Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi


MUNDARIJA: KIRISH………………………………………………………………………….4



tải về 304.16 Kb.
trang2/10
Chuyển đổi dữ liệu04.04.2024
Kích304.16 Kb.
#57078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1AKSIONERLIK JAMIYATLARI VA VA ULARNING IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI

MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………….4
I BOB AKSIYADORLIK KORXONASINING IQTISODIYOTDAGI O`RNI
1.1Aksionerlik jamiyatlarining korporativ boshqaruvining nazariy asoslari………………………………………………………………………...5
1.2Aksionerlik jamiyatlarida korporativ munosabatlarni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………….14
II BOB AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI MODERNIZATSIYALASH VA IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYALASHDA KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMINI TATBIQ ETISH
2.1Aksionerlik jamiyatlarining korporativ siyosatini samarali amalga oshirish usullari………………………………………………………………………..21
2.2.Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish istiqbollari…………………………………………………………………….24
XULOSA…………………………………………………………………………30
TAYANCH ATAMALAR LUG’ATI…………………………………………..32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI………………………….34
Kirish
Jahon amaliyotida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʼyicha maqsadli ilmiy izlanishlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy qilish, korporativ munosabatlarning investorlar uchun ochiqlini taʼminlash hamda korxonalar rivojlanish strategiyasini aniqlash va ular faoliyati samaradorligini baholash boʼyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shularni hisobga olganda mamlakatimizda korporativ boshqaruv tizimi va uning organlari funktsiya va vazifalari, shuningdek, korporativ boshqaruv samaradorligini baholashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalarda tuzilmaviy islohotlar amalga oshirilishi natijasida aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. 2017 yil 2 noyabrь holatiga respublikamizda 614 ta aktsiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan boʼlib, ularning 4344003,7 mln. dona aktsiyasiga joylashtirilgan ustav fondi 47,4 trln. soʼmni tashkil etadi . Аyni paytda respublika iqtisodiyoti korporativ sektorining maʼlum darajada oʼsishiga qaramay, korporativ boshqaruv tizimi samaradorligi zamonaviy talablardan ortda qolmoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida «korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini tatbiq etish, korxonalarni strategik boshqarishda aktsiyadorlarning rolini oshirish»1 boʼyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni samarali hal etish uchun, avvalo, aktsiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish taqozo etiladi.
O`zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil etishda korporativ boshqaruvni takomillashtrish yo`llari, va korporativ boshqaruv standartlarini kiritishda rag`batlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Jumladan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarni yanada rivojlantirish dasturidagi vazifalaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish zarurligini ko`rsatmoqda.
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi subyekt, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari ham kuchli raqobat sharoitiga moslashishi, bozorda o’z o’rnigi ega bo’lishi va uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat yuritishi uchun uzoqni ko’zlangan va tashqi vositalar oʻzgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yoʻllarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini samarali tashkil etish yoʻlida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yoʻnalishlarini belgilab olishi zarur. bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday shakli muhim o’rin tutadi. Korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlarning to’g‘ri tashkil etilishi qo’yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e’tiborni korxonalar moliyasini boshqarishni to’g‘ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. Korporativ moliyani boshqarishni to’g‘ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy strategiyaga bog‘liq. Aynan shu xususiyati bilan korporativ moliyaviy strategiyaning o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ koliyaviy strategiya iqtisodiy faoliyat sub’ektlarning kelajakdagi faoliyat barqarorligi ta’minlab beradi. Shuningdek, ham makro darajada ham mikro amalga oshiriladigan istalgan masala ijobiy hal bo’lishi uchun oldindan strategik rejalar ishlab chiqish va ularni samarali amalga oshirish zarur. Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri sifatida aksiyadorlik jamiyatlari keltiradigan bo’lsak, 2017-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil etgan bo’lsa, keying yillarda ularning soni 613 gacha qisqargan bo’lib, buning sababi sifatida aksiyadorlik jamiyatlari soni pasayishiga qo’yilgan talablar yuqoriligini ko’rsatish mumkin. Shuningdek samarasiz ishlayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining tugatilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin.


tải về 304.16 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương