O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


 Auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang28/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   266
1291054
2.2. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda 
moddiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslardan samarali 
foydalanish bilan bir qatorda nazorat tizimini tashkil etishning 
ahamiyati 
ham 
katta. 
Zero, 
samaradorlik 
ko‘rsatkichlariga 
axborotning ishonchliligi va yetarliligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi, shu 
bois xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati ko‘rsatkichlari mas’ul 
shaxslar tomonidan moliyaviy hisobotlarning buzib ko‘rsatilishiga 
olib kelishi mumkin. Buning natijasida mulkdorlar tomonidan 
rejalashtirilgan muhim dasturlarning amalga oshmay qolish ehtimoli 
kuchayadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat-
lar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmonida belgilangan 
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilan-
gan vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida auditorlik faoliyatining normativ-
huquqiy va uslubiy bazasi takomillashtirilmoqda, shuningdek, 
auditorlik 
faoliyatini 
litsenziyalashning 
soddalashtirilgan 
va 
muddatsiz tizimi joriy etilmoqda, bu auditorlik xizmatlari bozorining 
shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompa-
niyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon 
yaratadi
1

2018-yil 19-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
PQ-3946-son «O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul 
qilindi. Qarorda belgilanganidek, qator muammolar va kamchiliklar 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni


44 
auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid 
qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun 
auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, 
xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, 
shuningdek, 
auditorlik 
tekshiruviga 
moliyaviy 
hisobotning 
haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol 
keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda; 
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha 
mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda 
insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib 
chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik 
xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda; 
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning 
malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, 
professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining 
zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro 
standartlariga mosligini ta’minlamayapti, bu esa auditor kasbi 
nufuzining pasayishiga olib kelmoqda; 
to‘rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat 
qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning 
huquqiy ta’sir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik 
xizmatlarini ko‘rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-
harakatlariga nisbatan tezkor chora ko‘rish imkonini bermayapti; 
beshinchidan, 
auditorlik 
faoliyatining 
milliy 
standartlari 
umume’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos emas, bu 
esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobot-
larining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini 
ta’minlamayapti. 
Qarorda auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun 
sharoitlarni yanada yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga 
solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni 
joriy etish maqsadida auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi 
ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlash belgilangan: 
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillash-
tirish, shu jumladan xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari 
sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik 


45 
tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo‘llab-quvvatlashga qaratil-
gan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning 
ta’sirchan tizimini shakllantirish;
yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan professional 
jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol 
hamkorligini ta’minlash; 
auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb 
etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini, 
auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qo‘llash masalalarida faol 
uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish; 
auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit 
standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik 
qilish, ushbu standartlarni qo‘llash sohasida jahonning ilg‘or tajribasini 
ommalashtirish bo‘yicha faoliyatini faollashtirish
1

Qarorga muvofiq 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday 
tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq: 
tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik 
subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab 
uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilmagan 
bo‘lsa, o‘z nomida «auditorlik tashkiloti» so‘zlaridan foydalanishga 
haqli emas; 
auditorlik 
faoliyatini 
amalga 
oshirish 
uchun 
litsenziya 
litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini 
beradi; 
auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti 
faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, 
shu jumladan pul mablag‘laridan shakllantiriladi; 
auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning 
eng kam soni kamida to‘rt nafar shtatdagi auditordan iborat bo‘ladi; 
aynan bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi 
ketma-ket yetti yildan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi; 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
tomonidan 
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son «O‘zbekiston Respublikasida 
auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.


46 
yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi 
nazoratdan o‘tkaziladi; 
auditorlik tashkilotlari o‘zlarining veb-saytlarida yoki auditorlar 
jamoat 
birlashmalarining 
veb-saytlarida 
o‘tkazilgan majburiy 
auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi 
subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini 
ko‘rsatgan holda e’lon qiladi. 
Shuningdek, qarorga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan boshlab 
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir; 
auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan o‘tishi bo‘yicha; 
ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) to‘plami 50 foizdan ortiq 
bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazish uchun auditorlik 
tashkilotini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxona-
larga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va 
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat ichidan tanlov 
asosida tanlash to‘g‘risidagi talablar bekor qilindi.
Shuningdek, 2020-yil 1-yanvardan: 
a) hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning 
o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili 
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim:
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz 
ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa; 
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan 
olingan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ming baravari 
miqdoridan ortiq; 
xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo‘lsa; 
b) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro 
buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit 
standartlari asosida amalga oshiradi; 
d) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazuvchi auditorlik 
tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi. 
Qarorga muvofiq:
auditor malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga beriladi, 
navbatdagi muddat o‘n yilga uzaytiriladi va undan keyin muddatsiz 
davrga beriladi; 


47 
xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda auditor malaka 
sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, 
shuningdek, 10 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji 
mavjud bo‘lganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini 
muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan 
amalga oshiriladi; 
«buxgalteriya hisobi» va «audit» mutaxassisliklari bo‘yicha 
magistr diplomiga ega bo‘lgan auditor malaka sertifikatini olishga 
talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo‘lmagan 
amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lish 
talabi o‘rnatiladi. 
Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
a) har yili 1-iyulga qadar majburiy auditorlik tekshiruvidan 
o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida quyidagi axborotni o‘z 
veb-saytida joylashtirish: 
xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlari 
(soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami); 
auditorlik tashkilotining identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, 
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va 
raqami); 
auditorlik xulosasining nusxasi;
b) majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmagan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rish; 
d) quyidagilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish: 
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart bo‘lgan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar to‘g‘risida; 
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga 
nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalar to‘g‘risida.
Auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik faoliyatining milliy 
standartlari asosida ko‘rsatiladigan auditorlik xizmati xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlar 
faoliyatini 
yaxshilashda 
va 
ularning 
samaradorligini oshirishda muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
U xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy resurslardan oqilona 
foydalanish darajasini, foydalanilmagan ishlab chiqarish rezervlarini 
aniqlashda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kelgusida moliyaviy 


48 
holatini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish imkonini 
yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 
«O‘zbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmonida 
belgilangan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan-
tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, 
2018-yil 
28-dekabrdagi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yilda mamlakatimizni rivojlantirishning 
eng 
muhim 
ustuvor 
vazifalari 
to‘g‘risidagi 
Parlamentga 
Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib keltirilgan 
ma’lumotlar, asosiy tushuncha va qarashlar, ustuvor yo‘nalishlar va 
xulosalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatlarida samarali 
foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanning 
oldida turgan asosiy vazifalar bo‘lib hisoblanadi.
“Auditga kirish” fanining maqsadi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish, moliyaviy resurslardan 
oqilona foydalanish darajasi, foydalanilmagan ishlab chiqarish 
rezervlarini aniqlash, xalqaro audit standartlari asosida ko‘rsatiladigan 
auditorlik xizmatida foydalaniladigan axborot manbalari, kompleks 
auditorlik tekshiruvining mazmuni va asosiy tamoyillari, xo‘jalik 
faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni kompleks tahlil qilish usullari, 
boshqaruv tizimida kompleks auditni tashkil qilishni shakl va 
usullarini bilish va ulardan foydalana olish, auditorlik tashkilotlarining 
kasbga doir xizmatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati bilan 
tanishish, auditni rejalashtirish, muhimlik va auditorlik riski, auditorlik 
hujjatlari va dalillari, auditorlik tanlash, ekspert ishidan foydalanish, 
auditda me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish, auditor 
ish sifatini nazorat qilish, moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa 
ma’lumotlar, maxsus savollarni tekshirish natijalari bo‘yicha 
auditorning hisoboti, auditorlik tekshiruvlar natijalarini umumlash-
tirish va baholash, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini xalqaro 
audit standartlari bo‘yicha tayyorlash kabi masalalar hisoblanadi.
“Auditga kirish” fanining maqsadidan kelib chiqqan holda 
o‘qitishning vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarni moliyaviy hisobot ma’lumotlari qonun 
hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida tekshirish to‘g‘risida 


49 
tushuncha 
hosil 
qilish; 
auditorlik 
tekshiruvlari 
natijalarini 
umumlashtirish va baholash; moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy 
axborot to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida 
tekshirish usullarini o‘rgatish; auditorlik hisobotida moliyaviy xo‘jalik 
operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni 
bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishni o‘rgatish; auditorlik 
hisoboti va auditorlik xulosasini tayyorlash va hokazo. 
Mamlakatimizda shakllangan va rivojlanayotgan auditorlik 
faoliyatini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimini uchta pog‘onaga 
bo‘lish mumkin. Ushbu tizimning birinchi (yuqori) pog‘onasida 
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonuni 
(yangi 
tahriri) 
turadi. 
Ushbu 
qonun 
2021-yil
25-fevralda qabul qilingan bo‘lib, 55 moddadan iborat. 
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat 
qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog‘onasiga kiritish mumkin. 
Jumladan, 2000-yil 22-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va 
auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi qaror 
qabul qilindi. 
Ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosalarini soliq organlari 
va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdan 
bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima 
undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga 
oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to‘g‘risidagi 
Nizom» tasdiqlangan.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi 
pog‘onasi – Xalqaro Audit Standartlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni 
o‘z ichiga oladi – bu barcha auditorlik tashkilotlari o‘zlarining 
professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo‘lgan 
yagona asosiy tamoyillardir.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik 
standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari 
ishonchliligini kafolatlaydi. Auditorlik faoliyati milliy standartlarini 
xalqaro standartlar talablari darajasiga yyetkazish uchun shakl va 
mazmun jihatidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.


50 
Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat: 

ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori 
sifatli bo‘lishi ta’minlanadi; 

auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy etishga 
yordam beradi; 

muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini 
belgilab beradi.
Shuningdek, «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning
28-moddasiga muvofiq auditorlik tashkiloti «Auditorlik tekshiruvining 
shakllari va usullarini mustaqil belgilaydi». Demak, auditorlik 
tashkiloti o‘zining ichki ish standartlarini shakllantirishi va buyruq 
bilan tasdiqlashi zarur. Ichki standartlarda tekshiriladigan xo‘jalik 
yurituvchi subyektning tarmoq, texnologik va boshqa xususiyatlari aks 
ettirilishi kerak. Ammo, ularning qoidalari xalqaro standartlar 
qoidalaridan chetga chiqmasligi lozim. Ichki standartlarni auditorlik 
faoliyati huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimining uchinchi 
pog‘onasiga kiritish mumkin. 

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương