Pedagogika, innovatsiya, integratsiya



tải về 7.45 Mb.
Chế độ xem pdf
trang10/185
Chuyển đổi dữ liệu04.06.2024
Kích7.45 Mb.
#57842
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   185
Boshlangich-talimda-pedagogika-innovatsiya-integratsiya

‘Al-Farabiy.
М атематические трактаты. - Алматы: «Наука», 1972, стр.327.
20


1. M azkur fan asosidagi ham m a prinsiplarni to ‘liq bilish.
2. M ana shu prinsiplardan va m azkur fanga doir m a’ lum otlardan tegishli 
xulosalar chiqara bilish.
3. N o to ‘g ‘ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni y o lg ‘ondan farqlash, 
xatolarni to ‘g ‘rilash uchun boshqa m ualliflarning fikrlarini tahlil qila bilish.
Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish muammosi va eng asosiy masala
- bilishning manbalari masalasi doimo Beruniy nazariy bilish faoliyatining diqqat 
markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon sifatida 
tahlil va talqin qildi. U o ‘zidan oldingi olimlar ishlab chiqqan bilishning ilmiy 
metodlarini rivojlantirib, didaktik yo‘sinda muhim xulosalar chiqardi: <<0‘qish va 
takrorlash orqali, - deb yozgan edi Beruniy, - dunyoning tuzilishini, osmonning va 
Yeming shakllarini bilish astronomiya fani uchun g ‘oyatda foydalidir. Binobarin, 
ana shu tariqa ta’lim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur san’at ahli ishlatadigan 
so'zlami o ‘rganadi, bu so'zlaming m a’nosini anglaydi.
K eyinchalik astronom iya fanidagi turli sabablar va isbotlarni o ‘rganishda 
ana shunday so ‘zlar uchrasa, ularni bem alol tushunib boraveradi va u yoki 
bu narsalarni o ‘zlashtirishda charcham aydi»1.
B eruniy ta ’kidlaganidek, o ‘qitish izchil, k o ‘rsatm ali, m aqsadga m uvofiq 
boMishi va m a’lum tizim da olib borilishi lozim. B inobarin, k o ‘rsatm alilik 
ta ’lim ning tushunarliroq, m uayyanroq va qiziqarliroq boMishini ta ’minlaydi, 
tafakkurni rivojlantiradi.
Ibn Sinoning bilim orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta ’limoti 
o ‘qitish nazariyasida alohida o ‘rin egalladi. U ning fikricha, buyum lam i 
chinakam bilishga tashqi k o ‘rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash 
asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini 
ishlab chiqqan. M ushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy 
kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni idrok etishdir. 
A qliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o ‘zlashtirilgan fikrlarni idrok 
etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqliy faoliyatni bosqichlarga boMar ekan, birinchi bosqichda yodlay 
oladigan, lekin hali harfiami ham, siyoh va qalamni ham bilmaydigan bolaning 
aqlini nazarda tutgan; ikkinchi bosqichda tayoqchalami chiza boshlagan, 
qalamdan foydalanishni o ‘rganayotgan bolaning aqli tasavvur qilinadi; uchinchi 
bosqichda inson aqliy shakllarni va ularga muvofiq hissiy obrazlarni egallagan 
boMadi. Ibn Sino aql deganda insonning tu g ‘m a iste’dodini, shuningdek, tajriba 
asosida va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. 
Aqlni insonning birlamchi tug‘ma sogMom fikrlashi, yaxshi va yomon ishlami 
vujudga keltiradigan, ularni farq-lantiradigan kuch, deb ta ’riflaydi. Aql

Лбу PaiixoH Беруний.
И збранные произведения. Т. Часть III. - Ташкент: 
«Фан», 1973-1976 гг.
21


insonning xatti-harakatlarida nam oyon bo‘ladi. Inson aql yordamida narsalar 
va hodisalami tahlil qiladi, umumlashtiradi ham da ularning eng yaxshilarini 
tanlaydi, deb uqtiradi. Shuningdek, aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. Ularning 
biri - nazariy aql bo‘lib, borliqdagi um um iy narsalam ing mohiyatini idrok 
etishdir, ikkinchisi esa amaliy aql b o ‘lib, buyum larni tanlashda turtki sifatida 
k o ‘rinadigan qobiliyatdir.
A bdulla Avloniy o ‘zining barcha tadqiqotlarida ilm m uam m osini 
birinchi o ‘ringa q o ‘ygan. «A lhosil, - deb yozgan edi u, - butun hayotim iz, 
salom atligim iz, 
saodatim iz, 
sarvatim iz, 
m aishatim iz, 
him m atim iz, 
g ‘ayratim iz, dunyo va oxiratim iz ilm bilan b o g ‘liqdur... Shuning uchun 
o ‘qim ak, bilm ak zam onlarini q o ‘ldan berm ay, vujudim izning dushm ani 
b o 'lg a n jaholatdan q u tu lm ak k ajo n im iz boricha sa ’y qilm agim iz lozim dur»1.
A.Avloniy, ilm tarbiya jarayonida o ‘zlashtiriladi va u yaxshini yom ondan, 
ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi, deb 
hisoblaydi. U tarbiya bilan ta ’limning birligi muammosini ishlab chiqdi. Garchi 
Avloniy ta ’lim bilan tarbiya o‘rtasida ozgina farq borligini aytgan b o ‘lsa ham, 
ular tana v a jo n singari bir-biriga chambarchas bog‘liqdir, deydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy I sinf uchun «Yengil adabiyot», П sinf uchun 
« 0 ‘qish kitobi» va «Qiroat kitobi» kabi darsliklar yozgan. Ammo mazkur darsliklar 
qo'lyozmaligicha qolib ketdi. 0 ‘sha paytlarda nashr etish imkoni bo‘lmagan.
H am za H akim zoda o ‘z tadqiqotlarida tovushli savod o ‘rgatish m etodini 
ishlab chiqqan. U ning tadqiqotidagi asosiy g ‘oya o ‘qitish va tarbiyalashga 
kom pleks yondashish, yoshlarning aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasini 
o 'z a ro b o g ‘liq holda am alga oshirishdan iborat edi.
Yuqoridagi asarlarning nom laridan va pedagogik fikrlardan ayon 
b o ‘ladiki, 
m azkur 
m ualliflar 
didaktikaga 
o ‘qitish 
san ’ati 
sifatida, 
shuningdek, o ‘ziga xos am aliy k o ‘nikm a sifatida qaraganlar. D idaktika 
tushunchasini Yan A m os K om enskiy ham ana shu y o ‘sinda sharhlagan. 
U ning bu boradagi fikr-m ulohazalari 1657-yilda nashr etilgan «H am m aga 
ham m a narsani 
0
‘qitishning universal sa n ’ati ifodalangan buyuk didaktika» 
nom li asarida bayon qilingan. Yan A m os K om enskiy didaktika faqat 
o ‘qitish sa n ’atidangina em as, balki tarbiyalash san ’atidan ham iboratligini 
qayd qilgan va tarbiya har tom on lam a axloqiylik y o ‘nalishidagi fe ’l-atvorni 
shakllantirishning zarur sharti ekanini ham uqtirgan.
D idaktikani yuqoridagicha tu shunish X IX asr boshigacha, y a ’ni taniqli 
nem is pedagogi va faylasufi logan G enrix G erbart didaktikaning asosiy 
nazariyasini ishlab chiqqunicha davom etgan. B inobarin, u didaktikani 
pedagogikaga b o ‘ysunadigan tarbiyalovchi t a ’lim ning y axlit va ziddiyatsiz 
nazariyasi sifatida talqin qiladi.
1 Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. Т., « 0 ‘qituvchi», 1992- y. 23- bet.
22


G erbart va xususan, uning izdoshlari ana shu nazariyaning rolini hisobga 
olib, didaktikaning asosiy vazifasini - darsda bayon qilinadigan m aterial 
ekanini rad etdilar. G erbart konsepsiyasiga muvofiq, 
0
‘qituvchi, asosan, 
o'quvchilarni yangi o ‘quv m ateriali bilan tanishtirishga doir harakatlarini 
tahlil qilishi lozim edi.
X VIII asrda shveysariyalik pedagog I.G .Pestalossi kam ol toptiruvchi 
t a ’limning prinsiplari tizim ini asosladi. XIX asrda esa nem is pedagogi
A .D isterveg o ‘zining «N em is o ‘qituvchilari uchun» q o ‘llanm asida o ‘quv 
jarayonini faollashtiradigan talablarning butun bir kom pleksini ta k lif 
qildi. Fan va texnika shunday tezlikda taraqqiy topm oqdaki, m aktab 
t a ’limi bilan ularning ketidan quvib yetish m um kin emas. Lekin m aktabni 
bitirgan yoshlar, albatta, o ‘zlari bilm aydigan ilmiy kashfiyotlarga, jam iyatni 
rivoj lantirishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi tizim iga duch 
keladilar. Lozim darajadagi aqlga, irodaga va hissiyotga ega b o ‘lgan 
kishilargina notanish m a ’lum otlam i tezroq o ‘zlashtirib olishi m um kin.
Bilim va m alakalarni tarkib toptirish naqadar zarur b o ‘lsa-da, hozirgi 
didaktika ana shu soha bilangina chegaralanib qola olmaydi.
Endilikda o ‘quvchilarni kamol toptirishda optimal natijalar beradigan 
o ‘qitish jarayonining ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarurati tug‘ildi. 
O'quvchilarning kamol topishi ta ’lim jarayonida amalga oshishi sababli bilim 
va malakalarni o ‘zlashtirishga qaratilgan didaktik prinsiplar m a’lum natijalarni 
beradi. Lekin vazifa qandaydir natijalarga erishishdan emas, balki o ‘quvchilarni 
kamol toptirish uchun o ‘qitishning eng yuqori samaradorligini ta’minlashdan 
iboratdir. Buning uchun esa o ‘quv jarayonining qurilishini ishlab chiqish kerak. 
Didaktikada tarbiyalovchi dunyoqarashni shakllantirish masalalari ko‘riladi, 
ta ’lim jarayonida o ‘quvchilarda mustaqillikni, tashabbuskorlikni va shaxsning 
boshqa ayrim sifatlarini tarbiyalash vazifalari tahlil qilinadi. M ana shunday 
muhim masalalaming k o ‘rib chiqilishi maktabdagi ta ’lim-tarbiyaning birligini 
ta ’minlashga xizmat qiladi. 0 ‘z-o‘zidan ayonki, mazkur vazifani amalga 
oshirish uchun zarur ilmiy-pedagogik asoslami yaratish didaktika sohasidan 
k o ‘ra ko‘proq tarbiya nazariyasiga taalluqlidir. 0 ‘qitish negizi yuksak axloqli 
qilib kamol toptirishdan iborat. Ana shunday harakatlarda o ‘qishga da’vat qilish, 
o ‘qituvchi bilan o ‘quvchilarning o ‘zaro munosabatlari va ta ’limning metodlari 
masalalari boshqacha tus oladi.

tải về 7.45 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   185




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương