O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang19/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   266
1291054
Qisqacha xulosalar 
 
Audit atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, «eshituvchi», 
«eshitmoq» ma’nolarini anglatadi. Ushbu atamaning amaliyotga 
kirib kelishi borasida turli qarashlar mavjud.
Ushbu 
qarashlar 
audit atamasining kelib chiqishiga doir turli fikrlarni ilgari sursada, 
ular o‘rtasida auditning mohiyatiga doir umumiylik ham mavjud, 
xususan, yuqoridagi qarashlarning har birida auditor (1) jamoatchilik 
ishonchini qozongan; (2) o‘zining ma’lum bir qobiliyati, bilimi bilan 
o‘zgalardan ajralib turgan; (3) jamiyat farovonligi, rivoji yo‘lida 
xizmat qilgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Auditor jamiyatda 
o‘ta muhim va mas’uliyatli o‘rin egallaydi.
Audit – shu sohada faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘lgan 
shaxslar tomonidan korxona moliyaviy axborotining to‘g‘ri va 
to‘liqligini, ma’lum qonun-qoidalarga asosan tuzilgani yoki ularga 
mos tushishini tekshirish va natijani manfaatdor tarafga yetkazishga 
yo‘naltirilgan faoliyatidir. 
Audit sohasining tekshiruv predmeti ‒ korxonaning moliyaviy 
hisobotlari hisoblanadi. Ushbu tekshiruv natijasini auditor o‘z 
xulosasi orqali ma’lum qiladi. Auditor xulosasi (1) ijobiy xulosa; (2) 
shartli ijobiy xulosa; (3) salbiy xulosa; (4) xulosa berishdan bosh 
tortish ko‘rinishida bo‘ladi.
Audit sohasini rivojlanish bosqichlariga ko‘ra (1) ibtidoiy 
audit; (2) Qadim Yunoniston va Rimda audit; (3) O‘rta asrlarda 


32 
audit; (4) Sanoat Revolutsiyasi davrida audit; (5) zamonaviy audit 
kabi besh bosqichga ajratish mumkin.
Hozirgi zamonaviy auditning asoslari XIX asr o‘rtalarida, ya’ni 
1862-yilda 
Buyuk 
Britaniyada 
«Kompaniyalar 
to‘g‘risidagi 
qonun»ning qabul qilinishi bilan yaratilgan. 
AQSHda 
audit 
sohasining keng rivojiga 1933 va 1934-yillarda qabul qilingan 
«Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha davlat qonuni», 1937-yilda Qimmatli 
qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiya (Securities & Exchange 
Comission)ning tuzilishi turtki bo‘ldi. Hozirda Buyuk Britaniyada 
audit sohasini tartibga soluvchi, auditning metodik asoslarini 
yaratuvchi va audit standartlarini ishlab chiquvchi tashkilot 1880-
yilda tashkil topgan Angliya va Uelsda Qasamyod Qilgan 
Buxgalterlar Instituti (ICAEW) va Qasamyod Qilgan Diplomli 
Buxgalterlar Uyushmasi (ACCA) hisoblansa, AQSHda Amerika 
Sertifikatlangan Jamoat Buxgalterlari Instituti (AICPA) shu vazifani 
amalga oshiradi.
Respublikamizda auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish 
va rivojlantirish vazifasini quyidagi tashkilotlar amalga oshiradi: 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi 
(O‘zBAMA); 

O‘zbekiston Auditorlar Palatasi (O‘zAP).
Audit sohasida XX asrda quyidagi muhim o‘zgarishlar yuz 
berdi: 
1. Majburiy audit bilan birga ixtiyoriy audit yuzaga keldi. 
2. Moliyaviy hisobotlar auditi obyekti kengaydi. 
3. Auditor javobgarligi ortdi va “Auditorlik etikasi” tuzildi. 
4. Tanlab tekshirish uslubi yuzaga keldi. 
5. Ichki nazorat tizimi tanlab tekshirish uslubining asosiga 
aylandi. 
7. Audit tekshiruvida kompyuter texnologiyalarining roli ortdi.


33 

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương