O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang21/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   266
1291054
Attestatsiya funksiyasi (Attest function) – mustaqil tashqi 
auditorning asosiy vazifasi. Ushbu funksiyaning mohiyati 
moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlarning ishonchli 
va asosliligi yuzasidan auditorning mustaqil va xolis fikrini 
ifodalashdan iborat.  
 
Audit (audit) – mijoz moliyaviy hisobotlari, buxgalteriya tizimi 
ma’lumotlari va korxonaning ichki hamda tashqi manbalaridan 
qo‘shimcha 
ma’lumotlarni 
to‘plash 
va 
tekshirishga 
yo‘naltirilgan faoliyat. 
 
Auditor (Certified public accountant) – auditorlik malaka 
imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan, ma’lumot va tajriba 
bo‘yicha talablarga javob berganligi uchun maxsus tashkilotlar 
tomonidan sertifikatlangan va shu asosda auditorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanish huquqi berilgan shaxs.  
 
Auditorlik xulosasi (auditors’ standard report) – mijoz moliyaviy 
hisobotlariga doir o‘tkazilgan audit tekshiruvi natijalarini 
ushbu hisobotlardan tashqi foydalanuvchilarga yetkazishga 
mo‘ljallangan hujjat. Auditorlik xulosasi kirish, tahliliy 
(asosiy) va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi.
 
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari (National auditing 
standards) – O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan va Respublikada auditorlik faoliyati 
sifatining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan, 
mustaqil auditorlarga qo‘yiladigan talablar majmuyi.
 
AQSH Umumqabul Qilingan Audit Standartlari (US Generally 
accepted auditing standards) – auditorlar o‘z xizmatlarini 
yuqori sifatda ko‘rsatishlariga xizmat qilish maqsadida AICPA 
tomonidan qabul qilingan 10 standartlar to‘plami.  

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương