Maktabgacha pedagogika


Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish



tải về 59.66 Kb.
trang7/10
Chuyển đổi dữ liệu29.02.2024
Kích59.66 Kb.
#56643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Baliqulova Shaxrizoda
Karimova Shaxlo
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.

II BOB DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI MAQSAD VAZIFALARI
2.1.Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatlarini tashkil etish

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi va 1- ilova Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida nizom ishlab chiqildi.
Nizomning 13-moddasida maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish bo’yicha Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining tashkilotni boshqarish bo’yicha bandlari belgilab berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonunchilikda, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari hisoblanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi. Quyidagilar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi: Pedagogik kengash; (65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Kuzatuv kengashi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengash: (66-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;maktabgacha ta’lim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi;maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;maktabgacha ta’lim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi;maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin. (66-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va o‘qitishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi: maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi; maktabgacha ta’limning tuman (shahar) bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin. (67-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonunchilikda, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi. (68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Nizomning 13-moddasda berilgan bandlar Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ishni boshqarish tizimini belgilab beradi va shu bilan birga rahbarlik imidjini shakllantiradi.


tải về 59.66 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương