O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarga, shu jumladan



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang17/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266
1291054
o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarga, shu jumladan, 
ishonchli moliyaviy axborotni tayyorlash vazifasiga erishishini 
ta’minlash maqsadida korxona tomonidan ishlab chiqilgan 
barcha qonun-qoidalar, chora-tadbirlar majmuyidir.
Ichki nazorat tizimining bir namunasi sifatida, korxonaning o‘z 
aktivlarini saqlashni ularning hisobini yuritishdan ajratuvchi 
tashkiliy tuzilmasini keltirish mumkin. Misol uchun, korxona naqd 
pullarini saqlovchi kassir shu pullar hisobini yuritishi mumkin emas. 
Bu vazifalar taqsimoti deb nomlanadi. Ya’ni, bir operatsiyani 
faqatgina bir xodim emas, kamida ikki yoki undan ortiq xodimlar 
amalga oshiradilar. Natijada, bir xodim ishi o‘z-o‘zidan ikkinchi bir 
shaxs tomonidan tekshirib boriladi. Yuqoridagi misolda, kassir 


29 
vazifasi buxgalter tomonidan tekshiriladi, buxgalter esa kassir 
vazifasini bajara olmaydi. Aks holda buxgalter naqd pul 
suiiste’moliga yo‘l qo‘ygan holda, bu firibgarlikni buxgalteriya 
hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali berkitib yuborar va 
natijada korxona zarar ko‘rar edi. Bu vaziyatda samarali ichki 
nazorat tizimining vazifasi kassir va buxgalter faqatgina o‘z ishlarini 
bajarishlari, biri ikkinchisining ishini o‘z qo‘liga olmasligini 
ta’minlashdan iborat.
Ichki nazorat tizimini baholash tanlab tekshirish uslubini 
qo‘llashning asosiy sharti bo‘lib qoldi. Auditorlar korxona 
buxgalteriya va moliyaviy axborot tizimini o‘rganish orqali 
moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlarni tekshirish uchun zarur 
bo‘lgan tekshiruv ko‘lami va vaqtini oldindan aniqlash imkoniga ega 
bo‘ldilar. Buning natijasida auditorlar quyidagi xulosaga keldilar – 
Ichki nazorat tizimi qanchalik sifatli bo‘lsa, tekshiruv ko‘lami 
shunchalik kam bo‘lishi mumkin”. Ya’ni, yaxshi tuzilgan ichki 
nazorat tizimiga ega korxonada audit tekshiruvini, uning hajmini 
kamaytirgan holda, qisqa vaqt ichida tugatish mumkin. Ichki nazorat 
tizimi sust bo‘lgan joyda esa tekshirish hajmi oshirilishi lozim. 
Demak, ichki nazorat tizimi va audit tekshiruvi ko‘lami o‘zaro 
teskari bog‘langan.

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương