O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


 Audit predmeti va tekshiruv uslubiyoti



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang5/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
1291054
1.3. Audit predmeti va tekshiruv uslubiyoti 
Audit ham boshqa bir qator amaliy sohalar kabi o‘z predmeti va 
shu predmetni o‘rganish uslubiyatiga ega. Ushbu sohaning tekshiruv 
predmeti bo‘lib birinchi navbatda korxonaning moliyaviy hisobotlari 
hisoblanadi. 
Mustaqil 
auditor 
ushbu 
moliyaviy 
hisobotlarning 
belgilangan qonun talablari asosida tuzilgani va shu korxonaning 
moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va pul oqimlari 
to‘g‘risida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot berayotganligi yuzasidan o‘z fikrini 
bildirishi 
uchun 
qo‘llaydigan 
chora-tadbirlari 
majmuyi 
audit 
tekshiruvining uslubiyati hisoblanadi. 
O‘z navbatida shuni ta’kidlash joizki, moliyaviy hisobotlar bir 
necha varaq qog‘ozdan tashkil topgan hujjat bo‘lsada, ularning ortida 
korxonalarda uzoq davr mobaynida sodir etilgan minglab, hattoki 
millionlab operatsiyalar natijalari turadi. Ularning ma’lum xususiyat-
lariga ko‘ra guruhlashtirilishi va umumlashtirilishi natijasida esa 
moliyaviy hisobotlar shakllanadi. Demak, moliyaviy hisobotlar auditi 
aslida korxonada sodir bo‘lgan minglab operatsiyalar auditini anglatadi. 
Shunday ekan, auditning asl predmeti, korxona moliyaviy hisobotlarida 
guruhlashtirilgan va umumlashtirilgan operatsiyalardir. Ushbu operat-
siyalar korxonalar faoliyat turiga ko‘ra turlicha, ammo takrorlanuvchi 
xususiyatga ega bo‘ladi. Korxonalar o‘z faoliyat turiga ko‘ra quyidagi 
asosiy uch guruhga bo‘linadi: 


12 
1. Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar. 
2. Savdo korxonalari. 
3. Ishlab chiqaruvchi korxonalar.
Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda faoliyat jarayonini quyidagicha 
tasvirlash mumkin:
1 2 
4 3 
Ushbu chizmadan shu narsa ayon bo‘ladiki, xizmat ko‘rsatuvchi 
korxonalarda audit predmeti to‘rt asosiy guruhdan tashkil topgan 
(Xarajatlar; Xizmat ko‘rsatish; Debitorlik qarzlar; Daromad). Auditor 
tekshiruv jarayonida korxonaning shu to‘rt bosqichda sodir etilgan 
operatsiyalarini mustaqil tekshirib chiqadi va tekshiruv natijasini 
korxona taqdim etgan moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlar 
bilan o‘zaro taqqoslaydi.
Savdo korxonalari faoliyatida audit predmeti quyidagi besh 
jarayondan kelib chiqadi: 

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương