O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang13/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   266
1291054
5. Zamonaviy audit. Hozirgi zamonaviy auditning asoslari
XIX 
asr 
o‘rtalarida, ya’ni 1844-yilda Buyuk Britaniyada 
«Kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun»ning qabul qilinishi bilan 
yaratilgan. Unga asosan, Britaniyaning har bir kompaniyasi o‘z hisob-
kitob hujjatlari va moliyaviy hisobotlarini yiliga kamida bir marotaba 
buxgalteriya sohasidagi mustaqil ekspert tomonidan tekshiruvidan 
o‘tkazishi lozim bo‘lgan. 1878-yilda Buyuk Britaniyada «City of 
Glasgow Bank» (Glazgo shahar tijorat banki) bankrot bo‘lishi 
munosabati bilan ushbu davlatda 1879-yilda “Majburiy audit” 
to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.


21 
AQSHda audit XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda o‘z 
mustaqil audit tizimiga ega bo‘lmay, Britaniya audit tizimidan andoza 
sifatida foydalangan. Sabab shunda ediki, bu davrga qadar AQSHda 
audit tekshiruviga katta ehtiyoj bo‘lmagan. Britaniyada auditor 
xulosasidan 
keng 
jamoatchilik, 
shu 
jumladan 
investorlar 
foydalanayotgan bir davrda, AQSHda ushbu xulosadan faqatgina bank 
muassasalari foydalanganlar. Chunki bu davlatda ushbu tashkilotlar 
korxonalarga mablag‘ ajratuvchi asosiy manba hisoblangan. Bu 
davrlarda hali investorlar guruhi shakllanmagan edi. Shu sababli, 
ushbu davrda Britaniyadan farqli o‘laroq, AQSHda korxonalarning 
asosan, ko‘p hollarda esa faqatgina balans hisobotlari audit 
tekshiruvidan o‘tkazilgan. Chunki bank uchun mijozning foydali 
ishlayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotdan ko‘ra ko‘proq uning qanday 
aktivga egaligi to‘g‘risidagi ma’lumot ahamiyatliroq bo‘lgan. Sababi, 
korxona bank kreditlari uchun o‘z aktivlari bilan javob beradi. Aktiv 
esa balans hisobotida aks ettiriladi. Shuningdek, ushbu davr AQSH 
auditining o‘ziga xos xususiyati shundan iborat ediki, unda 
korxonalarning deyarli har bir schyoti tekshirilgan, har bir hisob-kitob 
hujjatlari o‘rganilgan. Bunga esa tabiiyki uzoq vaqt va mablag‘ talab 
etilgan. Shu sababli auditorlar keyinchalik tanlab tekshirish usulini 
keng qo‘llashga o‘tishgan.
AQSHda audit sohasining keng rivojiga 1933 va 1934-yillarda 
qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha davlat qonuni»,
1937-yilda Qimmatli qog‘ozlar va birja bo‘yicha komissiya 
(Securities & Exchange Comission)ning tuzilishi, korporatsiyalar o‘z 
qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va sotish uchun ushbu davlat 
tashkilotidan ro‘yxatdan o‘tishi, ro‘yxatdan o‘tish uchun esa har bir 
korporatsiya SECga majburiy tartibda audit tekshiruvidan o‘tgan 
moliyaviy hisobotlarini taqdim etishlari shart qilib belgilanganligi 
turtki bo‘ldi. 
Hozirda Buyuk Britaniyada audit sohasini tartibga soluvchi, 
auditning metodik asoslarini yaratuvchi va audit standartlarini ishlab 
chiquvchi tashkilot 1880-yilda tashkil topgan Angliya va Uelsda 
Qasamyod Qilgan Buxgalterlar Instituti (ICAEW) va Qasamyod 
Qilgan Diplomli Buxgalterlar Uyushmasi (ACCA) hisoblansa, 
AQSHda Amerika Sertifikatlangan Jamoat Buxgalterlari Instituti 
(AICPA) shu vazifani amalga oshiradi.


22 
Germaniyada zamonaviy audit asoslari 1870-yilda «Aksiyadorlik 
jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun»ga qo‘shimcha kiritilishi bilan 
yaratildi. Ushbu qo‘shimchaga asosan, har bir aksiyadorlik 
jamiyatining nazorat kengashi shu jamiyatning moliyaviy hisobotlarini 
tekshirishi va natijani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida e’lon qilishi 
lozim edi.
Germaniyada audit sohasini tartibga soluvchi tashkilot 1932-
yilda tashkil etilgan Germaniya Auditorlar Instituti hisoblanadi. 
Hozirgi kunda bu tashkilotning a’zolari 6000 dan ortiq.
Fransiyada audit tekshiruvi bilan shug‘ullanuvchi ikki asosiy 
tashkilot mavjud. Birinchisi Ekspert – buxgalterlar palatasi bo‘lsa, 
ikkinchisi Schyotlar bo‘yicha komissarlarning Milliy kompaniyasidir. 
Buxgalterlar va komissarlarning asosiy farqi shundaki, buxgalterlar 
aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan shu jamiyatlarning buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlari va moliyaviy hisobotlarini tekshirish uchun taklif 
etilsa, komissarlar “Fransiya aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi 
qonun”ga asosan davlat idoralari tomonidan majburiy tartibda 
tayinlanadi va yuboriladi.
Xitoy Xalq Respublikasida zamonaviy auditning asoslari
1983-yilda Xitoy Auditorlik Ma’muriyati tuzilishi va shu yilda birinchi 
auditorlik firmalarining tashkil topishi bilan yaratildi.
Audit sohasi MDH davlatlari, shu jumladan O‘zbekiston 
Respublikasiga 1990-yillarda kirib kela boshladi. Bu davrga qadar 
ushbu davlatlarda mulkning asosiy qismi davlatga tegishli bo‘lganligi 
sabab, faqatgina «taftish» mavjud edi va u davlat idoralari tomonidan 
amalga oshirilar edi. Davlat mulkiga asoslangan Sobiq Ittifoqning 
parchalanishi 
asosida 
keng 
tartibda 
xususiy 
mulkchilikning 
shakllanishi, qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi sababli MDH 
mamlakatlarida audit sohasiga ehtiyoj keskin ortdi. Natijada ko‘pgina
MDH 
davlatlarida, 
xususan 
O‘zbekistonda audit sohasining 
mustahkam asoslarini yaratish va ushbu sohani tartibga solish 
maqsadida «Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun» va «Auditorlik 
faoliyatining standartlari» qabul qilindi. Dastlabki milliy auditorlik 
firmalari tuzildi hamda «Katta to‘rtlik»ka kiruvchi Deloitte & Touche, 
Ernst & Young, KPMG, PriceWaterhouseCoopers kabi yirik xalqaro 
auditorlik firmalari o‘z vakolatxonalarini ochdilar.


23 
Respublikamizda auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish 
va rivojlantirish vazifasini quyidagi tashkilotlar amalga oshiradi: 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;

O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi 
(O‘zBAMA); 

O‘zbekiston Auditorlar Palatasi (O‘zAP).
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
auditorlik 
faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish, tartibga solish va 
rivojlantirishda asosiy vazifani bajaruvchi davlat organidir. Auditorlik 
faoliyatiga doir standartlar, me’yoriy hujjatlar, nizomlar Moliya 
vazirligining qarori, tasdig‘i bilan, Adliya vazirligidan ro‘yxatdan 
o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi 
1992-yil 13-martdan e’tiboran rasmiy faoliyat yuritib kelmoqda. 
Ushbu tashkilot O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatining 
ilmiy-metodik asoslarini yaratish, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, 
xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozori, korxonalar moliya-
xo‘jalik faoliyatining Tahlili va moliyaviy menejment bo‘yicha 
qonunchilik, me’yoriy hujjatlar va milliy standartlarni ishlab chiqishda 
qatnashadi. Assotsiatsiya hozirgi kunda 4000 dan ortiq a’zolariga ega 
bo‘lib, Respublikamizning deyarli barcha yirik shaharlarida o‘z 
hududiy bo‘limlariga ega.  
O‘zBAMA – bu hududiy yoki kasbiy prinsip teng huquq asosida, 
umumiy manfaat va o‘z a’zolarining maqsadlari asosida birlashgan 
buxgalterlar, 
auditorlar, 
ilmiy 
va 
pedagog 
xodimlar, 
soliq 
maslahatchilarining Respublika jamoat tashkilotidir. Assotsiatsiyaga 
a’zolik ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
O‘zBAMAning asosiy faoliyatini quyidagi to‘rt tarmoqqa bo‘lish 
mumkin: 
1. Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Buxgalteriya hisobining 
milliy standartlarini hamda Auditorlik faoliyatining standartlarini 
ishlab chiqadi va takomillashtiradi. 
2. Respublikamizda buxgalterlar va auditorlar malakasining 
yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘z o‘quv markazida 
uzluksiz ta’lim dasturini amalga oshiradi. 
3. Maslahat 
va 
nashriyot 
faoliyatini 
bajaradi. 
Xususan, 
«Hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten nashr etadi.


24 
4. Respublikada buxgalterlar va auditorlar kasbini rivojlantirish 
va uni xalqaro standartlarga yaqinlashtirishni ta’minlaydi, o‘zini o‘zi 
boshqaradigan va o‘zini o‘zi tartibga soladigan buxgalterlar hamda 
auditorlarni shakllantirishga ko‘maklashadi. 
5. Buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi me’yoriy hujjatlarni 
ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni takomillashtirish bo‘yicha 
takliflar kiritish. 
6. Buxgalterlar va auditorlar uchun malaka talablarini ishlab 
chiqish va IFAC talablariga muvofiq sertifikatlashtirish imtihonlarini 
o‘tkazish. 
7. Sertifikatlangan buxgalterlar va auditorlar uchun axloq 
qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish. 
8. Buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirish maqsadida 
mintaqaviy, respublika va xalqaro seminarlar, konferensiyalar, 
simpoziumlar tashkil etish. 
9. Buxgalterlar va auditorlarning kasbiy himoyasini ta’minlash 
maqsadida ularga uslubiy, maslahat va axborot yordamini ko‘rsatishda 
yordam berish. 
10. Xalqaro 
e’tirofga 
erishish 
uchun 
buxgalterlar 
va 
auditorlarning xalqaro professional tashkilotlari bilan aloqalar hamda 
hamkorlik o‘rnatish. 
O‘zbekiston Auditorlar Palatasi (O‘zAP) – malaka sertifikatiga 
ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil 
notijorat jamoat tashkilotidir. Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi 
auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlashga yordam ko‘rsatish, o‘z a’zolarining kasbga oid 
manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish va kasbga oid 
talablar bo‘yicha barcha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va axborot ta’minoti 
bo‘yicha aloqa o‘rnatishdan iborat. Ushbu tashkilot 2000-yil avgust 
oyida tashkil etilgan. Palata qoshida auditorlik professional etika, 
xalqaro munosabatlar, metodologiya, a’zolik, qonunchilik islohotlari 
sohalari bo‘yicha qo‘mitalar faoliyat yuritmoqda. Auditorlar palatasiga 
a’zolikning quyidagi to‘rt xil turi mavjud: 
‒ faxriy a’zolik;
‒ haqiqiy a’zolik; 
‒ uyushmaviy a’zolik;
‒ a’zolikka nomzod.


25 
Ushbu tashkilotlarning o‘zaro aloqasini 1.3-rasmdagi kabi 
tasvirlash mumkin.
Hozirgi kunda Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
buxgalteriya hisobi va audit tizimi shakllanib, kun sayin takomillashib 
bormoqda. Bu esa «biznes tili» hisoblangan va mahalliy kompaniyalar 
tomonidan tayyorlangan buxgalteriya ma’lumotlarini xalqaro talablar 
asosida, xorijlik sarmoyadorlar talablaridan kelib chiqqan holda tuzish 
va taqdim etish imkonini berish orqali yurtimizning jahon iqtisodiy 
tizimiga tobora kengroq kirib borishiga va xorij sarmoyasini keng 
hajmda Respublikamizga jalb etishga imkon beradi. 

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương