Birinchi bosqich – “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun.
Ushbu qonun MDH davlatlari ichida birinchi bo‘lib, 1992-yil
9-dekabrda (keyingi tahrirlar bilan) qabul qilingan va bu qonun
Respublikadagi xo‘jalik huquqini tartibga soluvchi asosiy qonun
hujjatlar qatoriga kiradi. Bu qonun auditorlik faoliyatini moliya -
xo‘jalik faoliyatining ajralmas qismi sifatida ifodalaydi. Ushbu qonun
29 moddadan iborat bo‘lib, unda auditorlik faoliyati va auditorning
mohiyati, auditorning vazifasi va majburiyati, auditorlik firmasini
tuzish tartibi, auditorlik firmalarining huquqlari, javobgarligi va
majburiyatlari, auditorlik faoliyatini litsenziyalash masalalari bayon
etilgan.
Ikkinchi bosqich – barcha auditorlik subyektlar uchun
majburiy bo‘lgan auditorlik faoliyatini tartibga solishning
umumiy masalalarini belgilovchi qonunchilikka oid va me’yoriy
hujjatlar. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
‒ “Auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi Nizom” O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2007-yil 4-apreldagi 615-son qarori bilan
tasdiqlangan;
‒ “Auditorlarga malaka sertifikatini berish to‘g‘risidagi
Nizom”.
Uchinchi bosqich – Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqi-
layotgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
tasdiqlanayotgan auditorlik faoliyatining milliy standartlari.
Ushbu
standartlarda audit tekshiruvini rejalashtirish va hujjatlashtirish,
muhimlik va audit riski, kompyuterlarda ishlangan ma’lumotlarning
auditi, auditda tanlab tekshirish uslubi, audit dalillari, auditor hisoboti
va xulosasi kabi masalalar yoritilgan. Auditor shu standartlar asosida
tekshiruv ko‘lami va vaqtini, mos keluvchi tekshiruv uslubiyatini
belgilash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Standartlar, shuningdek, audit
tekshiruvi sifatini baholash uchun asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi.
2021-yilga
qadar
Respublikamizda
auditorlar
tomonidan
tekshiruv o‘tkazish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan auditorlik
faoliyatining milliy standartlaridan foydalanilgan va ushbu standartlari
2.1-jadvalda keltirilgan.
42
2.1- jadval
Chia sẻ với bạn bè của bạn: |