O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang8/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   266
1291054
Dalillar to‘plash 
(audit tekshiruvini 
o‘tkazish ) 
Natijalarni
e’lon qilish 
(auditorlik xulosasi) 


16 
hisobotlardan tashqi foydalanuvchilarga o‘z auditorlik xulosasi asosida 
ma’lum qiladi. 
Amaliyotda auditor xulosasi quyidagi to‘rt xil ko‘rinishda 
bo‘lishi mumkin: 
1. Ijobiy xulosa. Ushbu ko‘rinishdagi xulosa auditor tomonidan, 
tekshirilgan korxona moliyaviy hisobotlari to‘liq BXMSga asosan 
tuzilgan, ushbu standartlarni buzish hollari ro‘y bermagan, aktivlar va 
passivlar, daromad va xarajatlar to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilgan bo‘lsa 
tuziladi.  
2. Shartli ijobiy xulosa. Bu turdagi xulosa tekshirilgan korxona 
moliyaviy hisobotlari, uning ba’zi bir elementlarini hisobga 
olmaganda, BXMSga asosan tuzilgan bo‘lsa beriladi. Ushbu vaziyatda, 
moliyaviy hisobotlarda BXMSning ba’zi standartlarini buzish hollari 
ro‘y bergan bo‘ladi, ammo bu holat salbiy xulosa berish darajasida 
muhim hisoblanmaydi.
3. Salbiy xulosa. Korxona taqdim etgan moliyaviy hisobot 
BXMS standartlarini to‘liq yoki asosan buzib tayyorlangan hollarda 
tekshiruv o‘tkazgan auditor tomonidan salbiy xulosa beriladi. Bu 
holatda moliyaviy hisobotlarda o‘ta muhim xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan 
bo‘ladiki, bu hisobotlardan foydalanish tashqi foydalanuvchilar uchun 
mutlaqo asossiz hisoblanadi.
4. Xulosa berishdan bosh tortish. Yuqorida ta’kidlanganidek, 
auditor moliyaviy hisobotlar tekshiruvni shu hisobotlarga doir 
dalillarni to‘plash asosida olib boradi. Ushbu dalillar asosida u 
moliyaviy hisobotlar yuzasidan o‘z fikrini shakllantiradi. Ammo, ba’zi 
hollarda tekshirilayotgan mijoz qaysidir sabablarga ko‘ra auditorga shu 
turdagi dalillarni berishdan bosh tortishi, zaruriy hujjatlarni to‘liq 
bermasligi yoki mutlaqo yashirishi mumkin. Bunday hollarda auditor 
moliyaviy hisobotlar yuzasidan o‘z fikrini berishdan bosh tortadi. 
Chunki fikr bildirish uchun asos yo‘q. Ammo bunday vaziyatda 
auditor o‘z fikrini bildira olmasligini, buning sabablarini ko‘rsatgan 
holda, yozma tarzda ma’lum etishi lozim. Bu ko‘rinishdagi yozma 
hujjat auditorning xulosa berishdan bosh tortishini ma’lum etishi 
kerak.  


17 

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương