O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


 Auditorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang4/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
1291054
1.2. Auditorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari 
 
Audit va auditorlik faoliyatiga shu sohaga oid turli adabiyotlar va 
professional tashkilotlar tomonidan turlicha ta’riflar keltirilgan. 


10 
Xususan, Rossiya Federatsiyasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi 
qonuni»da «Audit – belgilangan tartibda jalb etilgan auditor 
tomonidan, tashkilot buxgalteriya hisobotlarining to‘g‘riligi yuzasidan 
o‘z fikrini bildirishi maqsadida, shu tashkilot buxgalteriya 
ma’lumotlarini mustaqil ravishda o‘rganishdir» deyilgan. Audit 
sohasida sermahsul ilmiy izlanish olib borayotgan bir qator rus 
mutaxassislari auditorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif keltirilganlar: 
«Auditorlik faoliyati – auditorlik firmalari tomonidan iqtisodiy 
subyektlarning moliyaviy hisobotlari, hisob-kitob hujjatlari, soliq 
deklaratsiyalari va boshqa moliyaviy majburiyatlarini mustaqil 
ravishda tekshirishga yo‘naltirilgan tadbirkorlik faoliyatidir».
G‘arbda, xususan, AQSHda «audit» atamasiga ta’rif berishda 
1971-yilda 
Amerika 
Buxgalterlar 
Assotsiatsiyasi 
(American 
Accounting Association) tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi ta’rif 
keng bayon etiladi: «Audit – iqtisodiy faoliyat va voqealarga doir 
ma’lumotlarni, ularning belgilangan mezonlarga moslik darajasini 
o‘rganish maqsadida, qo‘lga kiritishga, baholashga va natijani 
manfaatdor shaxslarga taqdim etishga yo‘naltirilgan tizimlashgan 
jarayondir». Amerika Sertifikatlangan Jamoat Buxgalterlari Instituti 
(American Institute of Certified Public Accountants) keltirgan ta’rifga 
ko‘ra esa «Audit – maxsus belgilangan auditor tomonidan 
kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini mustaqil ravishda o‘rganish va 
ushbu hisobotlarning AQSH umumqabul qilingan buxgalteriya 
tamoyillari (US Generally Accepted Accounting Principles)ga mos 
kelishi yuzasidan o‘z fikrini bayon etishdir». Umuman olganda, 
AQSHlik mutaxassislar auditga iqtisodiy subyektning faoliyati va 
holatiga doir ma’lumotlarni to‘plash va baholashga qaratilgan tizim 
sifatida qaraydilar.
Ba’zi yevropalik mutaxassislar esa auditni moliyaviy 
hisobotlardan foydalanuvchilar uchun shu hisobotlarga doir axborot 
riskini minimallashtirishga yo‘naltirilgan faoliyat deb ta’kidlaydilar. 
Shotlandiya Sertifikatlangan Buxgalterlar Instituti (Intitute of Certified 
Accountants in Scotland) keltirgan ta’rifga ko‘ra esa «Audit – 
boshqaruv tizimining samaradorligi va butligini, moliyaviy hisobot-
larning to‘liqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-
tadbirlar majmuyidir».


11 
Bizning fikrimizcha, «Audit – shu sohada faoliyat yuritish 
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan korxona moliyaviy 
axborotining to‘g‘ri va to‘liqligini, ma’lum qonun-qoidalarga asosan 
tuzilgani yoki ularga mos tushishini tekshirish va natijani manfaatdor 
tarafga yetkazishga yo‘naltirilgan faoliyatidir». Ushbu ta’rifda keltirilgan 
«moliyaviy axborot» jumlasi, birinchi navbatda, buxgalteriya axborotini 
anglatadi.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan kelib chiqib shuni aytish 
mumkinki, auditorlik faoliyatining asosiy vazifasi moliyaviy axborotning 
haqqoniy va to‘liqligi yuzasidan fikr bildirishdan iborat. Ammo 
auditorlik faoliyati faqatgina tekshirish va fikr bildirish funksiyalaridan 
iborat bo‘lmay, auditorlar tomonidan soliq, moliyaviy boshqaruv, 
axborot texnologiyalari va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha qo‘shimcha 
ravishda kasbga doir xizmatlar ham ko‘rsatiladi. 

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương