Maktabgacha pedagogika



tải về 69.8 Kb.
trang2/7
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích69.8 Kb.
#56652
1   2   3   4   5   6   7
Karimova Shaxlo
Baliqulova Shaxrizoda
Tadqiqot maqsadi: oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarni tashxis etish, o‘rganish, tahlil qilish, asoslash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari: - sharq mutafakkirlari merosida oilaviy tarbiya haqida tushunchalarni nazariy asoslarini o‘rganish;
- oilaviy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati tahlil qilish;
- bo‘lajak ota-onalarni oilaviy hayotga tayyorlash mohiyatini nazariy asoslash;
- shaxs ma’naviy yuksalishida oilaning o‘rnini ochib berish;
- qizlar tarbiyasida milliy an’analar va qadriyatlarni o‘rganib tahlil qilish.
I. BOB. OILANING TARBIYAVIY IMKONIYATLARINI TASHXIS ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Sharq mutafakkirlari merosida oilaviy tarbiya haqida tushuncha
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari islom mafkurasi va uning qobig‘ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g‘oyalar islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir. Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida oila va oilada farzand tarbiyasi masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalarari va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy qarashlarida ham mavjuddir. Uning aytishicha, «Ota-onalar ikki xil: tug‘ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli». Shunga ko‘ra, ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga molikdir. Uning quyidagi so‘zlari anchayin ibratlidir: «Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o‘quvchini ko‘rmadim». Uning bu so‘zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz. Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan bog‘laydi. Inson tabiati esa, avvalo, oilada shakllanadi. Shunga ko‘ra, bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namuna benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: «Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Eringga tez-tez tanbeh qilishni senga taqiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg‘otadi. O‘zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo‘y atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yaxshisi suvdir». Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga taalluqlidir. Beruniy tan va ruh pokligi 9 masalasini ham o‘rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo‘ladi. Bu fikrni, tanani toza tutish bilangina cheklab bo‘lmaydi, balki ko‘p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to‘g‘risidagi g‘oya bilan bog‘liqdir. Bu narsa bola -tarbiyasi jismoniy sog‘lomlik bilan ma’naviy-axloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir.
Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo‘tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola-xulq atvorining mo‘tadilligi natijasida tan va ruh sog‘lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta’sirini birdek muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondashadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash natijasida namoyon bo‘ladi va shakllanadi. Uning bu fikri o‘z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi. Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o‘rin egallaydi. U o‘zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida, eng muhimi bola ruhiyatini o‘rganish borasida ko‘plab qimmatbaho fikrlarni yozadi.
Ularning hammasi bir butun bo‘lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy-axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g‘oyaga borib taqaladi. Ibn Sinoning «Tadbiri al-manozil» nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlangandir. Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo‘lib, uni bolaning yoshligidan boshlab va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtalib, «Alla» ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag‘ishlanadi; ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo‘sh uradi, bolasiga bo‘lgan muhabbatidan 10 onaning orzu umidi yurak to‘ridan silqib chiqadi. Bu o‘ziga xos qo‘shiq bolasi uchun qasidadek yangraydi va u farzandining murg‘ak qalbiga singib boradi. Shu tarzda bolada o‘zi ham anglolmagan holat paydo bo‘ladi. U asta-sekin bu yorug‘ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o‘rganish boshlanadi. Xuddi shu o‘rganish tarbiyalanishdir. Zotan o‘rganish sezishdan kelib chiqadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, «Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi», degan fikrni bildiradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig‘i otaning roliga alohida e’tibor beradi. «Agar oilada-deydi u, oila boshlig‘i tajribasizlik, no‘noqlik qilsa u oila a‘zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi mumkin». Bola yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo‘lishidan qat‘iy nazar, bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim. Ibn Sino «Tadbiri al-manozil» asarida er va xotinning yaxshi sifatlarini sanab o‘tadi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o‘rnak bo‘lib, kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida uqtiriladi. Ibn Sino oilada bolani ma’naviy-axloqiy taibiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg‘u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-hunar o‘rgatishga chaqiradi.
Mehnatni ulug‘laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo‘lgan salbiy ta’sirini ko‘rsatib beradi. XI asrda yashab ijod etgan mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig»da bola tarbiyasi haqida to‘xtalib, shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-xushli bo‘lsa ota-onasining yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi». U bola tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi. «Kimning o‘g‘il-qizi erka bo‘lsa, deb yozadi u unga shu kishining o‘zi mungli bo‘lib yig‘laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‘ysa, bolada gunoh yo‘q, barcha jafo otaning o‘zida; o‘g‘il-qizning xulq-atvori yaramas bo‘lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlarni o‘rgatsa, ular ulg‘aygach, o‘g‘il-qizim bor deb sevinadi; o‘g‘il-qizga hunar va bilim o‘rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go‘zal bo‘lsin».
Yusuf Xos Hojib o‘z asarida shunday fikrlarni tashlaydiki, ular bola tarbiyasi uchun madhiyadek yangraydi. Yusuf Xos Hojib bolalar tarbiyasini juda murakkab jarayon deb 11 tushunadi. U beldan madorni, tandan quvvatni, ko‘zdan nurni, dildan oromni talab qiladi. Uning ta’kidlashicha, agar insonning o‘zida go‘zal fazilatlar bo‘lsa, ularni boshqalarga o‘rgatishi lozim. Lekin odob-axloq, rasm-rusm odat va irodani hosil qilish uchun zo‘r kuch va harakat kerak bo‘ladi. Bu narsa ta’lim-tarbiya natijasida paydo bo‘ladi. Uning bu tarzdagi pedagogik qarashlari bitta asosiy masalaga borib taqaladi. Bu barkamol inson masalasidir. Inson, uning mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni, ijtimoiy vazifasi mutafakkir tomonidan turli jihatlarda tahlil qilinadi.
Odam bolasi bu yorug‘ olamda ezgulik qilish uchun yaratilgan. Shunga ko‘ra uni tarbiyalashdan maqsad uning ongiga odamlar uchun yaxshilik qilish tuyg‘usini singdirishdan iborat. Bu oliyjanob vazifani bajarish esa ota-onaning zimmasidadir. Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Unsurul maoliy Kaykovusning «Qobusnoma»sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o‘rinni egallaydi va qanchadan-qancha avlodlarni ma’naviyaxloqiy tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. «Qobusnoma» falsafiy didaktik asar bo‘lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o‘z ichiga oladi. Uning «Farzand parvarish qilmoq zikrida» degan bobi bevosita oiladagi bola tarbiyasiga bag‘ishlanadi.
Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib boorish lozimligini ta’kidlaydi. «Yosh bola ilm bilan odobni tayoq bilan o‘rganur, o‘z ixtiyori bilan o‘rganmas. Ammo farzand beadab bo‘lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o‘z qo‘ling bilan urmagil, muallimlaming tayog‘i bilan qo‘rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar toki sendan o‘g‘lingni ko‘nglidagina qolmasin». Asar pand-nasihat tarzida yozilgan bo‘lib, unda yoshlar tarbiyasida juvonmardlik talablaridan eng muhimi axloq tarbiyasiga alohida e’tibor beradi. Kaykovus yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to‘g‘rilikka, yaxshilikka, adolatlilikka undaydi. Asarda asosan o‘zgalarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishlik uqtiriladi. Kaykovus odamlarning xislatlarini uch xilga bo‘ladi: biri aql, biri rostlik, yana biri juvonmardlikdir. Kaykovusning «Qobusnoma» asari bugungi kunda ham axloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axloqiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu asarda oila, farzand tarbiyasi juda yaxshi 12 tushunirib berilgan bo‘lib, bugungi kun yosh ota-onalariga dasturamal bo‘lib xizmat qilmoqda. «Qobusnoma» da ota-onaning qator vazifalari sanab o‘tiladi.
Oilada bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o‘rinni egallaydi. Uning fikricha, jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajak yoshlar kamoloti bilan bog‘liqdir, shunga ko‘ra bola tarbiyasi ota-onalar oldida turgan oliyjanob vazifadir, deydi. Navoiy ota-onalarning yaxshi sifatlarini ulug‘laydi. Bunday sifatlarning ularda jamuljam bo‘lishi bola tarbiyasida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatib o‘tadi.
Masalan, uning xotinlar haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Yaxshi xotin, deydi Navoiy - oilaning davlati va baxti uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan husnli bo‘lsa, ko‘ngil ozig‘i, xushmuomala bo‘lsa jon ozig‘idir. Oqila bo‘lsa, ro‘zg‘orda tartib-intizom bo‘ladi. U beandisha bo‘lsa, ko‘ngil undan ozor chekadi, yomonlik axtaruvchi bo‘lsa, undan ruh azoblanadi. Agar mayxo‘r bo‘lsa, uy obodligi yo‘q oladi, aqlsiz bo‘lsa, oila rasvo bo‘ladi». Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o‘zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzilishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi.
Yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqishi sabablarini ko‘rsatib beradi. Bolada paydo bo‘ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, borabora illatga aylanadi-deb uqtiradi. Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘ldiki, sharq bolaga yaxshi ism qo‘yish oqil va mehribon enagaga topshirish to‘ytomosha qilib, sunnat to‘y o‘tkazish o‘qish — yozishni o'rgatib, kasb-hunar va ilmli qilish harbiylar ahlidan bo‘lsa,sipo xiylikni o‘rgatish mutafakkirlari o‘zlarining pedagogik qarashlari bilan o‘z davrlaridan ancha ilgarilab ketganlar. Ularning bu qarashlari bir necha asrlardan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoqda va hozirgi kunda ham ular o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q, ular bizning ma’naviy qadriyatimizdir. Shunga ko‘ra mutafakkirlarning o‘lmas merosi oilada bolalarning ma’naviy axloqiy tarbiyalashning muhim omili bo‘lib qoladi.
Tarixchilaming yozishicha, bolaligidayoq o‘zini buyuk ishlarga hozirlagan Amir Temur farzandlari va nabiralarining tarbiyasini ham bir lahza bo‘lsada, nazaridan qochirmadi. Ulug‘ hukmdor o‘z o‘g‘illari va nabiralariga eng avval jangu jadal mashaqqatlariga chidam berishga qodir kuch-quvvat va jasorat, shuningdek, saltanatni boshqarish uchun talab etilgan ilmu donish sohibi bo‘lishlarni talab etardi. Amir Temur o‘z davrining ma’rifatli kishisi, o‘tmishning ma’naviy saboqlaridan yaxshi xabardor inson sifatida sog‘lomlik faqat jismoniy kuch-quvvat emas, balki oliyjanob insoniy fazilatlar uyg‘unligiga erishmoq ekanligini ham yaxshi anglagan. U barloslarning ulug‘ amirlaridan bo‘lmish padaribuzrukvori, muarrix Sharofiddin Yazdiy ta’biri bilan aytganda, «Ulamo va sulaho va mutafakkirlarga mushfiq va mehribon».
Agar Amir Temur buyuk saltanatga asos solgan bo‘lsa, bu sharafga mana shu yuksak tarbiya oqibatida erishgan. Sohibqiron farzandlarida uch xislat mujjassam bo‘lishini istardi. Eng avvalo, insonparvarlik, so‘ng mushohadalik va nihoyat, oqibatlik, bosiqlik. Insonparvar odamgina saxiy bo‘lishi mumkin. Mushohadali, bosiq odamgina jangu-jadalda xatoga yo‘l qo‘ymaslikka, ulkan saltanatni boshqarishga qodir. Kimki jasur bo‘lsa-yu, insonparvar bo‘lmasa, jismonan baquvvat bo‘lsa-yu, mushoxadalik bo‘lmasa, dono bo‘lsa-yu, bosiqlik bo‘lmasa, unday odam komil inson bo‘lolmaydi, unday odam boshqalarni ham, o‘ziniyam halok etadi. Kimki raqibi bilan olishgandayam insonparvarlikni unutmasa, albatta yengadi. Bobokalonimizning farzandlari va avlodining qanday fazilatlarga ega bo‘lish bilan bog‘liq istaklarini bilish uchun, avvalo, «Temur tuzuklari» ni varaqlaylik. Uning dastlabki sahifalaridayoq shunday fikrni uqish mumkin: «Tajribamda ko‘rilgankim, ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir». Bu hikmatda bobomizning sog‘lom va komil inson xususidagi tushunchasi, ya’ni yetuk insoniy fazilat va xususiyatlarga ega insongina mamlakat tayanchi bo‘la oladi, degan mushohadasi mujjassamlashgan, deb o‘ylayman. Sohibqiron bobomiz harbiy safarlarga farzandu nabiralarini birga olib ketardi. Bundan ko‘zlangan birinchi murodi avlodlari suyagini jangu jadallar, uzoq va mashaqqatli yo‘llarda chiniqtirish bo‘lsa, ikkinchi maqsadi farzandu nabiralari o‘z avlodlari qo‘lida tarbiyalansa, erka va tantiq bo‘lib ulg‘ayadilar, degan fikrdan kelib chiqib, ularni onalarining ortiqcha mehru-muhabbatlaridan asrash edi. Zero, asalning ko‘pi zarar, me’yorda bo‘lsa, foydali ekanligi to‘g‘risida o‘tmish donishmandlari ko‘p naql etganlar. «Mening farzandlarim tantiq bo‘lmasliklari kerak! Tantiqlik irodasizlikni paydo qilgay.
Farzandlarimni erkalaydigan yer kurash maydoni bo‘lsin. Arg‘umoq ila qilich ularning jonajon do‘sti, mardlik ularga ustoz bo‘lsin!». Mana shu niyatda jahongir avlodlarining jismoniy tarbiyasini itoatidagi eng tajribali va taniqli pahlavonlarga ishongan bo‘lsa, farzandlarining ruhiy dunyosiga sayqal berishni oqila malika asli ismi Saroymulkxonim, xon avlodi bo‘lgan, murg‘aklikdan hukmfarmonlik va bahodirlikdan saboq olgan Bibixonimga ishongan edi. Qolaversa, malika har doim safardayam, jangu - jadaldayam va dorulsaltanatdayam hukmdorga hamroh, bo‘lardi. Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda, nafaqat hozir balki, boy bo‘lgan tariximizda ham oilaga, unda tarbiyalanadigan yosh avlodga, kelajak yulduzlariga ham alohida e’tibor berilganligini ko‘rishimiz mumkin.



tải về 69.8 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương