O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang1/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram


 
KIRISh. 
O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq 
o‘tmishimiz bilan bog‘lanib ketadi. 
Afrosiyob, Dalvarzin tepa, Sirdaryoning quyi qismlarida (Toshkent viloyati), 
shuningdek Xorazm va Qoraqalpog‘iston xududlarida o‘tkazilgan arxeologik 
qazilmalar , qidiruv ishlarining natijalari asosida topilgan turli xil buyumlar, 
ashyolar, bezaklarning (rasm) guvohlik berishicha bundan 3-4 ming yillar avvalgi
ajdodlarimiz xilma-xil o‘yinlar, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. 
Yovvoyi hayvonlarni tutish, ov qilish, quvlash, nayza sanchish, olishish va boshqa 
juda ko‘p murakkab harakatli faoliyatlar tasvirlarda, sopol va metall buyumlarda 
ifoda etilgan. Shuningdek Omonqo‘ton (Samarqand), Chorvoq atrofidagi 
(Toshkent viloyati) yassi toshlar, g‘orlarda odamlarning ov qilish va hayvonlar 
bilan jang qilish (olishish), turli xil o‘yinlar bilan shug‘ul-lanishlari aks ettirilgan. 
Bunday holatlar Surxon va Qashqa vohasidagi g‘orlar, sohillardagi toshlar, 
Farg‘ona vodiysidagi tog‘li manzillarda (chotqol tog‘lari) ham ko‘p uchraydi. 
Qadimgi ajdodlarimiz hozirgi Markaziy Osiyo xududlaridagi barcha xalqlar 
(Qozoq, Qirg‘iz, Turkman, Tojik, Uyg‘ur va h.k) bilan yaqin aloqadorlikda hayot 
kechirgan. Ularning ijtimoiy turmush madaniyati bir-biriga o‘xshash bo‘lib, urf-
odatlari, turli marosimlari ham tutashib ketgan. Shu sababdan ham milliy harakatli 
o‘yinlar o‘zaro aralashib ketgan. M: ko‘pkari-uloq, poyga, qiz quvmoq, otdan 
ag‘darish, otda qilichlashish (savalash), nayza sanchish, dorboz, kurash kabi 
murakkab harakatli o‘yinlar Markaziy Osiyoning barcha xududlarida keng 
tarqalgan. Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitidan kelib chiqqan “quloq cho‘zma”, 
“Eshak mindi”, “Oq suyak”, “Chillik” (chillak), “Qalpoq tepish”, “Piyoda poyga”, 
“Poda to‘p”, palaxmon va shaxmondan tosh otish, kamondan (yoy) nayza (o‘q) 
otish, “Xo‘rozlar jangi”, “Mushuk va sichqon”, “Bo‘ta soldi”, “To‘qqiz tosh”, 
“Shuvoq”, “Bekinmachoq” kabi yuzlab milliy harakatli o‘yinlar ham barcha 
xalqlar, elatlar, urug‘-aymoqlar hayotida chuqur o‘rin egallagan. Bu o‘yinlarning 
tarixi 2-3 ming yildan kam emas. 


“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kun tug‘mush”, “Qiriq qiz”, “Toxir va Zuxra” kabi 
xalq og‘zaki ijodi durdonalari kabi minglab harakatli o‘yinlar ham yozma 
bo‘lmaganligi sababli og‘izdan og‘izga o‘tib bizgacha yetib kelgan. Chunki o‘g‘il 
uylantirish, qiz chiqarish, beshik, sunnat, payg‘ambar yoshi kabi ulug‘ to‘ylar, 
Navro‘z, Hosil yig‘ish bayramlari (qovun sayli, gul sayli va h.k), hayitlar, 
gashtaklar (gaplar) va juda ko‘p marosimlar xalqdan xalqqa o‘tib kelgan. Ularning 
mazmunida asosan ko‘pkari-uloq, poyga, otdan ag‘darish, qiz quvmoq, kurash kabi 
o‘yinlar qatorida “Piyoda poyga”, “Quloq cho‘zma”, “Xo‘rozlar jangi”, “To‘qqiz 
tosh” (qizlar o‘yini), “Gardkam” (oshiq o‘yinlari) kabi xilma-xil qiziqarli o‘yinlar 
ham o‘rin olgan.
O‘zbek xalq milliy o‘yinlarining mazmunlarini yozib olish, ularni yoshlarga 
o‘rgatish masalalari asosan XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bunda rus 
sayyohlari, arxeologik va tarixiy qidiruv ishlarini olib boruvchi olimlarning rolini 
tan olish kerak bo‘ladi. L.Bajenko (1840), A.Borj (1848), G.Vamper (1877), 
A.Arandarenko (1889) kabilarning xizmati kattadir. XX asr boshlarida arxeologik 
va tarix sohasidagi olimlar V.Bartold, A.Vinogradov, S.P.Tolstov, A.Shishkin 
hamda O‘zbekiston arxeologi Ya.G‘ulomov kabilar milliy harakatli o‘yinlarga 
katta e’tibor berishgan. 
E’tirof etish lozimki, sobiq sovetlar hokimiyati yillarida (1917-1991) 
harakatli o‘yinlar bo‘yicha bir qator to‘plamlar nashr etilib, ular asosan o‘quv 
yurtlarining muhim o‘quv qo‘llanmalari sifatida xizmat qildi. Lekin ularning 
tarkibida o‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlari umuman uchramaydi.
Rus tilidagi harakatli o‘yinlarini tarjima qilib, uning mazmunini milliy harakatli 
o‘yinlar bilan to‘ldirgan va ilk bor (1963) nashrdan chiqarganlar 
T.S.Usmonxo‘jaev va H.Tojiboevlar edi. So‘nggi yillarda, ayniqsa mustaqillik 
yillari davrida “Harakatli o‘yinlar” to‘plamlarini qayta nashr qilish, yangi o‘yinlar 
bilan 
ularni 
boyitishda 
yana 
T.S.Usmonxo‘jaev 
va 
A.Sh.Qosimov, 
F.N.Nasriddinov, O.O.Po‘latov, F.Xo‘jaev, H.Meliev kabilar o‘z hissalarini 
qo‘shdilar.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O‘zDJTI), viloyatlardagi jismoniy 
tarbiya fakultetlarida “Harakatli o‘yinlar” maxsus fan sifatida o‘qitiladi. 


Mustaqillikning sharofati tufayli jismoniy tarbiya, fakultetlarida “Milliy harakatli 
o‘yinlar” fani yangidan tashkil qilingan. Ularning asosiy maqsad va vazifalari 
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo‘lajak mutaxassislarning nazariy bilim va 
amaliy ko‘nikmalari hamda malakalarini chuqurlashtirishga qaratilgan. Shu 
sababdan harakatli o‘yinlardan deyarlik barcha sport turlari bo‘yicha, 
o‘tkaziladigan darslar, sport mashg‘ulotlarida (trenirovka) maqsadli foydalanish 
yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida milliy harakatli o‘yinlarning nufuzini 
oshirishga ko‘mak beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” (1997), “Jismoniy tarbiya va 
sport to‘g‘risida”gi (2000 yangi taxrir) qonunlarga rioya qilish hamda O‘zRning 
davlat ta’lim standartlari, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, sog‘lom avlod davlat 
dasturini amalda bajarishda “Milliy harakatli o‘yinlar” fani asosida yangi vazifalar 
mujassamlashadi. Ularni quyidagi yo‘nalishlarda ijro etish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi, ya’ni: 
1. Milliy harakatli o‘yinlarni shug‘ullanuvchilarning yoshiga qarab belgilash va 
turkumlarga ajratish (jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi). 
2. Bolalar bog‘chalarida tashkil etiladigan harakatli o‘yinlarning tartib va 
tizimlarini qo‘llash. 
3. Boshlang‘ich (I-IV) va yuqori sinflarda (V-VII, VIII-IX, X-XI) o‘tiladigan 
harakatli o‘yinlarning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlariga e’tiborni kuchaytirish. 
4. Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngil ochish bog‘lari, o‘quvchi-yoshlar va 
talabalarning yozgi dam olish oromgohlari, sog‘lomlashtirish sport markazlarida 
tashkil etiladigan harakatli o‘yinlarni sharoitlarga qarab belgilash va h.k. 
Eng muhimi esa talabalarga milliy harakatli o‘yinlarning ijtimoiy-madaniy, 
tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish xususiyatlari, shuningdek mehnat va Vatanga sadoqat 
tuyg‘ularini his etishdagi ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni mukammal, chuqur 
singdirish davr talabidir. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương