Reja: Amir Temurning taxt tepasiga kelishi arafasida Qashqadaryo Amir Temurning 1360-1370 yillarida Qashqadaryo vohasidagi siyosiy faoliyati. Temuriylar davrida Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli Temuriylar davrida Qashqadaryoda madaniy hayot



tải về 97.5 Kb.
trang1/3
Chuyển đổi dữ liệu02.03.2024
Kích97.5 Kb.
#56695
  1   2   3
Amir Temur va Temuriylar davrida Qashqadaryo vohasi


Amir Temur va Temuriylar davrida Qashqadaryo vohasi
Reja:

1.Amir Temurning taxt tepasiga kelishi arafasida Qashqadaryo
2.Amir Temurning 1360-1370 yillarida Qashqadaryo vohasidagi siyosiy faoliyati.
3.Temuriylar davrida Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
4.Temuriylar davrida Qashqadaryoda madaniy hayot


KIRISH
Bugungi kunda mustaqillikka erishganimiz tufayli tariximizga, ayniqsa, davlatchiligimiz tarixiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Davlatchiligimiz tarixi bir necha ming yillik davrlarga borib yetadi. O‘zbekistonning davlatchilik o‘tmishi shonli va sharafli tarixiy voqea - hodisalarga boy, jahon tarixi sahifalaridan munosib o‘rin olishga arzigulik tarixga ega. Tariximiz, xususan, davlatchiligimiz kechmishidan ajdodlarimiz bizga milliy g‘ururlanish, milliy iftixor sifatida yod olish, o‘rganish uchun yetarli tarixiy asoslarni meros qilib qoldirib ketgan. Bu bizlar uchun tarixiy ne’mat, ma’naviy bilim, ruhiy madad, milliy mafkuramiz asosidir.
“Donishmand xalqimizning mustaxkam irodasiga ishonaman” sarlavhasi asosida e’lon qilingan Prezident Islom Karimovning “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida “Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba - bu haqqoniy yaratilgan tarixdir. Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo‘lmaydi”, - degan edilar.
Bugungi kunda Amir Temur barpo etgan davlat tarixi izchil, chuqur o‘rganilib borilmoqda, bu davlatchilik tarixini o‘rganishni asosan uch qismga bo‘lib rejalashtirdik. Ayni vaqtda Amir Temurning avlodi haqida qisqacha fikr yuritishni lozim topdik. Sababi, shu xususida g‘ayri ilmiy, asossiz fikrlar mavjudligidir. Biz keltiradigan fikrlar bugungi kunda yuzaga chiqayotgan har taraflama ilmiy asoslangan dalillarga asoslanadi.
Buyuk tarixiy shaxs, shavkatli harbiy sarkarda, adolatli davlat arbobi Amir Temur nasl-nasabi xususida turli xil fikrlar mavjud. Bu esa mavzuga adolat nuqtai nazaridan yondoshishni taqozo etadi. Amir Temurni ulug‘lash- tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga. qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir”, - degan so‘zlari o‘tmishmizdagi tarixiy shaxslarni, allomalarni naqadar ulug‘lanishini har birimiz uchun farz qilib qo‘yganlaridir.

tải về 97.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương