Maktabgacha pedagogika


Oilaviy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati



tải về 69.8 Kb.
trang3/7
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích69.8 Kb.
#56652
1   2   3   4   5   6   7
Karimova Shaxlo
Baliqulova Shaxrizoda
1.2. Oilaviy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati
Oila o‘zining tarixiy taraqqiyoti davrida uzoq va murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Bu yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyatning o‘zaro aloqalari va ijtimoiy vazifalarining tubdan o‘zgarganligidir. Jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy tuzilishining o‘zgarishi oilaning shakllanishiga, uning o‘zaro aloqa shakllariga ta‘sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, jamiyatning moddiy texnika va ma’naviy yo‘nalishidagi o‘zgarishlari oila faoliyatining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarishlar oila qurish, mehr-muhabbat, o‘zaro do‘stlik va farzand ko‘rishni rejalashtirishda o‘z ifodasini topmoqda. Davlatimiz oilalarni o‘zining olib boradigan siyosati markazida olib qaraydi. Shu sababli imkoniyat doirasida moddiy va ma’naviy yordam berishga majbur. Oilaviy tarbiyani maktab, jamoatchilik bilan uyg‘unligini ta’minlashdan manfaatdordir.
Oilaning eng muhim xususiyatlaridan biri insonlar avlodini ko‘paytirishdir. Bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasida oila ma‘lum darajada ijtimoiy tashkilotlar bilan jamiyat taraqqiyotiga hamohang holda faoliyatda bo‘lmoqda. Oilaviy tarbiya muammolarini tadqiq etish, asosan ikki yo‘nalishda olib borilmoqda. Bir tomonda oilaviy tarbiya pedagogikaning an’anaviy qismi sifatida o‘rganilmoqda. Ikkinchi tomondan esa oila sotsiologiya va filologiya yo‘nalishida ham tadqiq etilmoqda. Matbuotda e’lon qilingan maqolalarda mazkur sohaga qiziqqan olimlarning oilaviy tarbiya xususiyatlariga ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan yondashayotganliklari ma’lum bo‘lmoqda. Bolalarning bolalar yasli va bog‘chasida uzoq muddat bo‘lishlari ularning kamolotiga, ehtiyoj, qiziqish va muomala xarakteriga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Baxtga qarshi hozirgi vaqtda ota-onalarning ishlab chiqarishda ko‘plab mashg‘ul bo‘lishlari sababli o‘zlarining to‘laqonli tarbiyaviy vazifalarini bajara olmasliklarini tasdiqlamoqda. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina o‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlash mumkin. U yoki bunisining yo‘qligi tarbiyaviy jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta’minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to‘laqonli hissiy-emotsional, otalik yoki onalik, oilaviy baxtni ta’minlash ehtiyojlarini qondiradi. Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajriba almashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg‘in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo‘mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir.
Bolalar tarbiyasiga birinchi navbatda ota va onaning o‘zaro munosabatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Bizning jamiyatimizda er va ayollarning teng huquqligi ta’minlangan bo‘lsa-da, lekin biologik tenglik yo‘qligini inkor eta olmaymiz. Shu sababli onalar bolalari tarbiyasi uchun ko‘proq mehnat qilishlarini taqozo etadi. Bundan tashqari, ayollar oilada erkaklarga nisbatan ko‘proq vaqtini uy ishlariga sarflaydi. Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, hatto dam olish kunlari ham ayollar uy ishlari uchun to‘qqiz soatdan o‘n bir soatgacha vaqt ajratishadi. Ishlovchi ayol bolalar tarbiyasi uchun juda oz vaqt ajratishga majbur bo‘ladi. Ertalab, ishga jo‘nashdan oldin bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, yasli yoki bog‘chaga olib boradi, maktabga jo‘natadi. Katta yoshdagi farzandlari o‘zlarini eplaydi. Kunning ikkinchi yarmida ishdan qaytgach, ayolning ikkinchi uy uchun bo‘lgan ish faoliyati boshlanadi, ya’ni bolalarining uy vazifalarini bajarishlarini nazorat qilish, kechki ovqat tayyorlash va hokazo. Otaning uy ishlaridagi ishtiroki asosan buyruq berishda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Buni bajar, nima uchun buni bajarmading, hozir bajar va hokazo. Uning vazifasi ko‘proq oilaning iqtisodiyotini va farzandlarining sog‘-salomat o‘sishlarini ta’minlashda ifodalanadi. Chunki farzandlarining bemorligi nafaqat onaning, balki otaning ham ish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli farzandlari sog‘ligining yaxshi bo‘lishini ta’minlash har ikkisi uchun birday mas’uliyatni yuklaydi.
Oilalar tarbiya usullarini qo‘llash borasida bir-birlari tajribalaridan foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan oilalarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni «qattiqqo‘l» va «yumshoq» intizomli oilalar. Birinchi guruhga kiruvchi oilalar o‘z faoliyatlarida talabga asoslangan uslublarga, hatto, tan jazosi berish orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Ikkinchi guruhga kiruvchi oilalar esa o‘z faoliyatlari namunasida, ishontirish, yumshoq intizom shirin, to‘g‘ri muomala orqali tarbiyalashga asoslanadilar. Agar «qattiqqo‘llik» intizomli oilaning ichki munosabatlarida hukmronlik qilsa, «yumshoq» intizomlilarida esa demokratiya, tenglik munosabatlari mavjuddir. Biroq «yumshoq» oilalardagi bunday munosabatlar ota-onalarning o‘z xulqlari bo‘yicha mas’uliyatlarini kamaytirmaydi. Bunday intizomli oilalar uchun bolalarni qo‘rqitish, cho‘chitish usullari yot bo‘lib, bolaning qadrini bilish, o‘z-o‘zini hurmat qilish xislatlarini tarbiyalash asosiy hisoblanadi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tarbiyalashda jazo, qo‘rqitish usullaridan foydalangan oilalardagi bolalar voyaga yetgach, ruhiy asab faoliyatida buzilishlar sodir bo‘lgan. Munosabatda qo‘rqoqlik, aqliy faoliyatda orqada qolish holatlari kuzatilgan. Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga axloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki o‘zlari ham tarbiyaning o‘ziga xos sir-sinoatlari, xususiyatlari, uning mazmunmohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bo‘lib turishlari kerak bo‘ladi. O‘z farzandlariga oqilona tarbiya bera olgan ota-onalar, umrlarini rohat va farog‘atda o‘tkazadilar, bolalaridan hamisha oliyjanoblik, mehribonlik, yaxshilik ko‘radilar, dillari aslo jaroxat azobini sezmaydi; o‘kinish hissiga duchor bo‘lmaydilar. Shu to‘g‘rida o‘zbek xalqidagi quyidagi maqol darak beradi: «Toy ulg‘aysa, ot tinadi». Oilaning asosiy tayanchi bo‘lgan ota, hayotning barcha mashaqqatlaridan totib ko‘radi, o‘zining bukilmas irodasi, adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi.
Ota oilaning boshlig‘i, posbonidir. Zero, oilaning har bir ko‘z ilg‘amas nuqtalarini ilg‘ay olish, oila a’zolariga faqat to‘g‘ri, haq yo‘lni ko‘rsatib turishdek insoniy mas’uliyat ota zimmasida turadi. Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala madaniyatida, eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va haqqoniylik, samimiylik va xolislik yuzasidan namuna ko‘rsatadi. Murg‘ak tasavvurli bola ilk tarbiyani oilada oladi. Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud Axloq» kitobida quyidagi ibratli o‘g‘itlarni aytgan edi: «Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, zehnimizni ravshanlashtirmak lozim».
Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir. Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo‘lib, tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog‘liq. Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta’sir ko‘rsatadi.
Oiladagi ma’naviyruxiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oila a’zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va hissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda jamiyat oldida mas’uldir. Oilada tarbiya topgan har bir inson har jihatdan umuminsoniy axloqiy, ilmiy, e’tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy boshlaydi. Komillik insonning adolatli bo‘lishi, haqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o‘z xatolarini anglab, ulardan xalos bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma’naviyatni boyitish, iymone’tiqodli, aql-zakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu tilaklarini ro‘yobga chiqaradi. Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini his qila oladigan shaxs qilib voyaga yetkazish, birinchi navbatda, oilaga va otaonaga bog‘liqdir.
Yosh avlodda kelajakka bo‘lgan ishonch hissini uyg‘otish uchun esa, ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning iste’dodi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko‘payishi, undan ota-onalar va bolalarning noto‘g‘ri foydalanishi, o‘smirlarning bir qismida hayotga iste’molchilik, boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi, mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi, mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo‘lib voyaga yetmoqdalar. Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiyruxiy muhit, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir. Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo‘lib, tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog‘liq.
Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, xissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta`sir ko‘rsatadi. Oiladagi ma’naviyruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oila a’zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va hissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda jamiyat oldida mas’uldir. Oilada tarbiya topgan har bir inson har jihatdan umuminsoniy axloqiy, ilmiy, e’tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy boshlaydi. Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi, kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi, bola dastlab oilada jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir.
Bu oilaviy tarbiya jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat bo‘lib, tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog‘liq. Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga bironbir tarzda qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Oiladagi ma’naviyruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib, oila a’zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va hissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga yetkazishda jamiyat oldida mas’uldir.
Oilada tarbiya topgan har bir inson har jihatdan umuminsoniy axloqiy, ilmiy, e’tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy boshlaydi. Komillik insonning adolatli bo‘lishi, haqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o‘z xatolarini anglab, ulardan xalos bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma’naviyatni boyitish, iymone’tiqodli, aql-zakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu tilaklarini ro‘yobga chiqaradi. Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini his qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va otaonaga bog‘liqdir. Yosh avlodda kelajakka bo‘lgan ishonch hissini uyg‘otish uchun esa, ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning iste’dodi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko‘payishi, undan ota-onalar va bolalarning noto‘g‘ri foydalanishi, o‘smirlarning bir qismida hayotga iste’molchilik, boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi, mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi, mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo‘lib voyaga yetmoqdalar.
Komillik insonning adolatli bo‘lishi, xaqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok, o‘z hatolarini anglab, ulardan xalos bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma’naviyatni boyitish, iymon-e`tiqodli, aqlzakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu tilaklarini ro‘yobga chiqaradi. Yosh avlodni barkamol, sog‘lom, Vatan tuyg‘usini xis qila oladigan shaxs qilib voyaga etkazish, birinchi navbatda, oilaga va ota-onaga bog‘liqdir. Yosh avlodda kelajakka bo‘lgan ishonch xissini uyg‘otish uchun esa, ajdodlarimizning ma’naviy-axloqiy merosini chuqur o‘rgatish, ularning iste’dodi va qobiliyatini buyuk maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, oilalarda moddiy boylikning ko‘payishi, undan ota-onalar va bolalarning noto‘g‘ri foydalanishi, o‘smirlarning bir qismida hayotga iste’molchilik, boqimandalik nuqtai-nazardan qarashni, tubanlikni, xudbinlikni keltirib chiqaradi, mehnatsiz boylik orttirish kayfiyati kuchayadi. Xulosa qilib aytganda oilada bola tarbiyasining milliy o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Oilada ma’naviy-ruhiy hotirjamlik, o‘zaro totuvlik hukmron bo‘lsa, oila a’zolari bir-birlariga g‘amxo‘r bo‘lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg‘a siljish bo‘ladi.



tải về 69.8 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương