O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti karimjon Axmedjanov, Alisher Sattorov


I BOB. AUDITORLIK FAOLIYATINING ASOSLARI



tải về 5.22 Mb.
Chế độ xem pdf
trang3/266
Chuyển đổi dữ liệu19.04.2024
Kích5.22 Mb.
#57281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
1291054
I BOB. AUDITORLIK FAOLIYATINING ASOSLARI 
 
1.1. Auditning mohiyati va ahamiyati 
 
Audit atamasi lotin tilidan olingan 
bo‘lib, «eshituvchi», «eshitmoq» ma’no-
larini 
anglatadi. 
Ushbu 
atamaning 
amaliyotga kirib kelishi borasida turli 
qarashlar mavjud. Ularni quyidagi uch 
asosiy guruhga ajratish mumkin: 
1. Qadimda insonlar hali o‘qish va 
yozish san’atidan bexabar bo‘lgan davrda, biror hudud hukmdori 
doimiy ravishda o‘z boyliklari miqdori haqidagi ma’lumotga ehtiyoj 
sezgan. Shunda hukmdor dastlabki auditorlar xizmatidan foydalangan. 
Ya’ni shu hukmdor egaligida bo‘lgan boyliklar, xususan, qoramolga 
qarash, parvarishlash majburiyatini olgan xodimlar yilning ma’lum bir 
vaqtida auditorlarga shu boyliklarni tasvirlab, aytib berganlar. Bir oz 
vaqt o‘tgach shu auditor ushbu xodimlarni yana bir bor tinglagan va 
avvalgi, shuningdek, keyingi ma’lumotlar o‘rtasida qanday farq 
borligi yoki bunday farqlar yo‘qligi to‘g‘risida hukmdorga hisobot 
bergan.
1
2. Ikkinchi qarashga asosan, o‘rta asrlar davrida, g‘arb 
mamlakatlarida davlat moliya idorasi keng jamoatchilik oldida yillik 
yakuniy moliyaviy axborotlarni o‘qib eshittirgan. Ushbu eshittirish 
orqali jamoatchilik, to‘lanayotgan soliqlar to‘g‘ri maqsadlar yo‘lida, 
isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilmagan holda ishlatilinayotganiga ishonch 
hosil qilgan. Bu jarayonda auditor, ya’ni «tinglovchi» vazifasini 
jamoatchilik o‘tagan.
2
3. Uchinchi qarash shundan iboratki, g‘arb mamlakatlari diniy 
bilim muassasalari, ya’ni monastirlarda ta’lim berayotgan o‘qituvchilar 
o‘z o‘quvchilari orasidan eng iqtidorli, darslarni talab darajasida 
o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni tanlab olganlar va ularga qolgan 
o‘quvchilarning kitobni bexato o‘qiyotganliklarini tinglash orqali 
tekshirib borish vazifasini yuklaganlar. Ushbu qarashga asosan, 
1
D. Taylor, G. Glezen «Auditing: integrated concepts & procedures» 
2
«Principles of auditing» / Walter B. Meigs, O. Ray Whittington, Kurt Pany, Robert F. Meigs. – 9
th
edition.



auditor, ya’ni «tinglovchi» atamasi shu iqtidorli o‘quvchilarga nisbatan 
qo‘llanilish asosida amaliyotga kirgan.
1
Ushbu qarashlar audit atamasining kelib chiqishiga doir turli 
fikrlarni ilgari sursada, ular o‘rtasida auditning mohiyatiga doir 
umumiylik ham mavjud. Ushbu umumiylik shundan iboratki, 
yuqoridagi holatlarning har birida auditor: 
‒ jamoatchilik ishonchini qozongan; 
‒ o‘zining ma’lum bir qobiliyati, bilimi bilan o‘zgalardan ajralib 
turgan; 
‒ jamiyat farovonligi, rivoji yo‘lida xizmat qilgan shaxs sifatida 
namoyon bo‘ladi. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, 
audit sohasi o‘zining u yoki bu ko‘rinishida insoniyatning qadim tarixi 
davomida doimo mavjud bo‘lgan. Albatta hozirgi zamonaviy audit 
o‘zining yuqorida keltirilgan davrlardagi mohiyatidan tubdan farq 
qiladi.
Shu o‘rinda, ushbu sohaning XXI asrga qadar yetib kelishiga 
asosiy sabab nimada, degan haqli savol yuzaga kelishi mumkin. Bunga 
sabab – jamiyatning audit sohasiga ehtiyojidir. Jamiyat ehtiyoji 
bo‘lmaganda edi, audit shunday uzoq rivojlanish bosqichini bosib 
o‘tmagan bo‘lar edi. Jamiyat tomonidan bu sohaga ehtiyojning yuzaga 
kelishidagi asosiy omil esa jamiyatning ishonchli moliyaviy axborotga 
ehtiyojidir.
Moliyaviy axborot moliyaviy munosabatlarning natijasi sifatida 
yuzaga keladi. Moliyaviy munosabatlar esa u yoki bu ko‘rinishda 
qadim davrlardan, xususan, ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq mavjud 
bo‘lgan. Moliyaviy munosabatlarni yuzaga keltiradigan asosiy omillar 
(1) resurslar; (2) shu resurslarga doir axborot. Jamiyat resurslarni 
ayriboshlash, ular bilan savdo-sotiq qilish jarayoni asosida hayot 
kechiradi. «Iqtisodiyot otasi» hisoblangan shotland mutafakkiri Adam 
Smit tomonidan 1799-yilda yozilgan «Xalqlar boyligi» nomli asarda 
ta’kidlanganidek, ushbu jarayonda jamiyatning har bir a’zosi o‘z 
shaxsiy manfaatini ko‘zlagan holda ish tutadi. Natijada jamiyatni 
“ko‘rinmas qo‘l” boshqarayotgandek bo‘ladi va jamiyat rivojlanadi. 
Demak, jamiyat vakillari manfaatlari doimiy ravishda to‘qnashadi. 
1
Р.А. Алборов, Л.И. Хоружий, С.М. Концеваya «Основi аудита». – М.: «Дело и сервис», 2001. 



Afsuski, bu manfaatlar doim ham o‘zaro mos tushavermaydi. Bundan 
kelib chiqib, Adam Smit ta’rifiga qo‘shimcha tarzda shuni keltirish 
lozimki, manfaatlar to‘qnashuvi jarayonida har bir vakil o‘z manfaatini 
halol, qonuniy asosda ko‘zlagan holda ish tutishi lozim. Aks holda 
jamiyat taraqqiyot sari emas, balki inqiroz sari yuz tutadi.
Ushbu jarayonda tenglikni ta’minlash, biror shaxsning boshqa bir 
shaxs hisobiga o‘z manfaatlariga erishishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsa-
dida, jamiyatda moliyaviy munosabatlar borasida o‘ziga xos hakamga 
ehtiyoj yuzaga keladi. Ushbu vazifani esa auditor bajaradi.
Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotishga doir qaror qabul 
qilayotgan investor, kredit taqdim etish masalasini ko‘rib chiqayotgan 
bank, korxonalarni daromad solig‘iga tortish asosida davlat budjetiga 
kirimni ta’minlayotgan soliq idoralarining barchasi ikkinchi bir 
tomondan taqdim etilgan moliyaviy axborotga tayangan holda ish 
tutadilar, qaror qabul qiladilar. Ushbu vaziyatda, axborot yetkazib 
beruvchilar manfaati ushbu axborotdan foydalanuvchilar manfaatlari 
bilan bevosita to‘qnashadi. Bunday holatda auditor hakamlik qilmas 
ekan, biror shaxs tomonidan faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda 
taqdim etilgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga asosan investor zarar ko‘rishi, 
bank taqdim etgan kreditlaridan mahrum bo‘lishi, soliq idoralari esa 
aslida undirilishi lozim bo‘lgan soliq summasidan kam miqdordagi 
summani undirishlari mumkin. Natijada jamiyatning har bir a’zosi 
zarar ko‘radi.
Ushbu vaziyatda auditorning ishtirok etishi jamiyatga qanday 
foyda keltiradi? Avvalo, auditor taqdim etilgan moliyaviy axborot 
aslida noto‘g‘ri ekanligini investorga, bankka oldindan ma’lum qiladi. 
Natijada ular noto‘g‘ri qaror qabul qilmaydilar, o‘z mablag‘larini 
daromad keltiradigan tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlaydilar va 
jamiyat faqat foyda ko‘radi.
Yuqoridagi holat shuni ko‘rsatadiki, auditor jamiyatda o‘ta 
muhim va mas’uliyatli o‘rin egallaydi. Uning jamiyat farovonligi va 
taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi nihoyatda katta.

tải về 5.22 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương