Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi



tải về 304.16 Kb.
trang9/10
Chuyển đổi dữ liệu04.04.2024
Kích304.16 Kb.
#57078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1AKSIONERLIK JAMIYATLARI VA VA ULARNING IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI

TAYANCH ATAMALAR LUG’ATI
SERTIFIKAT - (fr.certifikat-tasdiqlayman, guvohlik beraman) - bu guvohlik beruvchi hujjatdir. M : auditor sertifikati- e'lon qilingan firma balansining to'g'riligini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta sertifikati- bu sug'urta shartnomasining shartlari qayd etilgan hujjat. Aksionerlik sertifikati- bu o'z egasining jamiyat (kompaniya) kapitalining bir qismiga egaligini tasdiqlovchi hujjat. Tashqi iqtisodiy aloqalarda tovar sifati guvohnomasi va h.k.
TADBIRKORLIK - amalda qabul qilingan qonunlar doirasida korxona, firma tashkil qilish, foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish (yoki xizmat ko'rsatish) bilan shug'ullanuvchi faoliyat. Tadbirkorlik faoliyati bir yoki bir necha xususiy va huquqiy shaxslar mulklarini yoki qarzga olgan mulk, to'lov vositalarini ishga solish orqali amalga oshiriladi. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining sohiblari: 1) respublika fuqarolari; 2) bir guruh fuqarolar (mehnat jamoalari va boshqalar); 3) chet ellik fuqarolar yoki xususiy shaxslar; 4) respublika fuqarosi bo'lmagan shaxslar (o'z vakolatlari doirasida); 5) qo'shma mulk egalari.
TADBIRKOR - iqtisodiy resurslarini bir-biriga qo'shilishini ta'minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo'rqmaydigan kishilar. Bunday xislatlar tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.
TALAB - ma'lum vaqtda narxlarning ma'lum darajasida sotib olish mumkin bo'lgan tovarlar xizmatlar miqdoridir.Talab pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir.
TOVAR - bozordagi oldi-sotti orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli. T. o'zini ishlab chiqaruvchilarining emas, balki bozorda sotish orqali boshqalarning talab-ehtiyojini qondirish uchun yaratiladi. T. iste'mol qiymati- bu uning kishilarning biron-bir ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir, almashuv qiymati esa uning boshqa bir tovarga almashina olish xususiyati, qiymat xususiyatidir.
TOVAR BELGISI - muayyan firma tovarlariga qo'yiladigan belgi. TB (savdo markasi) faqat ma'lum firmaga tegishli bo'ladi va uni boshqa firmalar o'z tovarlariga qo'yaolmaydilar.
FIRMA - inglizcha (firm , firm’s Ftrade name) so'zlaridan olingan bo'lib, tijorat maqsadlarini ko'zlovchi korxona, kompaniya va boshqa xo'jalik tashkiloti degan ma'noni anglatadi.
FOYDA - 1) biror kimsa yoki narsa uchun bo'ladigan naf, manfaat; 2) daromadning xarajatga nisbatan farqidan tashkil topgan summa, mablag' , daromad; 3) qarzga berilgan puldan foydalanilganligi uchun qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo'shimcha pul, haq.
FOND - davlat, korxona, firmalarning biror-bir maqsad uchun mo'ljallangan pul vositalari yoki moddiy boyligi, mablag'lari.
XUSUSIYLASHTIRISH - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo'lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob'yektlarini yoki davlat aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishdir.
XUSUSIY MULK - biror shaxs, oila, korxona, firma, tashkilot mulki- yer, uy-joy, bino, inshootlar va ishlab chiqarish vositalari, pul, qimmatbaho qog'ozlar. XM ishlab chiqarish yoki o'z qobiliyatini ishga solishdagi tadbirkorlik, o'z xo'jaligini yuritish, daromadni turli qimmatbaho qog'ozlarga joylashtirish natijasida, merosga qolgan mulk va boshqa qonun yo'l qo'yadigan sohalar asosida yuzaga keladi va ko'payib boradi.
SIKL - iqtisodiy faoliyatning birin-ketin qayta-qayta takrorlanishi. Odatda, to'rtta bosqichda: krizis (inqiroz), depressiya (bir joyda depsinish), jonlanish va yuksalishdan iborat. Amaliy hayotda ko'proq ikki bosqich: bum (cho'qqi, zudlik bilan yuqori bosqichga ko'tarilish) va repressiya, ya'ni ishbilarmonlik faoliyatining susayishi, orqaga ketishi bilan xarakterlanadi. S. Mexnizmi investisiya hajmi bilan bog'liqdir.
SIKL - iqtisodiy faoliyatning birin-ketin qayta-qayta takrorlanishi. Odatda, to'rtta bosqichda: krizis (inqiroz), depressiya (bir joyda depsinish), jonlanish va yuksalishdan iborat. Amaliy hayotda ko'proq ikki bosqich: bum (cho'qqi, zudlik bilan yuqori bosqichga ko'tarilish) va repressiya, ya'ni ishbilarmonlik faoliyatining susayishi, orqaga ketishi bilan xarakterlanadi. S. Mexnizmi investisiya hajmi bilan bog'liqdir.
QONUN - 1) ob'yektiv borliqda turli hodisalar o'rtasida,, kishi ongidan va ixtiyoridan tashqarida doimiy bo'lgan zaruriy ichki, muhim, takrorlanadigan bog'lanish, munosabat; 2) davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy bo'lgan ijtimoiy-huquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida; 3) bajarilishi shart, majburiy bo'lgan, norma, qoida tusiga kirgan talab, topshiriq va shu kabilar.

tải về 304.16 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương