun bu tarbiya g‘oyalari o‘quvchilarning 23 e’tiqodiga, e’tiqodlari - odatlarga, odatlar - mayllarga o‘tishi zarur. Qachonki odamda shunday ishonch singib ketgan bo‘lsa, u itoat qilishim kerak deb o‘ylashdan oldin unga itoat qilsa, shundan keyingina uning tabiatining elementiga aylanadi.
Bu, shubhasiz, zamonaviy yoshlarning ma’naviy axloqini shakllantirish tamoyillari va sog‘lom turmush tarzi asoslariga ham taalluqlidir. Yuqori ma’naviy daraja insonga hayotning qadr-qimmatini, uning ma’nosini anglash, o‘zini shaxs sifatida tasdiqlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradi. Bunga, albatta, o‘z shaxsiyatini tanqidiy baholay olish, atrof-muhit bilan ziddiyatsiz o‘zini tutish qobiliyati, o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilish yordam beradi. O‘zbek oilasida vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, fidokor, mustaqil fikrlaydigan, dunyoqarashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’uliyatli, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish kelajagi buyuk O‘zbekistonning gullab-yashnashi uchun garovdir, yuksak ma’naviyatga ega ota-ona oilaning mohiyati, qadri, burch, mas’uliyat, oila vazifalari, oilada barkamol farzand tarbiyasi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash, uning osoyishtaligini saqlash kabi vazifalami anglab yetadi va unga amal qiladi. Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar, vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi. Ma’naviyat ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar, din va boshqa ko‘plab tarixiy amaliy va zamonaviy qadriyatlaming ta’sirida shakllanadi. Aynan shu qadriyatlar oilada ota-ona, katta yoshdagi oila a’zolari ta’sirida shakllanadi.
O‘zbek xalqi qadimdan oila ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratgan. Bugungi kunda ma’naviy merosdan foydalanib, mustaqil respublikamiz talabiga javob beradigan yoshlarni tarbiyalash har bir oilaning muqaddas burchidir. Bu burchni sharaf bilan ado etish oilada yosh avlod ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an’analari, tarbiya usullari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, o‘ziga xos ijobiy tarixini singdirish, undan g‘ururlanish hissini tarbiyalashdan boshlanadi. O‘z ota-onasidan, oilasi, avlodajdodlari tarixidan g‘ururlangan inson o‘z o‘lkasi, millati, xalqi, tili, dini, madaniyatidan g‘ururlanishi, uni avaylab-asrashi, dunyoga ko‘z-ko‘z qilishi 24 tabiiydir. Buning uchun oilada bolaning ongiga yoshlikdan boshlab «Sen tarixi boy, ulug‘ millatning farzandisan», «Sen ulug‘ mutafakkirlar, allomlar zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarning ajdodisan», «O‘zbek xalqi boy ma’naviyatli, vatanga, xalqqa, sadoqatli xalq», «Bizning mamlakat dunyoda tabiati eng go‘zal, boy diyor» kabi tushunchalami singdirib bormoq lozim. Bugungi kunda oiladagi nizolarni quyidagicha guruhlarga bo‘lishimiz mumkin: er-xotin; qaynona-kelin; qaynona-kuyov; ovsinlar; ota-ona va farzand. Ota-ona va farzand o‘rtasidagi kelishmovchiliklar uchun zamin bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi.
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi.
2. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do‘stlar tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo‘ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo‘yishi yoki or-nomusni yig‘ishtirib qo‘yib, buzuqchilik qilishi.
4. Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o‘rgatilmaganligi va buning oqibatida yengil-yelpi hayot kechirishga o‘rganib qolishi.
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo‘yishi va hokazo. Oila-mahalla Oila-maktab Oila-oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalari Oilajamoatchilik
6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.
Qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish alohida ahamiyatga molik masala ekanligi ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga, qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, balki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular o‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bo‘lgan kamchilik va illatlarni hayotdagi qaynonadan axtara boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yo‘g‘ini ham topishga harakat qiladilar. Chunki tasavvurlari ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.
Hayotda kamchiliksiz odam bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham. Ideal qaynona, ideal kelin ham bo‘lishi mumkin emas. Kelinlar o‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga ilk taassurot asosida baho berishga oshiqmasliklari lozim. Aks holda, pashshadan fil yasash ham hech gap emas. Kelinlar og‘ir-bosiq, sabr-toqatli bo‘lishlari, iloji boricha o‘zlari tushgan xonadon a‘zolarining yaxshi tomonlarini ko‘rishga intilishlari, eri shu xonadon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda bu oila tinch-totuv bo‘ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mehmon emas, balki bir umrlik a’zo bo‘lib kelganligini unutmasligi kerak. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-ro‘zg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bo‘ladi va keskinlashadi. lkki avlodning dunyoqarashi, hayotiy tamoyillari o‘rtasida tafovut bo‘lishi tabiiy holdir. Ammo aksariyat hollarda qaynona-kelinlar ko‘p jihatdan bir-birining aksi bo‘ladilar.
Ayrim hollarda esa qaynona-kelin andishani yig‘ishtirib qo‘yib, har birlari o‘z gaplarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarni kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va ashulalarini tinglashi va shu kabi boshqa masalalarda ularni o‘z holiga qo‘yishlari lozim. Yoshlar ham o‘z navbatida iloji boricha ota-onalarini tushunishga intilishlari, ularni g‘ashiga tegadigan noo‘rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy «hoyu-havaslardan» o‘zlarini tiyishlari kerak.
Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bo‘lmaydilar. Shunday kelinlar bo‘ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni bilmaydilar. Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bo‘lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U darajada bilmasa ham mayli-ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikohgacha onalar qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva-sabzavotlardan qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saramjon - sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni, tejamkorlikni, oila budjetini iqtisod qilishni, uy anjomlari, jihozlarini asrab-avaylab foydalanishni va shu kabi uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘rgatishga alohida e’tibor berishlari zarur.
Chunki el orasida «Qiz birovning xasmi, boshqa oilaga tushishi bor» degan hikmat bor. Shunga qarab qizlarni puxta tayyorlash kerak. Qaynonalar ham kelinlardan hadeb kamchilik va qusur axtarmasdan, uni o‘z farzandiday ko‘rib, bilmaganini sabr-toqat bilan o‘rgatib borishi lozim . Kamchiliklarini yuziga solavermasdan, yaxshi tomonlarini gapirib turishlari kerak. Yaxshi so‘z ham, yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi. Qaynonalar kelinlarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalarning o‘z o‘g‘li uchun va kelajakda o‘z nabiralari uchun xizmat qilishini esda tutishlari kerak.
Ayrim hollarda qaynona-kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisha olmay qoladilar. Ayrim oilalarda bolalar yo bobo-buvilar yoki ota-onalar tomonidan me’yoridan ortiqcha erkalatib yuboriladi. Natijada, ota-onalar bilan bobo-buvilar o‘rtasida «Bolaga kim tarbiya berishi kerak» degan masalada kelishmovchilik kelib chiqadi. Aslida ular ham , bular ham bolalarni kelajakda yaxshi kishilar bo‘lib yetishishini istaydilar, tanlagan yo‘llari esa turlicha, biroq ular bir bitimga kelib olishmasa bola tarbiyasining holiga voy deyavering. Buning uchun ular boladan hali joyda bir murosaga, yakdil qarorga kelib olishlari lozim. Bola tarbiyasida hamma birdek mas’ul. Ana shunda bobo-buvilar ham, ota-onalar ham ahillik bilan bola tarbiyasi borasida o‘zaro mos chora tadbirlarni belgilab olishlari lozim. Bunda bola qanday muhit va shart-sharoitda davrda o‘sayotganini, mijozi turini hisobga olish zarur.
Ba’zan katta xonadonda ovsinlar qaynona iltifotini qozonish yo‘lida birbirilaridan rashk qilishlari asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Oilada ikki va undan ortiq kelin bo‘lsa, qaynona ularning hammasiga bir xilda qaray olmasligi tabiiy holdir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didiga yaqinroq, ba’zisi uzoqroq bo‘ladi. Ayollar o‘ta ruhiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar. Natijada «o‘gay» kelin bilan qaynona g‘sida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday holning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushirmaslik uchun qaynona o‘z kelinlariga mumkin qadar bir xilda munosabatda bo‘lishi, ammo bu yerda har bir kelinnnig muomalasi, munosabatini, qaynonaga bo‘lgan mehrini hisobga olish inkor etilmaydi rashk qilishlariga imkon yaratib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bu o‘rinda shaxsan kelinlardan ham aql-idrok, mulohazalilik va sabr-toqat talab qilinadi.
Ba’zi hollarda qaynona-kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini, orzuhavaslarini, ishlashi yoki o‘qishini hisobga olmaydi. Ayrim kelinlarning yangi oilaga moslashishi qiyin bo‘ladi, oqibatda, qaynona-kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi. Kelishmovchiliklar qaynona bilan kuyov orasida ham bo‘ladi. lchkuyov ba’zi hollarda kelin xonadoniga moddiy jihatdan qaram bo‘ladi. Qaynona ham ishda ham ziyrak va andishali bo‘lavermaydi. Kuyovning psixologik hushyorligi oshadi, erki esa birmuncha qisiladi. Bunisi yetmaganday, ba’zan qaynonalar kuyovga noo‘rin gaplarni aytib yuboradi, kesatadi «Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit, qabilida». Betayin qaynonaning yoshlarning oilaviy hayotiga bunday qo‘pol ravishda aralashishi tufayli turli nizolarni yuzaga keltiradi. Bundan kelin ham og‘ir ahvolga tushadi. Bir yoqda eri, ikkinchi tomonda tuqqan volidasi o‘rtasida qozilik qilishga harakat qiladi. Bunday qobiliyat esa hammada ham bo‘lavermaydi. Kelin oqibatda yo onasi, yoki eri tomoniga o‘tadi.
Har ikkala holda ham oila barbod bo‘lishi mumkin. Shunday hollarning oldini olish uchun qaynona yoshlar hayotiga kamroq aralashmog‘i kerak. Ba’zi qaynonalar qizini kuyovidan yoki aksincha o‘g‘lini kelinidan rashk qiladi. Oqibatda esa yana nizolar paydo bo‘ladi. Bunda birinchi holda rashk qiz onaning yolg‘iz farzandi ekanligidan kelib chiqadi. llgari qizi faqat onasi bilangina maslahatlashgan, dardlashgan bo‘lsa, ular orasiga kuyov kiradi. Qizning butun diqqat-e’tibori kuyovga eriga qaratiladi. Bunda qaynona kuyovni raqib deb biladi. Uning har bir xatti-harakatini kuzatadi. Ba’zi hollarda qaynonalar nima sababdan kuyovining qasdiga tushib qolganini o‘zlari ham bila olmaydilar, bunga turli bahonalar topadilar. Aslida esa buning bitta-yu bitta sababi bor - rashk, faqat qizini qizg‘anishdir.
Qizining oldida uning obro‘sini tushirmoqchi bo‘ladi, kamsitadi. Bunday holatni kelin erning uyida yashagan juftlarda ham kuzatish mumkin. Bunda yuqorida bayon qilinganidek, qaynona o‘g‘lini kelinidan qizg‘anadi. Buning oldini olish uchun turmushga chiqqanlaridan so‘ng, ayniqsa, onasi bilan birga turadigan bo‘lsa, undan o‘z diqqat-e’tiborini, farzandlik mehrmuhabbatini darig‘ tutmasligi, yolg‘izlatib qo‘ymasligi lozim. Qaynonalar ham avvalo, o‘z yoshliklarini eslashlari, qolaversa, qizining kuyoviga, o‘g‘lining xotiniga mehr-muhabbati, e’tibori ular oilasi baxt-saodatining, iqbolining garovi ekanligini unutmasliklari kerak. Ayrim qaynonalar ongsiz ravishda kuyovini o‘z eri bilan taqqoslaydilar. U badavlatlikda, jamiyatda egallagan mavqeyi va boshqa bir jihatlari bilan farq qilishi mumkin. Natijada qaynona nazarida kuyovning obro‘yi pasayadi, qarab turibsizki, yana kelishmovchiliklar chiqishiga sabab bo‘ladi. Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qarindosh- urug‘chilik va hokazo ma’naviy ziynatlarimizni o‘ylasak, ko‘z oldimizga birinchi galda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani keladi. Nazarimda, o‘zbek xalqining milliy fazilatlarini ulug‘lovchi, uni dunyodagi eng noziktab xalqlar qatoriga olib chiqib, ko‘z-ko‘z qilgan bu romanga teng keladigan asar hamon yaratilgani yo‘q. §2.2. Bo‘lajak ota-onalarni oilaviy hayotga tayyorlash Oilaning ikki ustuni bu er va ayol bo‘lar ekan, uni mustahkamligi bir birlariga bo‘lgan ishonch, hurmat, samimiyat, mehribonlik va boshqa munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Hadisi sharifda ham er va ayol haqida shunday 29 fikrlar zikr qilingan. «Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o‘z ahli-ayoliga foydasi ko‘p tegadigan kishidir» 18 –hadis, «Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirog‘i uning eridir. Erkak kishiga nisbatan odamlarning haqlirog‘i - bu uning onasidir» 34 - hadis; «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq odobini ham yaxshilangiz» 38-hadis; «Qachonki er o‘z xotiniga va xotin o‘z eriga qarashsa, Tangri ham ularga rahmat nazari bilan qaraydi, bordi-yu kaftini kaftiga qo‘ysa, barmoqlari orasidan gunohlari duv-duv to‘kiladi» 44-hadis; «Sizlarning har biringiz bamisoli cho‘pondirsizlar va o‘z qo‘l ostingizdagilarga mas’uldirsizlar, Podshoh o‘z fuqarolariga, er o‘z ahli ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o‘z xojasi moliga, farzand o‘z otasi mulkiga mas’uldir. Demak har birlaringiz mas’uldirsizlar» 116 - hadis.
Oila qurishga tayyorlanayotgan yoshlarimiz oilaning shirin tashvishlariga sabr-bardosh toji ila go‘zal naqsh bilan zeb berishlik kerakligini anglamoqliklari zarurdir. Oila qurishga tayyorlanayotgan yoshlarimiz oldilarida nikoh oldi omillariga alohida e’tibor berishni taqazo etmoqda hozirda. Nikoh qurish yoshi, shartlari, oila haqida tasavvurlar, yetuklik. Keling, bularni har biri bilan tanishib chiqsakda, bo‘lajak ota-onalarga tavsiyalar bersak. Nikoh yoshiga to‘xtalib o‘tsak, avvalo, demografik nuqtayi nazardan olinganda, oila qurish ma’lum bir kishilarning emas, balki butun bir avlodning oila qurishi nazarda tutiladi. Bu o‘rinda to‘liq ishonch bilan aytish mumkinki, avlod yosh jihatdan qanchalik katta bo‘lsa, u biz ko‘rib chiqayotgan jihatlarning har biri bo‘yicha ko‘proq yetuk bo‘ladi. 20-24 yoshdagi yosh guruhini o‘ziga birlashtirgan yosh guruhi, 20 yoshdan kichik bo‘lgan avlodga qaraganda ko‘proq hayotiy tajribaga ega bo‘ladi. Birinchi avlod vakillarida ijtimoiy-iqtisodiy yetuklik darajasi yuqoriroq bo‘ladi, chunki aynan shu yoshda ko‘pchilik yoshlar yoki oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan, u yoki bu kasb-hunarni egallagan bo‘ladilar. 25-29 yoshlarda esa 20- 24 yoshdagilarga qaraganda, ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar yetukligi bo‘yicha yanada yuqoriroq darajaga ega bo‘ladilar.
Hozirgi zamon demografiyasida keng foydalaniladigan. Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan kabi statistikalar va yosh guruhlari yoshlarning ijtimoiy yetukligining turli jihatlarini ijtimoiy psixologik tahlil qilish 30 uchun juda noqulay hisoblanadi. Chunki hech kimga sir emaski, bugungi kunda yoshlarning kattalashuvi, voyaga yetishi juda jadal amalga oshmoqda. Yuqoridagicha guruhlashga ko‘ra, bir demografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24 yoshlilarning yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29 yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. 29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi nihoyasiga yetadi va bu davrga kelib aksariyat yoshlar oila qurib bo‘lgan va xatto farzandli bo‘lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagi yoshlar 25 yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko‘ra ham va boshqa asosiy komponentlarga ko‘ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi» da erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 18 yosh ko‘rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko‘ra alohida istisnoli holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaviy hayot, er-xotin munosabatlarini faqat bir yoqlama va faqat yaxshi tomondangina ko‘rsataverish ham maqsadga muvofiq emas. Uni imkon qadar butun borligicha: baland-pasti-yu shirin - achchig‘i, rohat-farog‘ati-yu azob-uqubati, qorong‘u kechalari-yu yorug‘ kunduzlari bilan ko‘rsatgan ma’qul. Shundagina yoshlarimizda oilaviy hayot haqida nisbatan adekvatroq tasavvur shakllanishi mumkin. Bu borada oiladagi katta yoshli oqil kishilar yoshlarga hayotda ko‘prik bo‘lmog‘i, ularning bosib o‘tgan ko‘p qirrali hayot yo‘li farzandlariga saboq bo‘lishi kerak.
Ular yoshlarimizni mustaqil, yetuk bir shaxs sifatida qabul qilib, oilaviy hayotning pastbalandlari haqida to‘la-to‘kis ma’lumotlar berishi maqsadga muvofiqdir. Toki yoshlarimizning oiiaviy hayotlari poydevoriga qo‘yayotgan ilk g‘ishtlari to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilsin. Kuzatishlarimiz natijasida hozirgi kunda ajrimlarga sabab bo‘layotgan muammolarning tub ildizi sabrsizlik, qanoat qilmaslikdir. Nikohga yetuklik tushunchasi ham o‘z navbatida o‘ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho‘qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir.
Agar odamni u yoki bu faoliyatga «To‘la yetukligi» haqida gapiradigan bo‘linsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va 31 undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida gapirilganda «Yetuklik» tushunchasi tom ma’noda o‘rinli bo‘la olmaydi. Bo‘lajak ota-onalar yosh avlodni tarbiyasida o‘rnak bo‘lishi o‘zlari amal qilishlari kerak. Tarbiya borasida bola oppoq qo‘g‘ozga o‘xshatiladi. Unga qanday zeb bersangiz shu natijani ko‘rasiz. Endigina dunyoga kelgan murg‘ak go‘dak ota-ona mehri, yaqinlarining e‘tiborlari ila ulg‘aysa, yaxshi tarbiya topsa, nafaqat shu oilaning balki, yurtimizning barkamol avlodlari safini yanada kengaytirgan bo‘ladi. Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir vazifasi tarbiyalashdir. Bolalarining aqliy, jismoniy , axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir.
Ota-ona san’atkor, bola san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oilaning tarbiyaviy vazifasining susayishi va targ‘ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a’zolari xulqida yomon odatlarning: ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta’siriga berilish, ma’naviy buzuqlik yo‘liga kirish paydo bo‘lishi tashvishlanarli hollardan biridir. Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur vazifasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi.
Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy g‘oyaviy dunyoqarash, axloq me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalq pedagogikadasida oila tarbiyasiga alohida qaralgani bejiz emas albatta. Xalqimizda «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» deb bejiz aytilmagan. Наr bir oilaning ehtiyojlarni inobatga olgan holda ularga ijtimoiy pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar muhim ahamiyatga ega. Oiladaga sog‘lom muhitni tashxis etish. Oilada hamma tomonlama ota-oana bir-biriga ko‘makdosh, yekladosh bo‘lsagina hamma havas qilaigan baxtiyor oila bo‘lishadi. Oilada sog‘lom turmush tarzini saqlashga doir ota-onalarning pedagogik-psixologik 32 tayyorgarligiga bo‘lgan ehtiyojni tashxis etish bo‘yicha maxsus amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi: -maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlarni aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; -harakatlar algoritmi, ya’ni ota-onalar orasida oila tashxisini o‘matishga doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko ra ota- onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashxis natijalari bilan tanishtirish kabi faoliyatdir; -tashxis asosida pedagogik konsiliumlarni tashkil etish, psixologik xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi.
Oila diagnostikasini amalga oshirishda oila va oilaviy munosabatlarning psixologik holatini, muhitni o‘rganishga doir «Oilada pedagogik muhimi aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «Tugallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish mumkin. Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon - qardoshlik, avlod-ajdod hislatlarini uzatadi, uning davomiyligini saqlaydi, farzandni shaxs sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. «Oilaviy tarbiya doimo o‘zining murakkab va ko‘p qirraliligi, ajoyib va serjiloligi bilan ajralib turadi», - deb ta’kidlaydi A.Munavvarov. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Ana shuning uchun ham oilaviy tarbiyaning hammaga ma’qul tushadigan yo‘1-yo‘riqlari mavjud emas. Oiladagi pedagogik muhitni tashxis etish.
Oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onaning о’zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fidoiylik, saxovatpeshalik kabi xislatlarini 33 shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statastik ma’lumotlarga qaraganda bugungi intensiv turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona 4-5 soat, ish bilan mashg‘ul deb qaraluvchi ota 12 minut, ona 3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas. Ayrim oilalarda erkaklarning bola tarbiyasidagi ishtiroki kam vaqtni egallaydi. Shu sababli bugungi kunda kо’cha bezori, deviant xulqli bolalar paydo bo‘lmoqda. Ma’lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik tuyg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to‘la bo‘lishi mumkin.
Oilaviy hayotning «qorong‘u tomonlari» televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko‘rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga tortmaydigan ko‘pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba’zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi.



tải về 69.8 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương