O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang14/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   266
1291054
 
1.3-rasm 
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining tashkiliy- 
huquqiy asoslarini yaratuvchi organlar
1.6. XXI asr audit sohasidagi muhim o‘zgarishlar 
Zamonaviy audit sohasining maqsad va uslubiyati XX asr 
boshlarida deyarli noma’lum bo‘lgan bo‘lsada, uzoq tarix davomida 
tijorat va davlat moliyasini boshqarish jarayonida auditning u yoki 
bu ko‘rinishi mavjud bo‘lgan. Buni biz yuqorida keltirib o‘tgan 
auditning rivojlanish tarixi jarayonida ham ko‘rishimiz mumkin. 
Umuman olganda, audit sohasida XX asrda quyidagi muhim 
o‘zgarishlar yuz berdi
1

1. Majburiy audit bilan bir qatorda ixtiyoriy auditning 
yuzaga kelishi. XIX asr yakuni, XX asr boshlarigacha audit asosan 
1
Arens A. Alvin, Elder J. Randal, and Beasley Mark «Auditing and Assurance Services» (12th Edition) 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
Buxgalterlar va auditorlar 
milliy assotsiatsiyasi
O

zbekiston Auditorlar 
Palatasi
O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya 
vazirligi


26 
yuqori turuvchi tashkilotlar, davlat muassasalari talabiga asosan 
o‘tkazilgan bo‘lsa, XX asrdan e’tiboran audit tekshiruvidan o‘tish 
maqsadida korxonalar rahbarlari o‘zlari ixtiyoriy ravishda mustaqil 
auditorlarni taklif eta boshladilar. 
Bunga asosiy sabab, ishlab chiqaruvchi korxonalar hajmi 
keskin sur’atlar bilan kengayib borgan Sanoat Revolutsiyasi davrida 
korxona rahbarlari butun ishlab chiqarish jarayonini o‘z 
nazoratlarida ushlab turishda qiyinchiliklarga duch kelganliklari 
sababli yollanma menejerlarni ishga taklif eta boshladilar. 
Boshqaruv jarayonining bu ko‘rinishda ikkiga ajralishi korxona 
rahbarlariga bir tarafdan boshqaruv borasida ancha yengillik 
keltirgan bo‘lsa, boshqa tarafdan xatarni ham yuzaga keltirdi. Ya’ni, 
menejerlarning davlat qonunlari va korxona boshqaruv siyosatidan 
chetga chiqish, o‘z manfaatlarini korxona manfaatlaridan ustun 
qo‘ygan holat yuzaga kelganda, boshqaruvning menejerlar qo‘liga 
o‘tishi korxona uchun ham, uning rahbari uchun ham juda qimmatga 
tushishi mumkin edi. Ana shunday bir vaziyatda rahbarlar doimiy 
ravishda mustaqil auditorlar xizmatidan foydalana boshladilar. 
Buning natijasida, shu davrda majburiy audit bilan bir qatorda 
ixtiyoriy audit ham yuzaga keldi.

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương