Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish istiqbollari



tải về 304.16 Kb.
trang8/10
Chuyển đổi dữ liệu04.04.2024
Kích304.16 Kb.
#57078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1AKSIONERLIK JAMIYATLARI VA VA ULARNING IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI

2.2.Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish istiqbollari
O`zbekistonda olib borilayotgan keng isolxotlar mamlakatda ijtimoiy yo`nalishlaridan bozor iqtsodiyotiga asoslangan demokiratik jamiyat qurishga qaratilgan bo`lib, ularning asosiy mahsulotlaridan biri tez suratlarda rivojlanayotgan turli mulkchilik shakillaridan korxonalar hisoblanadi Ularning samarali faoliyatii ko`p jixatdan korporativ boshqaruv munosabatlar tizim rivojlanishiga bevosita bog`liqligi sababli hozirda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega .
Iqtisodiyotning korporativ sektorining alohida o`rni mavjudligi bilan bir qatorda ushbu mulkchilik shaklining rivojlanishi jarayonida ayrim muammolar mavjudki, ularning hal etilishi nafaqat sohaning taraqqiyoti uchun, balki iqtisodiyot barqarorligi uchun ham ahamiyatlidir.
Keyingi yillardagi milliy korxonalarni isloh etish natijasida korporativ sektor iqtisodiyotidagi umumiy muammolar bevosita mulkdorlar, aksiyadorlar va menejerlar o`rtasidagi manfaatlar qaramaqarshiliklarini o`zida ifodalovchi korporativ boshqaruv tizimidagi mavjud muammolarga ham bevosita bog`liq bo`lmoqda. Buni hususiylashtirishdan so`nggi biznes muhitida “xo`jalik demokratiyasi”ni shakllantirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy hamda ijtimoiy muammolar ta`sirida hamon mahalliy aksiyadorlik korxonalarida yuqori korporativ madaniyatning shakllanmaganligi bilan izohlash mumkin.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog`liq islohotlar yirik va strategik ahamiyatga ega bo`lgan korporativ boshqaruv tizimni amalga oshirish yirik masshtabdagi kapitalni jalb qilishni talab etiladi. Bunday yirik va strategik ahamiyaga ega bo`lgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbalari tarkibidagi an`anaviy yo`nalishlardan biri qimmatli qog`ozlarni moliyaviy bozorlarga joylashtirish hisoblanib, aksariyat aksiyadorlik jamiyatlarining ushbu yo`nalishdagi mablag`larni jalb qilish imkoniyatlari investorlar ishonchining pastligi tufayli cheklanib qolinmoqda.
Bunga asosiy ta`sir etuvchi omil nafaqat korxonalar moliyaviy-xo`jalik faoliyatining samaradorligi ta`sir etmoqda, balki asosiy ta`sir etuvchi omil sifatida emitent korxonalar aksiyalariga quyilma qiluvchi hissadorlar va ayniqsa, yangi hissadorlar uchun huquqlari cheklanishi bilan bog`liq investitsion xatarlarning mavjudligi hisoblanadi. Xususan, ijro etuvchi direktor va hissadorlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda manfaatlar muvozanatining buzilish holatlarining mavjudligi aksiyadorlik jamiyatlariga va ayniqsa, paxtasanoat tarmog`idagi aksiyadorlik jamiyatlariga investitsiyalar oqimining nisbatan cheklanishiga ta`sir etuvchi omillardan biri hisoblanmoqda. Ayrim iqtisodchi olimlarninig fikricha, aksiyadorlar paketiga egalik qiluvchi aksionerlar va menejerlar o`rtasidagi amaldagi munosabatlarning shaffofligi etarli emas va amaldagi qonunchilik investorlar huquqlarini etarli darajada himoya qilmaydi.
O`zbekiston Respublikasida shakllantirilgan korporativ boshqaruv tizimi bir tomondan moliyaviy bozorlarning etarli darajada rivojlanmaganligi, ikkinchi tomondan, aksiyadorlarning insayderlik nazoratiga qarama-qarshi harakatining asosiy usuli sifatida shakllantirilgan kapitallarning yuqori darajadagi kontsentratsiyalashuvi bilan tavsiflanadi.
Optimal korporativ boshqarish tizimi har qanday korxonalarda tashkil etilishi mumkin. Lekin, bunday tizim uchun yirik vertikal integral korporativ tuzilmalarning imkoniyatlari nisbatan yuqoridir. Shu nuqtai nazardan mahalliy korporativ mulkchilikga asoslangan xo`jalik subyektlarimizda korporativ boshqarish tizimi samardorligini oshirishga qulay shart-sharoitlar mavjuddir. Chunki, respublikamizda amalga oshirilgan davlat tasarrufidan chiqarish va hususiylashtirish siyosati natijasida deyarli iqtisodiyotning tayanch tarmog`idagi korxonalar yirik vertikal integral tashkiliy tuzilmalarga aylantirilgan. Ushbu aksiyadorlik jamiyatlariga jami aksiyadorlik jamiyatlariga to`g`ri keladigan aktivlarning salmoqli qismi to`g`ri keladi. Shuningdek, ushbu korporativ tuzilmalarda davlat ulushi yuqori bo`lib, ular bo`yicha davlatning ishonchli vakillari tayinlanadi va ishonchli boshqaruvchilarga boshqarishga beriladi. Ishonchli boshqaruvchilar faoliyatining amaldagi holati tasdiqlaydiki, ularning samarali faoliyatiga quyidagi omillar ta`sir etmoqda:

  • strategik ahamiyatga ega bo`lgan soha va tarmoqlardagi biznesda davlat ishtirokini ta`minlash bosh maqsad bo`lsada, uning manfaatlari aniq belgilangan;

  • yuklatilgan vazifalarni samarali boshqarish natijalariga asoslangan holda rag`batlantiruvchi mexanizmlarning etarli darajada emasligi;

  • kompetentsiyaning etishmasligi, ya`ni kadrlar bo`shlig`ining mavjudligi va mavjud kadrlarda korporativ boshqarish asoslari, vakolat va majburiyatlarini hamda professional bilim va malakaning etishmasligi kabi omillar ta`sir etmoqda.

Korporativ boshqaruvning kompleks mexanizmi: korporativ strategiya, korporativ madaniyat, moliyaviy va axborot shaffofligi, aksiyadorlar, kreditorlar va boshqa qimmatli qog`ozlar egalari huquqlarini himoya qilish tizimining mavjudligi kabi tarkibiy elementlarni o`z ichiga olib, ularning har biri korporativ boshqaruvni takomillashtirish uchun ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o`sish sur`atlari korporativ mulkchilik sharoitida faoliyat yurituvchi xo`jalik subyektlari tomonidan strategik boshqaruv tizimini shakllantirishga shart-sharoit yaratmoqda. Lekin, zamonaviy sharoitlarda jamoa a`zolari, menejerlar, tarkibiy tuzilmalar hamjihatligi va kelishuvini tartibga soluvchi qoida va me`yorlarni o`zida mujassamlashtiruvchi korporativ madaniyatni rivojlantirish bilan bog`liq muammolar mavjuddir.
Korporativ madaniyatning asosiy komponentlari quyidagilardan iboratdir: liderlikning qabul qilinadigan tizimi, ixtiloflar hal qilishning yo`nalishlari va uslublari, kommunikatsiyaning amaldagi tizimi.
Zamonaviy rahbarlar va boshqaruvchilar korporativ madaniyatni o`zining bo`limlari va tashkiliy birliklarini yagona maqsadda jamlash, tashabbuskor xodimlar faolligini oshirish imkoniyatiga ega bo`lgan kuchli strategik instrumenti sifatida qaraydilar. Ular o`z kompaniyalarining korporativ madaniyatini shakllantirishga harakat qiladilar.
Bizning fikrimizcha, hozirgi sharoitda aksariyat yirik aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ madaniyat rivojlanib borayotgan bo`lsada, ularni jamiyat hayotiagi ta`sirchanligi sezilarli emasdir. Korporativ madaniyatni rivojlantirish orqali nafaqat kompaniya nufuzi ko`tarilishiga erishiladi, balki, uning aksiyadorlari, menedjerlari va mehnat jamoasi a`zolari o`rtasidagi ixtiloflar ham bartaraf etiladi, sog`lom muhitning vujudga kelishi ular taraqqiyotining bosh omiliga aylanadi.
Aksariyat holatlarda korporativ boshqaruv tizimi samaradorligiga moliyaviy va axborot shaffofligi ta`sir etuvchi omil bo`lib xizmat qilmoqda. Bizning fikrimizcha, bunday muammolarning vujudga kelishini quyidagilar bilan izohlash mumkin:

  • aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy xo`jalik faoliyati to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora e`lon qilinmasligi; moliyaviy bozorlar axborot infratuzilmasining etarli darajada rivojlanmaganligi;

  • amaldagi moliyaviy hisob tizimi va moliyaviy hisobotlardagi mavjud ma`lumotlardan keng investorlar jamoatchiligining foydalanishlari bilan bog`liq muammolar.

Aksiyadorlik jamiyatlari to`g`risidagi ma`lumotlarini investorlarga to`laqonli va o`z vaqtida etkazilishi ularning investitsion jozibadorligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha, aksiyalar va ular bo`yicha to`lanadigan dividendlar to`g`risida keng investorlar tomonidan etarli ma`lumotlarni olishlari uchun moliyaviy hisobotlarning xalqaro andozalari ilovalariga muvofiq bitta aksiyaga to`g`ri keladigan daromadlilik hisobotini amaldagi moliyaviy hisobotlarga ilova shaklida kiritish maqsaga muvofiqdir. Bu o`z navbatida, mavjud investorlarning qonunda belgilangan aksiyalari bo`yicha nomulkiy huquqiy hisoblanuvchi axborot olish huquqining samarali ijrosini ta`minlaydi.
Shuningdek, mavjud moliyaviy hisobotlarning takomillashuvi korporativ boshqaruvning funksional elementi bo`lgan korporativ nazoratning ma`lumotlar bazasi yaxshilanishiga olib keladi. Ma`lumki, hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda aksiyadorlik jamiyatlari biznes qiymatini baholash va korporativ nazoratni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarida uzluksiz e`lon qilinadigan xolis reyting agentliklari axborotlari muhim o`rin tutadi.
Bizning fikrimizcha, ham moliya bozori infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi shunday xolis reyting agentliklari faoliyatini rivojlantirish zarur. Ushbu reyting agentliklari aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini kompleks baholash tizimida ulardagi korporativ boshqaruv samaradorligi reytingini ham baholaydilar va e`lon qiladilar.
Iqtisodiyotda turli mulkchilik shakllari o`rtasida aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv tuzilmasi tarkibi, rivojlanishning bosh strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda vakolat va mas`uliyatlarning o`ziga xosligi aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish masalalariga alohida yondashishni talab qiladi.
Paxatsanoat tarmog`idagi mulkchilik shakllari o`rtasida aksiyadorlik jamiyatlari yirik ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonini zarur darajada moliyalashtirishga ko`maklashish, xalqaro sifat talablariga javob bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish kabi jihatlari bilan alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarida boshqarish tizimini tashkil etish boshqa mulkchilik shakllariga nisbatan bir qator farqli jihatlarga ega . Olib borilgan ilmiy tatqiqotlar natijasiga ko`ra paxatsanoati tarmog`idagi aksiyadorlik jamiyatlarida boshqarishning boshqa mulkchilik shakllariga nisbatan farqlarining qiyosiy tahlilini taklif etamiz.
Jadval ma`lumotlaridan ko`rinib turibdiki, yirik ishlab chiqarishga asoslangan va strategik ahamiyatga ega bo`lgan korxonalarda aksiyadorlik jamiyatlari mulkchilikligiga asoslangan shakli maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday mulkchilik shaklida Bozor munosabatlari sharoitida korporativ boshqaruvning oshkora tizimi xorijiy investorlarni, birinchi galda, sanoatning bazaviy tarmoqlariga jalb qilishning hal qiluvchi omiliga aylanadi.
Xech bir davlat samarali kompaniyalar va korxonalarsiz farovonligini o`stirish va qo`shimcha ish o`rinlarini yaratish uchun zarur sharoitlarni yarata olmaydi. Har bir mamlakatga mukammal boshqaruv tizimiga ega korxonalar kerak, zero ular investitsiyalarni jalb qila oladi, ish o`rinlarini yaratadi, moddiy qimmatliklarni ishlab chiqaradi va shu bilan birga, jahon bozorida hayotchanligini, raqobatbardoshligini ta`minlaydi. Shu sababli yuqori darajada tashkil qilingan korporativ boshqaruv milliy iqtisodiyotni rivojlantirining zaruratiga aylanadi.
Shunday qilib, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo`yicha amalga oshiriladigan chora tadbirlar mamlakatimizning umumiqtisodiy holatiga o`z ijobiy ta`sirini ko`rsatgan holda asosiy ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy institutlar o`rtasidagi munosabatlarida manfaatlar muvozanati ta`minlanishiga olib kelishi mumkin. Korxonalar xo`jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muqim jiqatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy saloqiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo`nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi qamda “Investitsion faoliyat to`g`risida” gi Qonun va boshqa ququqiy qujjatlar bilan tartibga solinadi. Investitsiyalar − korxonalar va xalq xo`jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg`or texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish, maqsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko`paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag`lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste`mol bozorini ta`minlashda aloqida e`tiborga ega. Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo`yilmalarning ustivor yo`nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to`g`ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalarning “xo`jayini” sifatida korxonalarning o`zidan tashqari, davlatni, maqalliy qokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko`rsatish mumkin. Ko`pincha investitsiya deganda kapital qo`yilmalar ko`zda tutiladi, bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning moqiyatini noto`g`ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma`muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o`tilayotgan bugungi kunlarda xo`jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o`z o`rnini topmoqda. SHu bilan birga, “kapital qo`yilmalar” atamasining o`z izoqlari qam mavjud. Kapital Kapital qo`yilmalar qo`yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o`stirish uchun sarflanuvchi moddiy, meqnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o`zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo`lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki maqsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo`yilmalar maqsadli xarakterga ega bo`ladi qamda xodimlarga mukofot to`lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va qokazolarga sarflanishi mumkin emas. Moliyaviy Moliyaviyinvestitsiyalar investitsiyalar qimmatbaqo qog`ozlar, aktsiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag`larini banklarga foiz olish maqsadida depozit qisob raqamlariga qo`yish bilan ifodalanadi. 149 Real investitsiyalar investitsiyalar pul mablag`larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo`jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi. Investitsiyalar avvaldan o`ylab ko`rilgan maqsad va birinchi o`rinda investitsion loyiqa asosida korxona ishlab chiqarish potentsialini mustaqqamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi. Investitsiya Investitsiya loyiqasi loyiqasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va boshqa sifat ko`rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasidir. Investitsiya loyiqasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o`z ichiga oladi: •investitsiyaviy g`oya(fikr)ni shakllantirish; •g`oyaning dastlabki asoslanishi; •loyiqada ko`zda tutilgan texnik qarorning taqlili; •sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish; •investitsiya loyiqasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish; •axborot memorandumini tayyorlash. YUqorida ko`rsatilganlarni amalga oshirgandan so`ng loyiqani ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion mo`ljallarning maqsad va vazifalari qamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiqa-smeta qujjatlarigacha) zarurati tug`iladi. Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash qaqida ketganda, investitsion jarayonlar bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni zamon va makonda bog`laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha tarkibiy qismlari mavjud: loyiqalashtirishdan avvalgi asoslash, loyiqalashtirish, bevosita ob`ekt qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi. Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so`nggi bosqichi muqim aqamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan o`tkazilib, amaldagi va loyiqa ko`rsatkichlari baqolanadi qamda investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida qal qilinishi lozim bo`lgan chetga og`ish va kamchiliklar aniqlanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda meqnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma aylanma aylanmamablag`larga mablag`larga mablag`larga qam ega bo`lishlari zarur. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo`ljallangan pul mablag`laridan iborat. Aylanma mablag`lar, qoidaga ko`ra, korxonaning qisob raqamida naqd pul ko`rinishida jamg`ariladi. Qar bir korxonaning aylanma mablag`lari asosiy fondlarning texnik qolati va maqsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog`liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan maqsulotlari turlari ko`p bo`lsa, aylanma mablag`lar shunchalik ko`p talab qilinadi. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta`minlashning moddiy asosi qisoblanadi. “Aylanma mablag`lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi qam ko`p qo`llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo`jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Moqiyatiga ko`ra, aylanma aylanma aylanmakapital kapital kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo`lib, uning qiymati ishlab chiqarishning qar bir siklida ishlab chiqarilgan maqsulotga o`tkaziladi qamda ushbu tovarni sotgandan so`ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko`pincha korxonaning pul mablag`lari qisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag`lariga aylantiriluvchi qarakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o`rniga ko`ra, “aylanma mablag`lar” va “aylanma kapital” o`rtasida sezilarli farq yo`q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg`i, energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning meqnatiga qaq to`lashga bo`nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag`larga bo`lgan qo`shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar qisobiga qoplanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag`larga etarli tarzda ega bo`lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi qisoblanadi. SHuni qam unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan maqsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg`i va energiya miqdori maqsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmagan qolda qanchalik kam bo`lsa, maqsulot shunchalik arzonlashadi qamda aylanma mablag`lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo`ladi.
XULOSA

  1. Boshqaruv muammolari murakkablashuvidagi sifat bosqichi ko`p sonli aksiyadorlarga va murakkab tarkibga ega bo`lgan yirik kompaniyalar (aksiyadorlik jamiyatlari, xoldinglar, moliya-sanoat guruhlari)ning shakllanishi natijasida yuz berdi.

Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta`sis etish yoki qayta tashkil etish (qo`shib yuborish, bo`lish, ajratib chiqarish, o`zgartirish) yo`li bilan tashkil etilishi mumkin.

  1. Jamiyatni ta`sis etish, uning ustavini tasdiqlash to`g`risidagi va muassis tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to`lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog`ozlarning, o`zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo`lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.

Kompaniya mulkdorlari sifatida mulkni joriy boshqarishda bevosita shaxsiy ishtirok etishdan voz kechgan ipvestitsiya va pensiya fondlari, sug`urta kompaniyalari singari yirik sarmoyadorlar paydo bo`ldi. Shuning uchun professional yollanma boshqaruvchilar kompaniyalarni boshqarishda muhim rol o`ynay boshladi. Bundan tashqari, so`nggi vaqtlarda korporativ mulkdan foydalanish jarayonida mulkdori bo`lmagan, lekin u yoki bu tarzda unga aloqador shaxslar va tashkilotlar (kompaniya xodimlari, xududiy hokimiyat va b.) faol rol o`ynashga urinmoqda.
3.Korporativ boshqaruvning asosiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining faoliyatga jalb etilgan turli shaxslar mafaatlari muvozanatini o`rnatishdan iborat. Korporativ boshqaruvning murakkab va ziddiyatli tabiatini e`tiborga olib, mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari uchun korporativ hamjamiyatining har xil qatnashchilari bilan uning faoliyatini boshqaruvchi turli organlari o`rtasidagi kelishuvlar va ziddiyatlarni hal etish mexanizmini shakllantirish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi.Zamonaviy korporatsiyalarda aksiyadorlar aksiyalarni xarid qilib, mablag`larini korporatsiya ixtiyoriga topshiradigan va ushbu sarmoyadan foydalanish samaradorligi bilan bog`liq xatarni o`z zimmasiga oladigan vaziyat yuzaga keldi. Ayni paytda, aksiyadorlar kompaniya faoliyatini joriy boshqarish vazifalarini hal etishda qatnashmaydilar va tashqi tashkilotlar bilan o`zaro munosabatlarda uni namoyon qilmaydilar. Korporatsiyani joriy boshqarish bo`yicha qarorlarni qabul qilish huquqi aksiyadorlar tomonidan yollanma menejerlarga topshiriladi.

  1. Korporativ boshqaruvning mexanizmlari davlat tartibga solish organlari, sud organlari va ishbilarmonlar doiralarida ishlab chiqilgan ma`lum bir qoida, me`yor va andozalari asosi va doirasida ishlaydi. Ushbu qoida, me`yor va andozalarning majmuasi korporativ boshqaruvning institutsional asoslarini tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlar qonunlari korporatsiya maqomini muayyan tashkiliy tuzilmaga, huquq va majburiyatlarga ega va haqiqiy mavjud bo`lgan yuridik shaxs sifatida belgilab bir vaqtning o`zida korporativ hamjamiyat ishtirokchilari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni boshqarishning asosiy me`yorlari va mexanizmlarini ham belgilab beradi.

  2. Kompaniya menejerlari va uning egalari (aksiyadorlar, sarmoyadorlar), shuningdek, boshqa manfaatdor tomonlar o`rtasidagi kompaniyaning samarali faoliyatini taminlashga yo`naltirilgan o`zaro munosabatlar tizimi korporativ boshqaruv tizimi hisoblanadi. Xususan, korporativ boshqaruv - asosiy manfaatdor shaxslarning kompaniyani samarali boshqarishni tashkil etishdagi manfaatlari birlashtiriladigan tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy chora-tadbirlar majmui bo`lib qoladi.

  3. Korxona samaradorligini yaxshilash, shuningdek sof foyda miqdorini oshirish uchun davr harajatlari, ma`muriy harajatlar singari harajatlarni kamaytirish hamda asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida asosiy fondlarni yangilash, texnologik qayta jihozlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

    1. Keyingi yillardagi milliy korxonalarni isloh etish natijasida korporativ sektor iqtisodiyotidagi umumiy muammolar bevosita mulkdorlar, aksiyadorlar va menejerlar o`rtasidagi manfaatlar qaramaqarshiliklarini o`zida ifodalovchi korporativ boshqaruv tizimidagi mavjud muammolarga ham bevosita bog`liq bo`lmoqda. Buni hususiylashtirishdan so`nggi biznes muhitida “xo`jalik demokratiyasi”ni shakllantirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy hamda ijtimoiy muammolar ta`sirida hamon mahalliy aksiyadorlik korxonalarida yuqori korporativ boshqaruvni shakllanmaganligi bilan izohlash mumkin.

10.Bizning fikrimizcha, hozirgi sharoitda aksariyat yirik aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni rivojlanib borayotgan bo`lsada, ularni jamiyat hayotiagi ta`sirchanligi sezilarli emasdir. Korporativ boshqaruvni rivojlatirish orqali nafaqat kompaniya nufuzi ko`tarilishiga erishiladi, balki, uning aksiyadorlari, menedjerlari va mehnat jamoasi a`zolari o`rtasidagi ixtiloflar ham bartaraf etiladi, sog`lom muhitning vujudga kelishi ular taraqqiyotining bosh omiliga aylanadi.
11.Korporativ boshqaruvning kompleks mexanizmi: korporativ strategiya, korporativ boshqaruvni, moliyaviy va axborot shaffofligi, aksiyadorlar, kreditorlar va boshqa qimmatli qog`ozlar egalari huquqlarini himoya qilish tizimining mavjudligi kabi tarkibiy elementlarni o`z ichiga olib, ularning har biri korporativ boshqaruvning samaradorligi uchun ahamiyatlidir.
12. Mamlakatimizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o`sish sur`atlari korporativ mulkchilik sharoitida faoliyat yurituvchi xo`jalik subyektlari tomonidan strategik boshqaruv tizimini shakllantirishga shart-sharoit yaratmoqda. Lekin, zamonaviy sharoitlarda jamoa a`zolari, menejerlar, tarkibiy tuzilmalar hamjihatligi va kelishuvini tartibga soluvchi qoida va me`yorlarni o`zida mujassamlashtiruvchi korporativ boshqaruvni rivojlantirish bilan bog`liq muammolarni yechimini topish ayni zarurat hisoblanadi.



tải về 304.16 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương