O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


 Audit sohasining rivojlanish tarixi



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang11/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   266
1291054
1.5. Audit sohasining rivojlanish tarixi 
Audit juda uzoq rivojlanish tarixiga ega. Albatta, ushbu soha 
yuzaga kelgan dastlabki davrlarda u audit deb ham atalgan emas, bu 
sohaning o‘sha davrlardagi vazifasi, ko‘rinishi hozirgi zamonaviy 
auditdan keskin farqlanadi. Ammo har qaysi davrda ham audit 
sohasining umumiy, o‘xshash xususiyatlari mavjud bo‘lgan. Buni 
auditning quyidagi rivojlanish bosqichlarida ko‘rishimiz mumkin
1
:
1. Ibtidoiy audit. Ushbu tur audit qadimgi Misr va Bobilda keng 
qo‘llanilgan. Ushbu auditning mohiyati shundan iborat bo‘lganki, 
davlat moliya tizimining ikki rasmiy vakili bir-biridan alohida, 
mustaqil ravishda davlat xazinasi kirim va chiqimining hisobini 
yuritgan. Ma’lum vaqt oralig‘ida ushbu ikki hisobchining yozuvlari 
uchinchi bir shaxs tomonidan taqqoslangan va ushbu yozuvlarda 
o‘xshash hamda farqli holatlar aniqlangan.
Ushbu taqqoslash usuli hozirda zamonaviy auditning tekshiruv 
uslubiyatlaridan biri hisoblanadi. Unga asosan korxonalar ma’lum 
faoliyati yuzasidan auditor qisqa davr uchun qayta hisob-kitob ishlarini 
amalga oshiradi va natijani shu korxona buxgalteriyasi taqdim etgan 
ma’lumotlar bilan solishtiradi.
2. Qadim Yunoniston va Rimda audit. O‘zining yuksak 
madaniyati, ilm-fani bilan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan 
hissa qo‘shgan bu ikki imperiya audit sohasining taraqqiyotida ham 
katta rol o‘ynagan. Ushbu davrdagi auditda asosiy e’tibor davlatning 
yuqori organlarida faoliyat yuritayotgan shaxslarning moliyaviy 
faoliyatiga qaratilgan. Xususan, ular ma’lum davrda, misol uchun 
davlat ishidan bo‘shayotgan yoki chetlashtirilayotgan davrda o‘z 
moliyaviy 
faoliyatlari 
bo‘yicha 
hisobotni 
davlat 
tomonidan 
belgilangan mustaqil shaxslarga topshirganlar. Ushbu mustaqil 
shaxslar auditor vazifasini bajarganlar va taqdim etilgan ma’lumot-
larning ma’lum qonun-qoidalarga qanchalik mos tushayotganini 
tekshirganlar.

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương