O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


Moliyaviy hisobotlar auditi obyektining kengayishi



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang15/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   266
1291054
 2. Moliyaviy hisobotlar auditi obyektining kengayishi.
1900-yilga qadar audit asosan firibgarlik holatlarini aniqlashga 
qaratilgan edi. XX asrning birinchi yarmidan boshlab auditning 
maqsadi firibgarlikni aniqlashdan chetlangan holda, moliyaviy 
hisobotlar korxonaning moliyaviy holati, faoliyat natijalari va 
moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarni to‘liq va haqqoniy ravishda aks 
ettirayotganini o‘rganish tomon qaratildi. Bunga asosiy sabab, 
endilikda korxonalar moliyaviy hisobotidan faqatgina bank 
muassasalari emas, balki investorlar guruhi ham foydalana boshladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XX asrga qadar bo‘lgan davrda 
korxonalar tashkil etilishi yoki ish hajmini kengaytirishlari uchun 
asosan bank kreditidan foydalanganlar. Bu davrga qadar korxonalar 
asosan balans hisobotini audit tekshiruvidan o‘tkazganlar. Chunki 
banklar uchun korxonaning moliyaviy holati haqidagi ma’lumot 
ko‘proq ahamiyat kasb etgan. Sababi, kreditorlar olgan kreditlari 
yuzasidan o‘z balanslaridagi aktivlari bilan javob berganlar.


27 
XX asrdan e’tiboran, korxonalar kredit bilan chegaralanmagan 
holda, qimmatli qog‘ozlarni sotish asosida ham qo‘shimcha kapital 
(investitsiya) jalb eta boshladilar. Shunga asosan, moliya bozoriga 
investorlarning kirib kelishi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotga e’tiborni keskin oshirdi. Bunga asosiy sabab shunda ediki, 
investorlar dividend olish maqsadida korxonalarga investitsiya 
taqdim etadilar. Dividend esa korxona faoliyatining natijasi, ya’ni 
daromad bilan bog‘liq. Daromad esa moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Shuning uchun, moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobotni audit tekshiruvidan o‘tkazish 
korxonalar uchun dolzarb masalaga aylandi.
3. Auditor javobgarligining ortishi. Auditorlik etikasi.  
XX asrga kelib audit sohasining eng muhim o‘zgarishlaridan biri 
auditorning moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar guruhi 
oldidagi majburiyatining ortishi bo‘ldi. Dastlabki davrlarda 
auditorlar asosan banklar oldida javobgar bo‘lgan bo‘lsalar, 
endilikda ular millionlab investorlar oldida ham javobgarlikka ega 
bo‘ldilar. Chunki investorlar o‘z iqtisodiy qarorlarini faqatgina 
auditorlar tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobotlar asosida qabul 
qiladilar. Natijada, auditor o‘z faoliyatini faqatgina o‘z manfaatini 
ko‘zlagan holda, yoki e’tiborsizlik bilan olib borishi jamiyatning 
juda ko‘plab a’zolariga ziyon keltirishi mumkinligi sababli
auditorlik faoliyatining etikasini, boshqacha qilib aytganda, 
auditorlik faoliyatining “odobnomasini” shakllantirishga ehtiyoj 
yuzaga keldi. Buning asosida, ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan 
O‘zbekistonda ham “Auditorlik etikasi” prinsiplari ishlab chiqildi. 
Shu bilan birgalikda, auditorlar faoliyatini tartibga soluvchi bir qator 
me’yoriy hujjatlar ham qabul qilindiki, ular auditorlarning o‘z 
vazifalarini xolisona va faqatgina jamiyat manfaatidan kelib chiqqan 
holda bajarishlarini ta’minlashga qaratilgandir.

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương