Maktabgacha pedagogika


Qizlar tarbiyasida milliy an’analar va qadriyatlar



tải về 69.8 Kb.
trang5/7
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích69.8 Kb.
#56652
1   2   3   4   5   6   7
Karimova Shaxlo
Baliqulova Shaxrizoda
2.3. Qizlar tarbiyasida milliy an’analar va qadriyatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning: «...Xotin-qizlar va oila masalasi - bu kundalik ishlar orasida shunchaki nomiga shugʻullanadigan masala emas. Bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan vazifa, kerak boʻlsa, masalalarning masalasidir», degan soʻzlari yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir ayolning qalbidan mustahkam oʻrin olib, ularning oʻziga, kelajagiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga, oilasiga, jamiyatga mehrmuhabbati ortishiga sabab boʻldi. Maʼlumki, islom rasman tan olingan, eʼtirof etila boshlangan paytlardayoq adolat va insonparvarlik bilan aloqador mezonlarni yaratdi, 34 ayollar va qizlarni johiliyat zamonidagi kabi xoʻrlash va kamsitishlarga chek qoʻydi, ularning erki va haq-huquqlarini himoya qildi. Bu oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor gʻoyalardan biri edi.
Oilada va jamoada ayolning tutgan oʻrni qanday, bola tarbiyasida ayol qanday mavqeni egallaydi, singari savollar islom taʼlimotida muhim ahamiyat kasb etadi. Xoʻsh, musulmonchilikda ayollar masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilishining qanday maʼnosi bor? Bu savolga shunday javob berish maqsadga muvofiqdir: - ayol oila munosabatlarining vujudga kelish sababchisi, avlodlar davomiyligining gʻoyasidir; - ayol oila tarbiyasining bosh murabbiylaridan biri, yaʼni, farzandning ham dunyoga kelishiga sabab boʻluvchi, ham qoni va joni bilan, oq suti bilan undagi nasliy sifatlarni bir avloddan ikkinchi avlodga koʻchiruvchi, ham avlod maʼnaviyatiga asos soluvchi insondir; - ota va uning ajdodlariga, qarindosh-urugʻlariga munosabat, aka-uka, opasingillarga, qoʻni-qoʻshnilarga munosabat ham, avvalo, onadan, uning boshqalarga iliq munosabatidan boshlanadi; jamiyatda insonparvarlik va adolat tuygʻulari ayoldan boshlanadi; - goʻzallikka, mehr-muruvvatga, imon-eʼtiqodga tashnalik, ularga ehtiyoj ham ayol tufaylidir; - ona tiliga munosabat darvoqe, «ona tili» deb bejiz aytilmaydi, chunki milliy-maʼnaviy qadriyat boʻlgan til ham ayol mehri va mehnati natijasida shakllanadi, uni bilish va uni anglash jarayonida ayol mohir tilshunos missiyasini bajaradi; - nihoyat, ayol ana shu xizmatlari bilan farzandiga tarbiya va taʼlim berar ekan, oʻz oilasidagi anʼanalarni davom ettiradi, oila shajarasini rivojlantiradi. Tabiiyki, ayol ado etadigan mazkur xizmat va vazifalar, oʻz navbatida, jamiyatdagi ilgʻor gʻoyalarni, madaniyatni, maʼnaviy-maʼrifiy omillarni boyitadi.
Sharqda ayollarga munosabatda haqiqatan ham adolat, insonparvarlik, teng huquqlilik mezonlari ustuvor boʻlgani demokratik tamoyillarning vujudga kelishida muhim rol oʻynadi, keyinroq esa, Sharqning bu tamoyillari Gʻarb tamadduniga, ayniqsa, Gʻarb 35 uygʻonish davriga kuchli taʼsir etib, uning keng yoyilishiga turtki berdi Yosh avlodni, ayniqsa qiz bolalarni maʼnaviy-axloqiy, madaniy-maʼrifiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash ishi birinchi navbatda oiladan boshlanadi. Islom dini oilaviy munosabatlarning hayot haqiqatlariga, adolat tuygʻusiga va insonparvarlikka asoslangan maʼnaviy mezonlarini yaratdi, ayollarning oila va jamiyatdagi haqhuquqini belgiladi, bu borada, ayniqsa uning onalik burchiga, bolalari uchun murabbiylik faoliyatiga yuksak eʼtibor berdi. Oilada qiz farzand milliy urfodatlarimizga koʻra tarbiya topadi, kamolga yetadi. Jumladan, Sharqona tarbiyada deraza oldida qizil gul turgan boʻlsa, bu uyda turmushga chiqish yoshiga yetgan, bokira qiz bor.
Uy oldidan oʻtayotganda gap-soʻzlarga eʼtiborli boʻlish, haqoratli soʻzlarni gapirmaslik, har bir xonadon eshigi ustida ikkita toʻqmoq boʻlib, biri yoʻgʻon, ikkinchisi ingichka boʻlgan. Mehmonga kelgan kishi ayol boʻlsa, eshikni ingichka toʻqmoq bilan taqillatgan. Shundan kelib chiqib, xonadon sohibasi eshikni ochgan. Azaldan qiz bola tarbiyasiga oʻta nozik masala sifatida qaralgan. Xalqimizda «Onasini koʻrib qizini ol» degan gap bor. Bu gapning zamirida katta maʼno mujassam. Oilada qiz bola onasining yurish turish munosabati, hunarmandligidan dars oladi, shu xislatni hayotda tatbiq etishda harakat qiladi. Qiz bolaga yoshligidan ozodalikka, shirinsuxanlikka, sekin soʻzlashish, baqirib kulmaslik, bemahalda yolgʻiz yurmaslik, begona odamlar yoniga yolgʻiz bormaslik, erkaklardan bir qadam ortda yurish, ularning oldini kesib oʻtmaslik, yonida erkak kishi boʻlsa narvonga chiqmaslik kabi odoblar oʻrgatilib kelingan.
Shuningdek, qizlarning orasta, iboli, hayoli, barkamol inson boʻlib voyaga yetishida otaona tarbiyasi bilan birgalikda, atrof- muhitning taʼsiri ahamiyatli. U ulgʻaygan mahalla, taʼlim olayotgan maskan, dugonalarining oʻrni katta. Agar yon-atrofidagi insonlar ilmga intiluvchan, oʻz ustida ishlovchi, bilimli boʻlsa, albatta buning natijasi oʻz samarasini beradi. Vaholanki, qiz bola oliy maʼlumotli boʻlsa, qanchalik bilim va salohiyat olsa, buni kelgusida farzandlariga ham «yuqtiradi», har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasiga masʼuliyat bilan yondashadi. Zero, donishmandlar aytganidek, oʻgʻil bolani oʻqitsang bir oilani, qiz bolani oʻqitsang butun millatni oʻqitgan boʻlasan. Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega onalar tomonidan yaratiladi 36 va bu asosan u yashagan oilaga bogʻliq boʻladi.
Qizlarimizning baxtli kelajagi uchun barcha imkoniyatlarni yaratamiz, ammo ularni oilaga tayyorlashni baʼzan esimizdan chiqarib qoʻyamiz. Aslida, qiz bolaning tarbiyasi u hali beshikda yotgan goʻdaklik mahalidayoq boshlanishi kerak. Onalar yoxud oila kattalari qiz farzandining voyaga yetib, oqila uy bekasi boʻlguniga qadar bu masʼuliyatni unutmasliklari kerak. Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan. Jumladan, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin ibn Faxriddin kabi allomalar bu masala yuzasidan oʻzlarining durdona fikrlarini asarlarida qoldirib ketganlarki, ular hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Ular «Nasihatnoma», «Pandnoma», «Xikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan boʻlishi, oila muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bogʻliq ekanligi haqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan hodisalar hikoya qilinadi. Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda quyidagi yoʻnalishda ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiq:
1. Oilada qizlarni milliy urf-odatlar ruhida tarbiyalash uchun keksa avlod vakillari bilan ular oʻrtasida koʻproq muloqotlar, uchrashuvlar oʻtkazish.
2. Mehmonga borish, mehmon kutish odatlarini shakllantirish.
3. Oilada qizlar tarbiyasini tashkil etish, ularda ijtimoiy-gʻoyaviy, axloqiy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, estetik, gigiyenik hamda sogʻliqni saqlash borasidagi nazariy bilimlarni oshirish, shuningdek, amaliy koʻnikma va malakalarini shakllantirish imkonini beruvchi manbalar bilan taʼminlash, uslubiy yordam koʻrsatish.
4. Muayyan masalalarda mutaxassis maslahati hamda amaliy yordami masalan, huquqshunos, psixolog, pedagog, iqtisodchi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan koʻrsatiladigan koʻmakni uyushtirish.
5. Taʼlim muassasalarida maʼnaviyat kunlarida «Oila odobi», «Milliy urfodatlar asosida kiyinish», «Buvijonim kiygan liboslar» mavzularida tadbirlar tashkil etish. 6. Ijtimoiy tarmoqlardan, gadjetlardan samarali foydalanishi yuzasidan tavsiyalar berish.
7. Qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga, reproduktiv salomatlikka eʼtiborli boʻlish, erta tugʻruq, erta homiladorlikning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiq.
Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, hozirgi kunda hech qaysimizga sir emaski, baʼzi bir sabablarga koʻra qizlarimizning yomon yoʻlga kirib qolayotganlarini koʻrib turibmiz. Bunday xunuk ishlarni, vaziyatni vujudga kelmasligini oldini olish maqsadida qizlarimizni milliy urf- odatlarimiz ruhiyatida tarbiyalashimiz maqsadga muvofiq boʻlardi.
Ayol ma’naviyati deganda, o‘z axloq-odobi, yuksak insoniy fazilati, sof sadoqati va otashin muhabbati ila hayotni nurafshon etgan insonni tushunish zarur. Shu ma’noda ayollar ma’naviyat timsolidir. Ayolning chin muhabbati, yuksak odobaxloqi, oila, ota-ona, farzand, do‘st-birodar, ustoz-murabbiy, xalq va Vatanga sadoqati, Yaratganga e’tiqodi, go‘zal nutqi, sog‘lom fikri, yuksak tafakkuri va aqlidroki, yaxshilik, go‘zallik, ezgulikka yo‘naltirilgan hayoti tufayli ham uni ma’naviyat gulshani deyish to‘g‘ri bo‘ladi. Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Ayollarni har qancha ulug‘lasak, hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo‘lamiz». Ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining yana bir guruhi sifatida oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlarni sanab o‘tish mumkin.
Bu yo‘nalishni o‘ta muhim deb sanash mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, tobora taraqqiy etib borayotgan dunyoda, ayollar va ularning oilallari ma’naviy-axloqiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi borasida ehtiyoj tug‘ildi. Bu kunning ayoli ilmi, iqtidori, iste’dodi va o‘zgacha shiddati bilan dunyoni yana bir karra qoyil qoldirmoqda. Endilikda, ayolning shijoati yanada balandlagan, kuch-g‘ayrati yanada jo‘sh urayotgandek. Negaki, o‘zbek ayolining onaligini qadrladi, unga cheksiz rag‘bat, katta ishonch, ulkan imkoniyatlar berdi. Bu kun qishloq va mahallarimiz hayoti misli ko‘rilmagan darajada o‘zgardi, har bir oiladagi muhit, har bir o‘g‘il-qizning xatti-harakati, taqdiri va kelajagi mahalla faollarining nazoratida.
Diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar mahallalardagi har bir oila hayotiga chuqurroq kirib borishyapti, xonadonlaridagi ruhiy psixologik iqlimni o‘rganishayapti, onalar bilan alohida so‘zlashib, farzandlarning ertangi kuniga oid masalalarni hal etishayapti. O‘zbekistonda davlat tizimining asosiy bo‘g‘ini mamlakatda ayollar ahvolini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan. Negaki, ayol-ona, u xalqni dunyoga keltiradi, uning qaddini tiklaydi, qadrini ko‘taradi, ulug‘ millat sifatida oyoqqa turg‘izadi. Demakki, millatimizning shonu - shavkati, baxt va saodati, birinchi galda, onalarning ma’naviyati, madaniyati hamda salomatligi bilan bog‘liq. Bugungi ayol ilmu-salohiyati, o‘tkir so‘zi, qaynoq mehri va muhabbati bilan dunyoga hayot baxsh etmoqda.
Biz kechalari bedor, beshik quchoqlab alla aytgan ayollarga ta’zim qilamiz. Ammo turli hayot tarzlari va g‘oyalar keskin raqobatga kirishgan bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan shiddatli axboriy o‘zgarishlar, hayotimizga kirib kelayotgan kommunikatsion yangilanishlar ta’sir qilib, bunday murakkab vaziyatda oilalarimizdagi asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan yuksak insoniy an’analarimizni hozirgi davr an’analari bilan boyitgan holda bola tarbiyasida qo‘llashimiz, ular qalbida vatanparvarlik, odamiylik, iymon-e’tiqod tuyg‘ularini uyg‘otib, oila qarshisidagi mas’uliyatni his qila bilish, oilaviy hayotning murakkab jihatlarini anglash, har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishga tayyorlashga o‘rgatishimiz lozim. Bola tarbiyasida milliy qadriyatlarimizdan ustun qonuniyat yo‘q ekani ming yillar mobaynida sinovdan o‘tgan haqiqat. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, oilada otaning va onaning o‘z o‘rni bor.
Agar bu tamoyilga amal qilinmasa, ya’ni biri ikkinchisini inkor etib, har biri o‘z bilganicha harakat qilsa, bola nafaqat odobsiz, dangasa, qo‘rs va toshmehr bo‘lib o‘sadi, balki xudbin, xiyonatkor, faqat o‘zi uchun yashaydigan kimsa bo‘lib voyaga etadi. Bolada sog‘lom ongni shakllantirish imkoniyati boy berilsa, u voyaga etganidan so‘ng oiladagi va jamiyatdagi hayot qonuniyatlariga zid xatti-harakatlar qiladi. Bunday paytda hech narsa afsuski, foyda bermaydi. O‘zbekchilik, milliy va ma’naviy qadriyatlar, avlodajdodlar, o‘tmish va kelajak haqidagi pand-nasihatlarimiz endi unga ta’sir qilmaydi. Shu bois ham «Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, degan edi». Milliy qadriyatlar - millat yuzi, qalb shuuridir. Shunday ekan, milliy qadriyatlarimiz barobarida, mustaqillikni oliy qadriyat darajasiga ko‘tarish har birimizdan katta mas’uliyat talab etadi.
Zero, biz erishayotgan jamiki yutuqlar ana shu muqaddas ne’mat sharofatidandir. XXI asr o‘zbek xalqi tarixi va milliy qadriyatlarini o‘rganish sohasida yangi zarvaraqlarni muhrlamoqda. Bugungi kunda tariximizning noma’lum bosqich va qirralari qaytadan kashf etilmoqda. So‘nggi yillarda o‘zbek xalqining qadimiy davlatchilik an’analari, etnik tarixi va etnogeneziga bag‘ishlagan qator salmoqli tadqiqotlar yaratilmokda. Lekin, afsuski hozirgi qadar o‘zbek xalqning mentaliteti, uning o‘ziga xos tomonlari, milliy yutuklarimiz va nuqsonlarimiz borasida tadqiqotlar aytarli ko‘zga tashlanmayapti . Tarixdan bilamizki, dunyodagi har bir millatning shu jumladan o‘zbeklarning ham aqliy ruhiy qiyofasi ya’ni milliy mentaliteti o‘ziga xos tarixiy, etnik tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakllangani bois, uning jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy hodisalar, tarixiy jarayonlarga bo‘lgan munosabati ham turli bo‘lishi shubhasiz. Zero, milliy o‘ziga xosliklar uzoq; tarixiy davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar, tabiiy geografik o‘rnashuv, o‘zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida qaror topadi va aynan mana shular hamda xalqning ruhiy psixologik karashlari negizida qadimiy an’analar, urfodatlar va marosimlar shakllanadi.
O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash sohasida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi PF5325-sonli «Xotinqizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmoni hamda ushbu farmonning ijrosi yuzasidan qabul qilingan qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Farmonning har bir yo‘nalishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, barchasida xotin-qizlar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish, oila instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish nazarda tutilgan va uni amalga oshirish xotin-qizlar zimmasiga yanada ulkan mas’uliyat yuklaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev «Oila kichik Vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, Vatan tinch bo‘ladi» degan fikrlarida katta falsafa bor. Oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid qator ishlar barobarida bo‘lajak ota-onalarga, yosh ota-onalarimizga, farzand kamol topayotgan oilalarga ma’naviy kamolat va barkamollik saboqlarini singdirib borish bosh masala bo‘lmog‘i lozim.
Ma’naviy komillik bo‘lgan xonadon tinch, farzandlari esa baxtiyor bo‘ladi, barchamizning asosiy maqsadimiz ham aynan shunga erishishdir. Oilalarning tinchligi albatta oiladagi ma’naviy muhit barqarorligiga bog‘liq. Oila mustahkam, tinch, farovon va sog‘lom bo‘lsagina, jamiyat barqaror rivojlanadi. Uning mustahkamligi oiladagi tinchlik–xotirjamlik, bir–biriga bo‘lgan samimiy munosabatlar, oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga bog‘liq.
XULOSA
Bugungi kunga qadar olib borilgan barcha islohotlarning tub negizi inson qadr-qimmatiga bag‘ishlanganligi barchamizga ma’lum. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilinishi fikrimizning yana bir dalilidir. Peagogikaning maqsadi ham har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bu tarbiyaning ilk o‘chog‘i, albatta, oila deb atalmish qo‘rg‘on. Bu qo‘rg‘onning mustahkam bo‘lishi esa ota-onalarga bog‘liq. Bugungi kunda ajralishlarning soni tobora avj olib bormoqda. Bunga sabab esa erta turmush, bir-birlarini tushunmaslik, sabrsizlik, yaxshi tarbiyalanmaslik va boshqalar.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim mazmuniga «Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kurslarini yanada boyitish maqsadga muvofiqdir.
Nafaqat hozir balki, boy bo‘lgan tariximizda ham oilaga, unda tarbiyalanadigan yosh avlodga, kelajak yulduzlariga ham alohida e’tibor berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Oilada bola tarbiyasining milliy o‘ziga xos qoidalari mavjud bo‘lib, ota-onalar ulardan o‘rinli foydalanishlari lozim. Oilada ma’naviy-ruhiy xotirjamlik, o‘zaro totuvlik hukmron bo‘lsa, oila a’zolari birbirlariga g‘amxo‘r bo‘lsalar, bola tarbiyasining tayanch nuqtasini topa olsalar, bunday muhit bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi va ular farzandlariga haqiqiy baxt hadya etadilar, bu bilan ishimizda rivojlanish, jamiyatimizda olg‘a siljish bo‘ladi. Milliy urf-odatlarimiz, ota-bola, qaynona-kelin, qarindosh- urug‘chilik va hokazo ma’naviy ziynatlarimizni o‘ylasak, ko‘z oldimizga birinchi galda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romani keladi. Nazarimda, o‘zbek xalqining milliy fazilatlarini ulug‘lovchi, uni dunyodagi eng noziktab xalqlar qatoriga olib chiqib, ko‘z-ko‘z qilgan bu romanga teng keladigan asar hamon yaratilgani yo‘q. Shundan kelib chiqib quyidagi takliflarni keltirib o‘tdik.
1. Oila qurayotganda yosh jihatlarga alohida e’tibor berish lozim. Zero, inson qanchalik yoshi katta bo‘lsa shuncha malakaga, tajribaga ega bo‘ladi.
2. Yosh ota-onalar farzand tarbiyasiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Bolalarni tarbiyalash ota-onalarning muqaddas burchidir. Axloqan pok, ma’naviy dunyosi boy oila deganda, biz katta va kichiklarning o‘zaro hurmati, bir-birlariga yordami, bir-birlariga izzat va hurmati tushuniladi. Xalqimizda yomonlikka qarshi kurash bo‘lmagan joyda yaxshilik tug‘ilmaydi, degan ma’noli gap bor. Bu gap yoshlar tarbiyasiga ham taalluqlidir. Ayrim yoshlarda ko‘rinadigan axloqiy nuqsonlarni yo‘qotish ularda ma’naviy go‘zallik hosil qilish uchun qunt va qat’iyat bilan kurashmoq lozim. Bu muhim vazifani bajarish faqat maktab va oilaning burchi bo‘libgina qolmay, balki keng jamoatchilikning ham asosiy vazifasi bo‘lmog‘i kerak.
3. Oilada farzandning ilm olishiga ko‘maklashish maqsadga muvofiqdir. Xalqimizda «Ilmli bola nafaqat ota-ona, balki jamiyatning ham ko‘rkidir» deb bejiz aytilmagan.
4. Har qanday holatda ham bolangizni tushunishingiz, unga quloq solishingiz kelajakda jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.
Oila doimo maktab, mahalladagi pedagog-psixologlar, faollar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma’naviy-marifiy sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ulaming tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi.
Davlatimiz, Prezidentimiz tomonidan bugungi kunda bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilmoqda va har bir oila a’zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy tomonlari o‘rganilib, bu borada g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda



tải về 69.8 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương