Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi,,iqtisodiyot nazariyasi



tải về 304.16 Kb.
trang4/10
Chuyển đổi dữ liệu04.04.2024
Kích304.16 Kb.
#57078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1AKSIONERLIK JAMIYATLARI VA VA ULARNING IQTISODIY TARAQQIYOTDAGI

Korporativ birlashmalar turlari: xo`jalik uyushmasi, kontsern, konsorsium, konglomerat, trest, xolding.
Korporativ boshqaruvning kelib chiqishi va rivojlanishini bir nechta bosqichga bo`lish mumkin:

  1. XVII asrda Ost - Ind (East India Company) kompaniyasi 24 a`zodan iborat bo`lgan direktorlar kengashini tashkil qildi. Birinchi marta mulkchilik va boshqaruv vazifalari bo`lib olindi.

  2. 1776 yili Adam Smit o`zining “Halqlar boyligining sabablari va tabiatlari xaqidagi tadqiqotlar” asarida ta`kidlaydiki: “Tashlab qo`yilgan mulklar boshqaruv uchun muammolarni keltirib chiqaradi”, ya`ni boshqaruv va menejerlarni nazorat qilish uchun salbiy mexanizm hisoblanadi.

  3. 1844 yilda birinchi marta aksionerlik jamiyatlari haqida qonun qabul qilindi. Qonunchilikka mulkchilikning yangi javobgarligi shaklidagi majburiyatlari joriy etildi.

  4. 1931 yilda A. Berli va G. Minzlar `Zamanoviy korporatsiya va xususiy mulkdor` nomli maqolasini nashrdan chiqardi (AQSh). Unda birinchi marta mulkchilik vazifalarini nazorat vazifalaridan to`la to`kis farqi ajratib berildi.

  5. 1933-1934 yillarda AQShda qimmatbaho qog`ozlar haqida qonun qabul qilindi, 1933yilda qabul qilingan ushbu qonun fond bozorini tartibga soldi. Ushbu bosqichda “Qimmatbaho qog`ozlar va birjalar to`g`risida”gi (1934y) aktga asosan axborotlarning ochiq berilishi imkoni mavjud bo`ldi va ushbu yili qonunlarni bir tartibda nazorat qiladigan, qimmatbaho qog`ozlar bozori va birjalar faoliyati bo`yicha komissiya tuzildi.

  6. 1968 yilda Evropa Ittifoqi `Kompaniyalar to`g`risida` qonun qabul qildi.

  7. 1990 - yillarning boshida – tadbirkorlik imperatsiyasi inqirozga uchradi. Buyuk Britaniyada kelishmovchiliklar yuzaga keldi: bir qator kompaniyalar (Polly Peck, BCCI, Maxwell), aksiyadorlarni aldash bilan shug`ullanganliklari korporativ boshqaruvning amaliyotda investorlarni himoyalashni takomillashtirish kerakligini ko`rsatdi.

  8. 1992 yil. Kedberi qo`mitasi birinchi marta korporativ boshqaruvning moliyaviy jihatlari bo`yicha kodeksni nashr etdi. (Buyuk Britaniya). 1993 yildan boshlab Buyuk Britaniya fond birjasidagi listingga kirgan kompaniyalar kodeks qanday bajarilayotganligi haqida hisobot bera boshladi.4

  9. 1992 – 2003 yillarda korporativ boshqaruv bo`yicha qator ma`ruzalar qabul qilindi.

Aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv organi rahbari va ijro tarkibi tanlovini shunday asosda olib borish kerakki, bunda shaxsning malakasi ham, fe`l - atvori ham uning aksiyadorlik jamiyati strategik vazifalarini amalga oshirish bo`yicha bajaradigan ish harakteriga mos bo`lishi lozim. Aksiyadorlik jamiyatining turli toifadagi rahbarlari, etakchi mutaxassislari va xodimlari mehnatini eng yangi texnologiyalarni, shuningdek, hisoblash texnikasini qo`llash orqali maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Boshqaruvning oliy va ijro organlari, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati menejeri va xodimlari o`z vazifalarini bajarishida bir-birini amalda takrorlashiga yo`l qo`ymaslik, ayni chog`da, ular o`zaro bir-birini almashtira olishi darajasining yuksakligini ta`minlash muhimdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarida xo`jalik yuritish amaliyotida korporativ boshqaruvning keng tarqalganligi u yoki bu mamlakatning ochiqlik hamda rivojlanish darajasini tavsiflovchi muhim ko`rsatgichlardan biridir. Aksiyadorlik jamiyatlarida modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish kabi tushunchalar avvalida aksiyadorlik jamiyatlariga ta’rif berish joizdir. Aksiyadorlar jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari bor: Yopiq aksiyadorlar jamiyati – aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatiladi. Ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi bo‘la oladi. Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo‘yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi – aksiyadorlar majlisi, so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo bo‘ldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. O‘zbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘radi. Ularning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi. Aksiyadorlar jamiyatini diversijikatsiya qilishda shubhasiz AJ laridagi samarali tashkil etilgan korporativ boshqaruv yordamga keladi. Diversifikatsiya (lot. diversifi catio - oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) - korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi degan ma’nonii anglatadi. Aksiyadorlik jamiyatlarida diverisfikatsiya fenomenoni yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa iqtisodiyot tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. Buning natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologik jihatdan oʻzaro bogʻlanmagan majmualar (mas, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi. Dunyo mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlarida va ko’p sonli korxona, sindikat, trestlarsa bu jarayoni 20-asrning 50-y.lari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida bu iqtisodiy fenomenon sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois bu jarayon xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan belgilanadi. Ular avvalo koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo) bilan shugullanadigan aksiyadorlik jamiyatlarida faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlarida asosiy mahsulot turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Mamlakatimizda sanoat korxonalarini va aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarida mahsulotlarni iste’molchi va bozor talabiga mos holda yaratish va ular orqali korxona samaradorligini oshirishga erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishida yurtimizdagi mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash joiz. Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan korporativ boshqaruv bugungi kunda aksiyadorrlik jamiyyatlarini rivojlantirishning asosiy yo’llaridan hisoblanadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda. modernizatsiya atamasining iazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Modernizatsiya – ob’ektni yangilash,yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish, asosan bunda mashina, asbob uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini va aksiyadorlik jamiyatlarini qo’llab quvvatlash bilan bir qatorda ularni sog’lomlashtirish tadbirlari ham muhim o’rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bunday aksyadorlik jamiyatlarini va korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy o’zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to’g’ri va samarali yechim hisoblanadi. Bugungi kunga kelib man shu yuqoridagi ikkita asosiy iqtisodiy fenomenonni samarali joriy etishda dunyo miqyosida keng qo’llaniladigan va barcha osonlik bilan tushunadigan tushunchalardan biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv tushunchasidir. “Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama yangi hamdir” degan gap bejiz emas. Bunga korporativ boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokazolaming milliy va jahon iqtisodiyotidagi o‘rn i sabab bolmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va vazifalarini to'gri anglash maqsadga muvofiq. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan buyon o'rganilib kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning flkrlari xilma-xilligiga guvoh bo'lish mumkin. “Korporativ boshqaruv - korporatsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, undan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga hamda olingan daromadlami korporativ munosabatlarning barcha ishtirokchilari o'rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan strategik muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”, deb izohlanadi. Tashkiliy huquqiy shakl sifatida korporatsiyalar barcha mamlakatlarda, jumladan O'zbekistonda ham keng hajmda qo’llanilmaydi. Shu nuqtayi nazardan korporatsiyalar, kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va boshqalarni umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi bilan ifodalanadi.



tải về 304.16 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương