O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


Standartlari (BXMS)ga asosan tuzilishi ularda keltirilgan



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang10/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   266
1291054
Standartlari (BXMS)ga asosan tuzilishi ularda keltirilgan 
ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishini ta’minlaydi.


18 
Bu postulatning ma’nosi shundan iboratki, BXMS maxsus 
andoza hisoblanadi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini 
aniqlash uchun ularni shu andozaga taqqoslash lozim.
5. Audit tekshiruvini o‘tkazish vaqtida auditor tomonidan
agar aksini tasdiqlovchi ma’lumotlar bo‘lmasa, o‘tmishda sodir 
bo‘lgan voqea kelgusida ham qaytarilishi mumkin degan faraz 
bilan ish ko‘riladi.
Misol uchun, auditor avvalgi tekshiruv davrida rahbariyatning 
firibgarlikka yo‘l qo‘ygan holini yoki samarasiz ichki nazorat tizimini 
aniqladi deylik. Keyingi audit tekshiruvida, agar aksini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar, ya’ni rahbariyat endi firibgarlikka yo‘l qo‘ymagani yoki 
ichki nazorat tizimi samarali tashkil etilganini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar bo‘lmagan holda, auditor o‘z tekshiruvida rahbariyat yana 
firibgarlik qilishi mumkin yoki ichki nazorat tizimi hanuz sifatsiz 
degan faraz bilan tekshiruvni rejalashtirishi lozim. Buning natijasida 
korxonaning zaif nuqtalari aniqlanadi va audit tekshiruvini samarali 
o‘tkazish imkoni yuzaga keladi.
6. Moliyaviy hisobotlar audit tekshiruvidan o‘tishidan oldin, 
ularda xato va firibgarlikni aks ettiruvchi ma’lumotlar yo‘q deb 
faraz qilinadi.
Auditor tekshiruv jarayonida shu faraz va haqiqatda hosil bo‘lgan 
tasavvurni o‘zaro taqqoslash natijasida, moliyaviy hisobotlar to‘g‘ri 
tuzilgani yoki unday emasligini o‘z xulosasi orqali e’lon qiladi.
Umuman olganda, vaqt sinovidan o‘tgan holda uzoq yillardan 
buyon amalda bo‘lgan bu audit postulatlari zamonaviy auditning 
nazariy asoslarini tashkil etadi. Ularda bevosita yoki bilvosita quyidagi 
ma’lumotlar keltiriladi: moliyaviy hisobotlar tekshirilishi mumkin 
bo‘lgan ma’lumotlarni aks ettiradi; jamiyat manfaatidan kelib chiqqan 
holda, auditor va mijoz o‘rtasida uzoq muddatli kelishmovchiliklar 
bo‘lmasligi lozim; samarali ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va 
BXMSning to‘g‘ri qo‘llanilishi moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri 
ma’lumotlarni aks ettirishga asos bo‘ladi; aksini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar bo‘lmaganda, o‘tmishda sodir bo‘lgan voqea kelgusida 
ham qaytarilishi mumkin; auditorlar mijoz moliyaviy hisobotlarini 
tekshirish jarayonida ularda muhim xatoliklar yo‘q deb faraz qiladilar. 
Ammo, auditorlar tekshiruv jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishlari 
lozim.


19 

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương