1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari



tải về 0.9 Mb.
Chế độ xem pdf
trang14/36
Chuyển đổi dữ liệu15.03.2024
Kích0.9 Mb.
#56846
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
O‘RQ-407 16.09.2016
kapalak
17-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari 
Ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
fuqarolardan qonunchilikka rioya etishni, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni tugatishni talab 
qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov choralarini qo‘llash; 
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
o‘z xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chog‘ida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan 
hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar
portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop 
moddalar, prekursorlar yoxud muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar bor 
deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lganda esa, fuqarolarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni, ularning 
ashyolarini, qo‘l yukini, bagajini ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, 
vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagan 
taqdirda ularni olib qo‘yish; 
(17-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-
maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 
03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi) 
agar tergovga qadar va tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv va qidiruv tadbirlarini 
o‘tkazish, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik, hodisa holatlarini hujjatlashtirish yoki jinoyat
ma’muriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish uchun zarur bo‘lsa, fuqarolardan 
jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etishni talab qilish; 
sodir etilayotgan jinoyatlarga chek qo‘yish, shuningdek ularni sodir etayotgan shaxslarni 
ta’qib qilish hamda ushlash uchun, agar buning kechiktirilishi fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, 
jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yishi mumkin bo‘lsa, tashkilotlar va fuqarolarning 
hududiga, turar joylariga va boshqa binolariga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning 
istalgan vaqtida to‘sqinliksiz kirish (oshib tushish); 
fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini 
olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ushlash maqsadida 
fuqarolarga tegishli bo‘lgan turar joylarda va boshqa binolarda, ularga qarashli yer uchastkalarida 
fuqarolarning roziligi bilan, tashkilotlar joylashgan hududda va binolarda ularning ma’muriyati 
ruxsati bilan yoki mulkdorning roziligi bilan bo‘lish; 
jinoyat ishlarini tergov qilish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib 
chiqish, jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar haqidagi arizalar hamda xabarlarni ko‘rib 
chiqish doirasida davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur hujjatlar va materiallar 
bilan tanishish, shuningdek davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan hamda fuqarolardan 
ma’lumotlarni va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni so‘rash va olish


terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotgan zonada jismoniy shaxslarni shaxsiy 
ko‘rikdan o‘tkazishni, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda olib o‘tilayotgan yuklarni 
ko‘rikdan o‘tkazishni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalarini qo‘llagan holda 
ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish; 
ichki ishlar organlari yurituvidagi ishlar va materiallar bo‘yicha fuqarolarni, mansabdor 
shaxslarni ichki ishlar organlariga chaqirtirish, ulardan zarur tushuntirishlar, ma’lumotlar, hujjatlar, 
ma’lumotnomalarni va ularning ko‘chirma nusxalarini olish; 
fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, jamoat tartibini saqlash va jamoat 
xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlariga yordam bergan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan 
fuqarolarni taqdirlash; 

tải về 0.9 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương