O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


 Auditorlik faoliyati standartlarining zaruriyati



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang29/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   266
1291054
 
2.3. Auditorlik faoliyati standartlarining zaruriyati 
 
Sifatli va muvaffaqiyatli audit tekshiruvini o‘tkazish uchun 
tekshiruv jarayonida auditorlik faoliyatiga doir yagona umumqabul 
qilingan standartlarni qo‘llash zarurati yuzaga keladi.
Auditorlik faoliyati standartlari – auditorlik faoliyatining 
o‘ziga xos xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, 
auditorlar uchun tekshiruv o‘tkazish borasidagi o‘z majburiyatlarini 
amalga oshirishlariga yordam berish maqsadida qabul qilingan 
umumiy qonun-qoidalar tizimidir. Tekshiruv davomida auditorlik 
standartlariga amal qilish tekshiruvning yuqori sifatli o‘tishi va 
ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Standartlar asosida auditorlar faoliyati sifat nuqtayi nazaridan 
baholanadi. Standartlar audit tekshiruviga umumiy yondashuvni, 
tekshiruv ko‘lamini, xulosa turini, tekshiruv uslubiyatini va bu soha 
vakillari amal qilishlari lozim bo‘lgan qonuniyatlarni belgilab beradi.
Iqtisodiy muhitning o‘zgarishi asosida umumiy standartlarga 
tuzatishlar, qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Agar auditor tekshiruv 


51 
davomida bu standartlardan chetlashsa, buning sabablarini asoslab 
bera olishi kerak.
Shuni ta’kidlash lozimki, auditorlik standartlari auditor faoliyati 
to‘g‘riligini umumiy belgilab bersada, auditor tomonidan qo‘llanilgan 
barcha uslubiyatlar, amaliyotlarning to‘g‘riligini anglatmaydi.
Standartlarning ahamiyati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 
‒ audit tekshiruvining yuqori sifatini ta’minlaydi;
‒ tekshiruv jarayonida fan yangiliklarining tatbiq etilishiga asos 
yaratadi;
‒ foydalanuvchilarga audit tekshiruvi jarayonini tushunish 
imkonini beradi;
‒ davlat organlari tomonidan tekshiruv ustidan nazorat olib 
borish zaruriyatini bartaraf etadi;
‒ auditor uchun mijoz bilan o‘zaro ishonchga asoslangan 
munosabat olib borishga imkon yaratadi;
‒ audit tekshiruvi jarayonida alohida elementlar o‘rtasida aloqa 
o‘rnatish imkonini beradi;
‒ auditorning o‘z bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib 
borishini ta’minlaydi;
‒ turli auditorlik firmalari ishini sifat nuqtayi nazaridan 
taqqoslash imkonini beradi;
‒ audit tekshiruvini soddalashtiradi va boshqalar.
Ammo audit standartlari butun tekshiruv jarayonining barcha 
jabhalarini qamrab olmaydi. Bu standartlarda audit nazariyasi va 
amaliyoti qisqa va lo‘nda ko‘rinishda umumlashgan. Ular auditorlik 
faoliyatining uzoq yillar davomidagi amaliyoti jarayonida auditorlik 
faoliyatiga nisbatan talablarga javob berishini isbotlash asosida 
umumqabul qilingan standartlarga aylandi.
Auditorlik standartlari huquqiy organlar uchun audit tekshiruvini 
sifat jihatidan tekshirish va baholash jarayonida umumiy yo‘riqnoma 
vazifasini bajaradi.
Amaliyotda auditorlik standartlari (1) xalqaro; (2) milliy 
auditorlik standartlariga bo‘linadi. Auditorlik faoliyatining xalqaro 
standartlari to‘rt o‘zaro bog‘langan qismlardan tashkil topgan:
asosiy 
postulatlar 
– 
auditorlik 
faoliyati 
umumiy 
standartlarining asosini belgilab beruvchi asosiy qonuniyatlar, 
uslubiyatlar, shart-sharoitlarni ifodalaydi. Bu standartlar auditorlar 


52 
uchun moliyaviy hisobotlar yuzasidan umumiy tasavvur hosil qilish va 
shunga mos keladigan xulosa tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi;
umumiy standartlar – auditor o‘z oldida turgan vazifalarni 
samarali bajarishi uchun ega bo‘lishi talab etiladigan sifat va 
malakaviy talablarni ifoda etadi (tayyorgarlik, malaka, mustaqillik, 
xolislik, tekshiruv jarayonida e’tiborlilik);
– 
ishchi standartlar – audit tekshiruvi jarayonida auditor amal 
qilishi lozim bo‘lgan qonun-qoidalarni aks ettiradi (rejalashtirish, 
nazorat, yetarli miqdordagi dalillarni to‘plash va ichki nazorat tizimini 
baholash);
auditorlik hisoboti bo‘yicha standartlar – audit tekshiruvi 
yakunida tayyorlanishi lozim bo‘lgan auditorlik hisoboti shakli, 
mohiyati, ma’lumotlarni aks ettirish tartibi borasidagi talablarni 
belgilab beradi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda auditorlik faoliyati asoslari qaror 
topishi bilan audit standartlarini ishlab chiqish zarurati ham yuzaga 
keldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va 
Auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 
“Auditorlik faoliyatining milliy standartlari” ni (AFMS) ishlab chiqdi. 
Bu borada Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy shart-sharoitlar, milliy 
xususiyatlarni inobatga olish va xalqaro tajribadan keng foydalanish 
standartlarning zamon talablariga yanada mos kelishini ta’minlaydi.

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương